Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Cobweb model
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Young Economist7 (munozara) 18:19, 14-Noyabr 2023 (UTC)
Assalomu alaykum. Ushbu maqola bozordagi narxlarning doimiy oʻzgarishlarga yuz tutish sababini tushuntirib beruvchi mikroiqtisodiy model haqida. Maqola enwiki va ruwikidagi versiyalari, shuningdek, Vikipediya kutubxonasidagi maqolalar asosida, marafon doirasida yaratildi. Versiyalardagi baʼzi qismlar manba mavjud emasligi yoki tushunarsiz deb bayon etilganligi sababli, oʻzbek tilidagi maqolaga qoʻshilmadi. Hurmatli Alpasli, Artemev Nikolay, Boboyev1996, Jamshid Nurkulov, Kagansky, Kamol Azzam, Laziz Baxtiyorov, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Muzaffar Murodovich, Nataev, Nataeva Panpanchik, Salazarov, Umarxon III va boshqalar oʻz fikringizni bildirib, ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Young Economist7 (munozara) 18:19, 14-Noyabr 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrirUmuman olganda maqola yaxshi rasmiylashtirilgan, biroq yillarga ichki havola qoʻshish lozim. --Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 08:12, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Young Economist7 (munozara) 18:07, 20-Noyabr 2023 (UTC)
- Mirfayzbekabdullayev. va Young Economist7, yillarga link berish kerak emas. Oʻsha yilda sodir boʻlgan muayyan hodisa haqida alohida maqola boʻlsa, link berish kerak. Boshqa vikilardan, xususan, enwiki va ruwikidan oʻrnak olish kerak. Nataev munozara 20:00, 28-Noyabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum, Nataev. Bildirgan fikringiz uchun rahmat. Enwiki va ruwikidan oʻrnak olgan holda, muayyan hodisa haqida maqola mavjud boʻlmagan yillardagi linklar oʻchirildi. Young Economist7 (munozara) 16:58, 30-Noyabr 2023 (UTC)
- Mirfayzbekabdullayev. va Young Economist7, yillarga link berish kerak emas. Oʻsha yilda sodir boʻlgan muayyan hodisa haqida alohida maqola boʻlsa, link berish kerak. Boshqa vikilardan, xususan, enwiki va ruwikidan oʻrnak olish kerak. Nataev munozara 20:00, 28-Noyabr 2023 (UTC)
Menda maqolaga oid bir nechta tushunmovchiliklar bor:
1. Maqola nomi aynan inglizcha olinishi shartmi? Men iqtisodchi emasman, iqtisodga oid oʻzbekcha atamalarni bilmasligim mumkin lekin ushbu maqola har bir tilda „Cobweb model“ deb nomlanmagani uchun menda shu savol paydo boʻldi. Balki bu atamaning oʻzbekchasi bordir, izlab koʻrish kerakdir?
2. Maqola tili gʻaliz, eng birinchi turgan rasm ostida „S.Benner kitobida keltirilgan choʻyan narxining prognozi“ nima degani? bu aynan S.Benner kitobida keltirilgan choʻyan narxining prognozimi yoki Choʻyan narxining S. Benner(ning qanaqadir) kitobida keltirilgan prognozimi, bu yerda maʼno ikki xil, sezyapsizmi? Maqolada bunday oʻrni va maʼnosi almashib qolgan soʻzlar koʻp. S. Benner bitta kitob yozganmi, oʻzi u kitobning nomi bormi, nega aniqlik kiritilmagan?
Jamshid Nurqul (munozara) 19:43, 2-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum, Jamshid Nurqul. Avvalo, bildirgan fikringiz uchun rahmat!
- 1. Maqolaning inglizcha nom olishining sababi, oʻzbekcha vikipediyaning rasmiy telegram guruhida model dastlab qaysi tilda yaratilgan boʻlsa, oʻsha tilda (yaʼni, inglizcha) yozishimni maslahat berishgandi. Lekin, bunga 1 yildan ortiq vaqt oʻtdi. Oʻzbek tilida ushbu atama haqida maʼlumot kam, ammo mavjud. Ushbu model nomi Saidahror Gʻulomov tomonidan yozilgan Mikroiqtisodiyot (2001) darsligining 41-betida, shuningdek, Baxtiyor Salimov muallifligidagi yangi Mikroiqtisodiyot (2019) darsligining 65-betida „Toʻrsimon model“ shaklida uchraydi. Agar Nataev ekspert sifatida boshqa nom taklif etmasalar, „Toʻrsimon model“ nomi yaxshiroq boʻlardi deb oʻylayman.
