Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Bastian Schweinsteiger
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Humoyun Qodirov (munozara) 20:00, 12-Avgust 2023 (UTC)
Ushbu maqola dunyodagi eng mashhur futbolchilardan biri haqida boʻlib, oʻzbekcha Vikipediyada Ikbaljohn tomonidan yaratilgan. Men ruscha va inglizcha Vikipediyadagi maqolaning maʼlumotlarini oʻzbekchaga tarjima qilib, oʻzbek tilidagisini qayta toʻldirdim. Shuningdek, maqola ruscha Vikipediyada „yaxshi maqola“ statusini olgan. Hurmatli Nataev, Kagansky, Jamshid Nurqul, Artemev Nikolay, Nataeva, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Umarxon III, Laziz Baxtiyorov, Alpasli, Salazarov, Panpanchik, Kamol Azzam, Muzaffar Murodovich va boshqa foydalanuvchilar oʻz fikringizni bildirib, ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Humoyun Qodirov (munozara) 20:00, 12-Avgust 2023 (UTC)
Fikrlar
tahrirMaqoladagi „ampulasida“ soʻzini „ampluasida“ deb oʻzgartirish kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 21:59, 20-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum xatoni toʻgʻriladim. Humoyun Qodirov (munozara) 10:58, 21-Avgust 2023 (UTC)
- Tarjimayi holi emas Tarjimai holi
- Maqola bashorat ohangida yozilgan deb o'ylayman:
...natijalarga erishadi, ...faoliyatida yordam berganini aytadi, aqliy qobiliyatlari oshadi, durang bilan yakunlandi va hokazo. Shunda ertaga natijalarga erishadimi? Yoki indinmi? O'yin hali davom etyaptimi, ertaga yakunlanadimi? Futbolchi faoliyatini tugatganku axir
- Strukturaviy xatolik. Nega bilgiqutidagi 2000—2019-yillar qatoriga Butun faoliyati davomida deb yozilgan? totalcaps va totalgoals parametrlari ishlatilishi kerak. Medal soni bilgiqutidan ajralib qolgan.
- Snoskalar joylashuvida ham bir nechta xatoliklar bor. --Hasan Alimov (munozara) 17:47, 29-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum avvalo fikrlar uchun rahmat. Tarjimayi holi toʻgʻri yozilgan, bu izofalashgan jumla hisoblanadi (asos: 2013-yildagi akademnashr lugʻati hamda kirill–lotin imlo lugʻati). 2-fikringiz boʻyicha maqoladagi kamchilikarni toʻgʻirladim. 3-fikringizda bilgiqutida totalcaps va totalgoals parametrlari qoʻshilmagan deb keltiribsiz, menda bilgiqutilarni toʻgʻirlash boʻyicha deyarli maʼlumot, malaka yoʻq, bilgiqutini buzmaslik uchun u qanday ahvolda boʻlsa, shunday kiritdim, qayd etib oʻtilgan parametrlar bilgiqutida mavjud emas. Medallar soni ham bilgiqutiga qoʻshilmagan. Inglizcha Vikipediyada ham xuddi shunday boʻlishi kerak, ammo ruschasida medallar bilgiquti tarkibida. 4-fikringiz yuzasidan snoskalarni qoida boʻyicha qoʻyganman. Oʻzbekcha Vikipediyada snoskalar qoʻyilishi ruschadagi qoidadan asos qilib olingan. Agar notoʻgʻri qoʻygan boʻlsam, xatolikni aniqroq bildirasiz degan umiddaman Humoyun Qodirov (munozara) 19:37, 29-Avgust 2023 (UTC).
- 2-kamchilik hali tuzatilmagan:
- ...o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Oʻyin ertagami? Qayerda ekan? Biz ham boraylik. Hurmatli foydalanuvchi, maqolada bu kabi kamchiliklar serob. Qayoqqa shoshyapsiz? Nega kamchilikni tuzatmasdan turib tuzatdim deyapsiz??? Hasan Alimov (munozara) 18:57, 30-Avgust 2023 (UTC)
- 2015-yilda Xitoyning „Dragon in Dreams“ o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi korxonasi Vermaxt askari qoʻgʻirchogʻini ishlab chiqaradi, qo‘g‘irchoqning yuzi Schweinsteigerga o‘xshash boʻlgan, qo‘g‘irchoqni yasashda balki futbolchining qiyofasidan foydalanilgan boʻlishi mumkin. Askar qo‘g‘irchog‘i „Bastian“ nomi bilan sotilgan. Bu ommaviy axborot vositalarida juda ko‘plab reaksiyalarga sabab bo‘ldi, ammo ishlab chiqaruvchi korxona o‘xshashlikni shunchaki tasodif, sabsbi qo‘g‘irchoqda „oddiy nemis“ tasvirlangan deb hisoblashgan. Suddan so‘ng qo‘g‘irchoq sotuvdan olib tashlanadi.
