Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Faxruddin Ali Ahmad
Assalomu alaykum, Hindiston sobiq prezidenti haqidagi ushbu maqolani YM statusiga qoʻyishni joiz topdim. Maqola enwikida ham ayni shu statusga loyiq koʻrilgan. Bu maqola tarix sohasi boʻyicha vikipediyani rivojlantirish, hamda vikipediya foydalanuvchilari uchun foydali manba boʻladi degan umiddaman. Maqolani koʻrib chiqib, fikrlaringizni qoldirishingizni soʻrayman. Lili (suhbat) 11:50, 16-Iyul 2024 (UTC)
Fikrlar
tahrir- Kirish qismida ham kamchiliklar bor.
- Yillar orasida tire boʻladi.
- Baʼzi joylarda Faxruddin baʼzi joylarda esa Faxriddin boʻlib ketgan. Maqolani yana bir koʻzdan kechirib chiqsangiz yaxshi boʻladi. Ibrohimjon 12:11, 16-Iyul 2024 (UTC)
Maqola ancha yaxshi rasmiylashtirilgan lekin ayrim kamchiliklari mavjud:
- Avvalo kirish qismidagi qizil linkli maqolalar. Premablua qismining bosh sahifada koʻrinishini hisobga olgan holda qizil linkli maqolalarni ham yaratib chiqishlikni tavsiya qilaman.
- Rahmon, shuningdek, lavozimda vafot etgan birinchi musulmon va birinchi prezident boʻlgan Zokir Husayn qabrining ham meʼmori boʻlgan jumlasi tahrirga muhtoj. Shuningdek, Rahmon birinchi oʻz lavozimdalik vaqtida vafot etgan, musulmon prezident Zokir Husayn qabri qurilishida ham meʼmorlik qilgan koʻrinishi nazarimda birmuncha tushunarliroq boʻladi.
- Shu bilan birgalikda ayrim oʻrinlarda punktuatsiya (asosan vergul) bilan bogʻliq kichik muammolar mavjud.
- Ayrim ichki vikilinklarda boshqacha maqolada esa boshqa koʻrinishi berilgan. Masalan, Faisal – Faysal ibn Abdulaziz as-Saud maqolasiga yoʻnaltirish beradi. Shu singari kamchiliklar bir necha oʻrinlarda kuzatilganligi bois ichki havola berilgan qismlarni qayta koʻrib chiqish darkor.
- Maqola tarkibida koʻplab murakkab qoʻshma gaplar mavjud. Ularni tushunarliroq holatga keltirish, zarur boʻlsa sodda gaplarga ajratish lozim.
- Tushunishga qiyin boʻlgan tushuncha va terminlar, joy nomlariga ichki havola berishni tavsiya qilaman. Keyinchalik maqolalar yaratilgach, bu maqola ham oʻquvchiga yanada tushunarliroq boʻladi.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda, maqolani yana bir qayta koʻrib chiqing. PanPanChik #yozish 06:10, 3-avgust 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum, qizildagi maqolalarni yaratib chiqdim. 2-masalani ham koʻrib, toʻgʻirladim. Vergul bilan bogʻliq muammolarni ham koʻrib chiqdim, yana bir qarab chiqaman. Ichki havolalarni ham aslidek yozib chiqdim. Baʼzi murakkab gaplarni iloji boricha maʼnosini buzmagan holda ajratishga harakat qildim. Qoʻshimcha ichki havolalar ham qoʻshdim. Siz yuqorida aytib oʻtgan kamchiliklarni bartaraf etdim deb oʻylayman. Maqolani qaytadan koʻrib, fikringizni qoʻldirishingizni soʻrayman, rahmat! Lili (suhbat) 14:34, 5-avgust 2024 (UTC)
Maqola tuzilish jihatidan ancha yaxshi rasmiylashtirilgan. Lekin matn mazmuni bilan bogʻliq kamchiliklar bor:
- Salute To The President Fakhruddin Ali Ahmed (Prezident Faxruddin Ali Ahmadga salom) — 1977-yilda rejissyor J. S. Bandekar tomonidan suratga olingan, Hindistonning filmlar boʻlimi tomonidan Faxruddin Ali Ahmadning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan qisqa metrajli hujjatli film. - Kimdir suratga ogan filmni filmlar bo'limi kelib Ali Ahmad bagʻishlab berganmi shunda? Jumla tushunarsiz va uzun.
- 2005-yilda esa bu vaqtincha toʻxtatilgan, 2013-yildan beri Prezidentning Polo Kubogi koʻrgazmasi sifatida oʻtkazib kelinmoqda. - Bu gap sport bo'limida yozilganligini hisobga olsak, sport musobaqasi qanday qilib ko'rgazmaga aylanib qolgan?
- Ismlarni ichki havolaga olib chiqishni maslahat beraman.
Yuqorida sanab o'tilgan kamchiliklar maqola matni bilan hali ishlanishi kerakligidan dalolat. Maqola ustida tayinli tahrirlar amalga oshirilsa, qayta ko'rib chiqib, ovoz berish jarayonida o'z fikrimni bildiraman. Maroqli tahrirlar! - Hasan Xamidovich (munozara) 07:45, 5-avgust 2024 (UTC)
- Birinchi gapda, shu boʻlim tashabbusi bilan film suratga olingan degan maʼnoda yozilgan edi, gapni tushunarli holatga keltirdim. Ikkinchi gapda notoʻgʻri sinonimdan foydalangan ekanman, uni ham toʻgʻirladim. Qoʻshimcha ichki havolalar ham qoʻshdim. Yuqoridagi siz sanab oʻtgan kamchiliklarni tuzatdim. Maqolani qaytadan koʻrib, fikringizni qoldirishingizni soʻrayman, rahmat! Lili (suhbat) 14:39, 5-avgust 2024 (UTC)
- 1957-yildan 1966-yilgacha Bimala Prasad Chaliha davrida yana moliya vaziri etib saylangan. Yillar orasida biron lavozimda faoliyat olib borishi mumkin, saylanish esa bir onda sodir boʻladi. 1957-yilda saylandi, 1966-yilgacha moliya vaziri sifatida faoliyat yuritdi deyilsa maʼqulroq boʻlardi. ANJANIY#gurung 14:27, 9-avgust 2024 (UTC)
Rozilar
tahrir- Maqolada qoʻpol xato va kamchiliklarga duch kelmadim. Shuning uchun maqolani YM olishiga Roziman Gulsanam Jahongirovna (munozara) 04:54, 3-sentyabr 2024 (UTC)
- Roziman Maqolani oʻqib chiqib, hech qanday jiddiy kamchiliklarga koʻzim tushmadi, shu sababli maqolani status olishiga Sevayuu (munozara) 04:51, 3-sentyabr 2024 (UTC)
- Roziman -Didosh Jurayeva (munozara)
- Roziman - Tahrirchiqiz (munozara)Tahrirchiqiz (munozara) 05:01, 3-sentyabr 2024 (UTC)
- Roziman Maqola yaxshi yoritilgan. Shuning uchun Yaxshi statusi berilsin. Xatchiman (munozara) 04:58, 3-sentyabr 2024 (UTC)