- 2. Maqola tili rostdan ham gʻaliz edi. Qayta oʻqib chiqish jarayonida juda koʻp tushunmovchiliklarga duch keldim va ularning barini tuzata oldim deb oʻylayman. Oʻquvchi maqolani yaxshiroq tushunishi uchun maqolaga 3 ta izoh qoʻshildi. Rasm tagidagi S. Benner kitobining nomi yozildi. Kitob nomi juda uzun boʻlgani uchun maqola kirish qismining koʻrinishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, deb oʻylagan edim. Ammo, kitob nomining yoʻqligi oʻquvchida tushunmovchilik hosil qilishi mumkinligini tushundim va bu holatni tuzatdim.
- Befarq boʻlmay, maqolaning xatolarini koʻrsatganingiz uchun yana bir bor rahmat. Zero, maqola avvalo muallifdan boshqa kishilarga tushunarli boʻlishi kerak. Young Economist7 (munozara) 12:02, 4-Dekabr 2023 (UTC)
- Oʻzbekcha iqtisodiy atamalarni yaxshi bilmayman. Lekin „toʻrsimon model“ deb nomlanishini tasdiqlovchi bitta kitob manba keltiribsiz. Oʻsha asosida maqolani qayta nomlab, maqola matnida bir ogʻiz cobweb model (modeli?) deb nomlanishini ham koʻrsatsak boʻladi. Nataev munozara 14:59, 4-Dekabr 2023 (UTC)
- Bajarildi. Maqola nomi oʻzgartirildi, „Model tarixi“ boʻlimida uni „cobweb model“ deb nomlanganligi koʻrsatildi. Fikringiz uchun rahmat, Nataev. Young Economist7 (munozara) 16:05, 4-Dekabr 2023 (UTC)
- Oʻzbekcha iqtisodiy atamalarni yaxshi bilmayman. Lekin „toʻrsimon model“ deb nomlanishini tasdiqlovchi bitta kitob manba keltiribsiz. Oʻsha asosida maqolani qayta nomlab, maqola matnida bir ogʻiz cobweb model (modeli?) deb nomlanishini ham koʻrsatsak boʻladi. Nataev munozara 14:59, 4-Dekabr 2023 (UTC)
Maqolada „Sfn“ andozasidan foydalanilgani yaxshi lekin „Sfn“ andozasi zanjirdek „Adabiyotlar“ boʻlimida yozilgan adabiyotlar bilan bogʻlanishi kerak. Birinchida turgan manba (Benner 1884, s. 45) xuddi shu koʻrinishda yaxshi bogʻlangan, qolgan adabiyotlar bogʻlanmagan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:16, 5-Dekabr 2023 (UTC)
- Fikringiz uchun rahmat Jamshid Nurqul. Aniqlanishicha, oʻzbekcha vikipediyada „cite journal“ va „Sfn“ andozalari birgalikda ishlash jarayonida muammo paydo boʻlar ekan. Men bu holatni boshqa yaxshi yozilgan maqolalarda ham koʻrdim. Shu sababli, barcha jurnallarning „cite journal“ andozasi „Jurnal manbasi“ andozasiga oʻzgartirildi. Hozirda „Sfn“ andozalari normal ishlamoqda. Adabiyotlar bosh harfiga qarab tartiblab chiqildi. Young Economist7 (munozara) 12:10, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Jamshid Nurqul nomzod maqola boʻyicha siz tomoningizdan koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etildimi? Ushbu maqolani Xushsifat maqola statusi uchun loyiq deb bilasizmi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:36, 8-Dekabr 2023 (UTC)