- Imlo xatoligi mavjud va gʻalizliklarga toʻla paragraf. Hasan Alimov (munozara) 19:14, 30-Avgust 2023 (UTC)
- Belgilab oʻtgan xatoliklarni toʻgʻrilab chiqdim, agar yana kamchliklar boʻlsa, qayd etib oʻtsangiz, ularni ham toʻgʻrilardim. Humoyun Qodirov (munozara) 21:06, 30-Avgust 2023 (UTC)
- Hamma xatolikni belgilab oʻtsam sahifa minbarga aylanib ketadi. Maqolani bu holatini oddiy odam uyoqda tursin, malakali tahlilchi yoki futbol eksperti ham tushunishga qiynaladi. Oʻzingiz oʻqib koʻring axir! Kamchiliklarni tuzatib, qayta nomzodlikka qoʻyishni maslahat beraman. -- Hasan Alimov (munozara) 18:50, 31-Avgust 2023 (UTC)
- Belgilab oʻtgan xatoliklarni toʻgʻrilab chiqdim, agar yana kamchliklar boʻlsa, qayd etib oʻtsangiz, ularni ham toʻgʻrilardim. Humoyun Qodirov (munozara) 21:06, 30-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum avvalo fikrlar uchun rahmat. Tarjimayi holi toʻgʻri yozilgan, bu izofalashgan jumla hisoblanadi (asos: 2013-yildagi akademnashr lugʻati hamda kirill–lotin imlo lugʻati). 2-fikringiz boʻyicha maqoladagi kamchilikarni toʻgʻirladim. 3-fikringizda bilgiqutida totalcaps va totalgoals parametrlari qoʻshilmagan deb keltiribsiz, menda bilgiqutilarni toʻgʻirlash boʻyicha deyarli maʼlumot, malaka yoʻq, bilgiqutini buzmaslik uchun u qanday ahvolda boʻlsa, shunday kiritdim, qayd etib oʻtilgan parametrlar bilgiqutida mavjud emas. Medallar soni ham bilgiqutiga qoʻshilmagan. Inglizcha Vikipediyada ham xuddi shunday boʻlishi kerak, ammo ruschasida medallar bilgiquti tarkibida. 4-fikringiz yuzasidan snoskalarni qoida boʻyicha qoʻyganman. Oʻzbekcha Vikipediyada snoskalar qoʻyilishi ruschadagi qoidadan asos qilib olingan. Agar notoʻgʻri qoʻygan boʻlsam, xatolikni aniqroq bildirasiz degan umiddaman Humoyun Qodirov (munozara) 19:37, 29-Avgust 2023 (UTC).
Matnda bir qancha uslubiy xatolar mavjud, ularning hammasini shu yerga yozsam butun boshli qissa boʻlishi mumkin (shunday xatolardan bittasi kirish qismida ikkita ketma-ket gapda shaxs „futbolchi“ deb eslangan, bittasida futbolchi ikkinchisida Schweinsteiger deb yozilishi tuzukroq boʻlar edi). Oʻshalar tuzatilgach xulosa beriladi. Vaqtim boʻlganida maqola matnini yana qayta koʻrib chiqaman (faollikka chaqirib teg qilinayotganda alifbo tartibida teg qilinsa yaxshiroq menimcha, bu taklif barcha foydalanuvchilar uchun) Jamshid Nurqul (munozara) 21:25, 29-Avgust 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum Siz qayd qilib oʻtgan kamchiliklarni tuzatdim. Agar yana kamchliklar boʻlsa, keltirib oʻtsangiz, durust boʻlardi. Teg boʻyicha fikringizni qoʻllayman va oʻzim uchun inobatga oldim Humoyun Qodirov (munozara) 23:01, 29-Avgust 2023 (UTC).
Rozilar
tahrir- Roziman — Ahror Akramovich (munozara) 07:29, 20-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Egamberdi Iskandarov (munozara) 14:49, 25-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman Xabibulla Muxamedov (munozara) 19:51, 28-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman --WikiWriter0102 (munozara) 15:36, 29-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman. Ibrohimjon 07:27, 30-Avgust 2023 (UTC)
Qarshilar
tahrirQarshiman. — Kamchiliklar koʻpligini aytib, misollar keltirganimga qaramasdan nominator har bir kamchiligini birma-bir koʻrsatib berishimni soʻradi. Oʻzi topib, tuzatishga harakat ham qilmadi deb oʻylayman. Gʻaliz jumlalar juda koʻp va ular bir oʻqishda koʻzga tashlanadi. Hasan Alimov (munozara) 19:01, 31-Avgust 2023 (UTC)
Betaraflar
tahrirXulosa
tahrirBajarildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, status berildi. Muallifning keyingi faoliyatida muvafaqqiyat. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:32, 15-Sentyabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.