Vikipediya:Maqolalarni nomlash
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Qisqacha: Maqola nomi taniqli, tabiiy, aniq, qisqa, moslashtirilgan boʻlishi kerak. |
Oʻzbekcha Vikipediya maqolalari iloji boricha oʻzbek tilidagi nufuzli manbalar asosida nomlanishi kerak. Agar maqola mavzusiga bir necha nom toʻgʻri kelsa, maqola nomi foydalanuvchilar orasidagi muhokama va kelishuvlar natijasida tanlanadi.
Maqola nomi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- taniqlilik (yaʼni nufuzli manbalarda eng koʻp uchraydigan),
- tabiiylik (oʻzbekzabon foydalanuvchilar uchun),
- aniqlik (yaʼni bitta maʼnoni bildiradigan),
- qisqalik (maqola mavzusini anglash uchun yetarli darajada),
- moslashtirilganlik (boshqa maqolalar nomlari bilan).
Vikipediya ishtirokchilari umumiy qoidalardan istisno tariqasida maxsus qoidalarni ishlab chiqishlari mumkin. Maxsus qoidalar konsensusga erishilgan holdagina qabul qilinadi va ushbu sahifada joylashtiriladi.
Maxsus qoidalar
tahrirVikipediya maqolalarini nomlashda quyidagilarga eʼtibor qilish zarur:
- Faqatgina birinchi soʻzni bosh harf bilan yozish kerak. Maqola nomi ikki yoki undan koʻp soʻzdan iborat boʻlsa, faqat birinchi soʻzni bosh harf bilan yozish kerak (masalan: „Sharq falsafasi“, „Sharq Falsafasi“ emas). Istisno: atoqli otlar (masalan: Said Ahmad).
- Sifatlar otlarga yoʻnaltirilishi kerak. Maqola nomi faqat ot turkumida boʻlishi kerak. Sifat turkumidagi soʻzlar ularning ot shakliga yoʻnaltirishi zarur (masalan, konservativ sahifasi konservatizm sahifasiga yoʻnaltiradi).
- Geografik joy nomlarini imkon qadar oʻzbekchada yozish kerak. Agarda biror joy nomi oʻzbekcha adabiyotlarda qoʻllanilmagan boʻlsa yoki aniq bir oʻzbekcha yozilishi boʻlmasa va oʻsha joyning asl nomi lotin yozuvini ishlatadigan tilda boʻlsa, asl nomini maqolaga nom qilish kerak (masalan: Parij, lekin Ceánuri).
Kishilar ismlari
tahrirShaxsiyat haqidagi maqolalarni nomlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
- Shaxsiyat ismlari transliteratsiyaga muhtoj boʻlsa, fonetik qoidalar va/yoki mavjud anʼanalarga binoan lotin yozuviga oʻgiriladi.
- Lotin yozuvidagi ismlar lotin yozuviga transliteratsiya qilinmaydi (masalan, Bill Gates yoziladi, Bill Geyts emas). Shu qoidaga rioya qilib nomlangan maqolalarda maqolaning eng boshida ismdan keyin qavs ichida shaxsiyat ismining talaffuzini yozish kerak. Transliteratsiya qilib yozilgan ismdan tegishli maqolaga yoʻnaltiruvchi (inglizcha: redirect) ham qoʻyish zarur (masalan: Maykl Jekson → Michael Jackson).
- Agar biror kishining ismi ona tili lotin yozuvlarini ishlatmasa, u holda translit qilish kerak (masalan, George W. Bush, lekin Dmitriy Medvedev).
- Boshqa tillardagi ismlar oʻzbekchalashtirilmaydi (masalan, Oliqsondir Poʻshqin emas, balki Aleksandr Pushkin).
Umumjahon Til Huquqlari Deklaratsiyasi 34-moddasiga binoan:
Har kim barcha jabhalarda oʻz ismini oʻzining tilida ishlatish, hamda lozim boʻlsa, boshqa yozuv tizimida oʻz ismining eng mos fonetik transkripsiyasini ishlatish huquqiga ega.[1]
Jugʻrofiy nomlar
tahrirXorijiy soʻzlar
tahrirYana qarang
tahrirIzohlar
tahrir- ↑ „Universal Declaration of Linguistic Rights“ (inglizcha). unesco.org. — „Everyone has the right to the use of his/her own name in his/her own language in all spheres, as well as the right, only when necessary, to the most accurate possible phonetic transcription of his/her name in another writing system.“.