- Toʻliq emas, Kagansky taʼkidlaganidek manbalar bilan bogʻliq kamchiliklar mavjud. Jamshid Nurqul (munozara) 21:11, 8-Dekabr 2023 (UTC)
- Jamshid Nurqul nomzod maqola boʻyicha siz tomoningizdan koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etildimi? Ushbu maqolani Xushsifat maqola statusi uchun loyiq deb bilasizmi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 15:36, 8-Dekabr 2023 (UTC)
- Manbalar bilan bogʻliq kamchiliklar mavjud. Saytlarga yoʻnaltirilgan snoskalarni oʻzimizda qabul qilingan uslubda rasmiylashtirish kerak boʻladi. – Kagansky munozara 19:19, 8-Dekabr 2023 (UTC)
- Fikringiz uchun rahmat, Kagansky. Saytlarga yo'naltirilgan snoskalar manbalar qo'shish haqidagi videodagidek rasmiylashtirildi. Young Economist7 (munozara) 08:56, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Kagansky nomzodlik boʻyicha fikringiz oʻzgardimi? Siz koʻrsatib oʻtgan kamchiliklar bartaraf etilib, maqola status uchun loyiq holatga keltirildimi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:04, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Fikringiz uchun rahmat, Kagansky. Saytlarga yo'naltirilgan snoskalar manbalar qo'shish haqidagi videodagidek rasmiylashtirildi. Young Economist7 (munozara) 08:56, 10-Dekabr 2023 (UTC)
Avvalo Vikipediyada juda kam yoritiladigan mavudagi maqolangiz uchun tashakkur. Ammo maqola ayni nomzodlik uchun mos talablarga javob bermaydi. Jumladan, maqolaning preambula qismi qisqa, maqola tarkibidagi koʻplab xatboshilar manba bilan tasdiqlanmagan. Bilganingizdek, statusli maqola nomzodlarining har bir xatboshisi yakuni snoska (manba) bilan tasdiqlanishi shart. Ayrim terminlar oʻquvchiga tushunarsiz. Ularni wikilinklashtirish va mumkin qadar maqolasini yaratishni tavsiya qilaman. Modellar suratlarini ayni oʻziga mos xatboshiga biriktirish maqolani yana ham tushunarli qilar edi. Amaliy misol bandi esa sizning shaxsiy izlanishlaringiz mahsuli boʻlgan holatda maqola uchun keraksiz band sifatida olib tashlanilishi darkor. PanPanChik #yozish 07:07, 9-Dekabr 2023 (UTC)
- Maqolaga vaqt ajratib, chuqur tahlil qilib chiqqaningiz uchun rahmat Panpanchik. Sizning fikringizga asosan quyidagi oʻzgarishlar qilindi:
- 1. Koʻrsatilgan xatboshilar manbalar bilan tasdiqlandi.
- 2. Ayrim tushunarsiz va murakkab terminlar tushunarliroq boʻlishi uchun 4 ta atama wikilinklashtirildi va 4 ta maqola yaratildi.
- 3. Modellar suratlari ayni oʻziga mos xatboshiga biriktirildi.
- 4. Amaliy misol bandi olib tashlandi.
