Vikipediya:Tanlangan maqola nima?
(Vikipediya:TMN?dan yoʻnaltirildi)
|
Vikipediyadagi maqolalar ichidan eng yaxshilariga tanlangan maqola unvoni beriladi. Lekin maqolalarning eng yaxshisi qanday aniqlanadi? Bunda quyidagi kriteriylardan foydalaniladi:
- Yaxshi yozilgan, qamrovli, ishonchli, betaraf va sobit.
- „Yaxshi yozilgan“ — matn tuzilishi chiroyli, oʻqilishi qulay.
- „Qamrovli“ — maqola mavzusi koʻp nuqtalardan, keng qamrovli yoritilgan.
- „Ishonchli“ — maqoladagi iddaolar tegishli jiddiy manbalar bilan berilgan.
- „Betaraf“ — maqola hech bir nuqtai nazarni himoya qilmay, ularni faqatgina taʼriflaydi (qarang: Betaraf nuqtai nazar).
- „Sobit“ — maqola surunkali tahrir urushlariga sabab boʻlmagan. Istisno: vandalliklarni yoʻqotish va eskirgan maʼlumotlar yangilanishi.