- Kirish qismi bir qarashda qisqa koʻrinsa-da, https://wordcounter.net saytiga koʻra maqola kirish qismi 168ta soʻz va 1430dan ortiq belgilarga ega. Bu esa XM statusini olgan koʻpgina maqolalar kirish qismidan koʻra koʻproqdir. Young Economist7 (munozara) 09:09, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Panpanchik siz koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etildimi? Statusga loyiqlik masalasida fikringizni bildira olasizmi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 11:05, 10-Dekabr 2023 (UTC)
Maqola matnida soʻzlardan nooʻrin foydalanish holatlari mavjud, ulardan bittasini — kirish qismidan joy olgan birinchi gapni keltiraman:
„baʼzi bozor turlarida narxning nega doimiy oʻzgarishlarga yuz tutishini tushuntirib beruvchi mikroiqtisodiy model“, buning oʻrniga „baʼzi bozor turlarida narxlarning doimiy oʻzgarishlari sabablarini narxning nega doimiy oʻzgarishlarga yuz tutishini tushuntirib beruvchi mikroiqtisodiy model“, deyish kifoya. Bu yerda „nega“, „yuz tutishi“ kabi maʼno oʻrniga soʻzni koʻpaytiruvchi muqobillar kerak emas, maqolani yana bir bor oʻqib, keraksiz „gajakdorliklardan xalos qilsangiz“ yaxshiroq boʻlar edi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:39, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Fikringiz uchun rahmat, Jamshid Nurqul. Siz keltirgan misolga asosan, o‘quvchida tushunmovchiliklar paydo qilishi mumkin bo‘lgan so‘zlar to‘g‘rilandi. Young Economist7 (munozara) 11:43, 11-Dekabr 2023 (UTC)
- Harakatlaringiz uchun rahmat, hali kichik kamchiliklar bor, yaqin kunlarda vaqt topib tuzatib qoʻyaman. Jamshid Nurqul (munozara) 12:46, 12-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
tahrir- Roziman Ajoyib iqtisodiyotga aloqador maqola uchun. Mirfayzbekabdullayev. (munozara) 13:41, 21-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Tuzilishi va mazmunidan XM kriteriylariga mos. Iqtisodchilaram koʻrib fikr bildirishsa yaxshi ish boʻladi. Kagansky munozara 14:09, 10-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman – Aytilgan kamchiliklar bartaraf etilgan. PanPanChik #yozish 04:43, 11-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman -- Mirzoulugʻbek |@ 03:59, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman – iqtisodiyot borasida tushunchasi oz boʻlgan oʻquvchiga ham ancha tushunarli tarzda yozilgan, maqola yaxshi tahrirlangan. Alpasli (munozara)
Qarshilar
tahrirBetaraflar
tahrir# # Betarafman Ayrim oʻzbekchalashtirilgan iqtisodiy atamalarni rosti tushunmadim shu sababli beʼtaraflikni maʼqul koʻrdim. — Mirzoulugʻbek |@ 16:10, 11-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum, hurmatli Mirzo Ulugʻbek Karimov. Aynan qaysi iqtisodiy atamalar boʻyicha yetarlicha maʼlumot berilmagan yoki maʼlumot yoʻq deb hisoblaysiz? Agar muammo iqtisodiy atamalarning oʻzbekcha nomlanishida boʻlsa, ushbu nomlarni (adaptiv va ratsional kutilmalar) OʻzMEdan olingan Kenneth Arrow maqolasiga koʻra oʻzbekchalashtirgandim. Young Economist7 (munozara) 02:02, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Va aleykum assalam! Hozirda iqtiodiy atamalarni tekshirib chiqdim va barchasini koʻrdim. Endi siz maqolalringizga ichki havolalarni koʻproq kirgizsangiz yaxshi boʻladi. Iqtisodiy atamalarni iqtisodchi boʻlmaganlarga bir oz tushunarsiz boʻladi. Ichki havolalar esa anashu termin haqida tuhunmasa kirib oʻqib tushunib olish uchun qulaydir. Men tushunmay qolgan soʻz aynan manashu "1938-yilda Ezekiel mol bozoridagi toʻrsimon oʻzgarishlarni oʻz modelida aks ettirdi." Keyin bir oz tushungandek boʻldim. Ezekiel bu iqtisodchi ekan. Mana endi betaraf emasman siz tomondaman 💪 — Mirzoulugʻbek |@ 03:59, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum, hurmatli Mirzo Ulugʻbek Karimov. Aynan qaysi iqtisodiy atamalar boʻyicha yetarlicha maʼlumot berilmagan yoki maʼlumot yoʻq deb hisoblaysiz? Agar muammo iqtisodiy atamalarning oʻzbekcha nomlanishida boʻlsa, ushbu nomlarni (adaptiv va ratsional kutilmalar) OʻzMEdan olingan Kenneth Arrow maqolasiga koʻra oʻzbekchalashtirgandim. Young Economist7 (munozara) 02:02, 12-Dekabr 2023 (UTC)
Xulosa
tahrirBajarildi Maqolada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar tuzatilib, Xushsifat maqola statusi uchun mos holatga keltirildi. Muallifga yana bir ajoyib maqola uchun tashakkur. Laziz Baxtiyorov (munozara) 16:29, 12-Dekabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.