Vikipediya munozarasi:Har bir Vikipediya boʻlimida boʻlishi kerak boʻlgan maqolalar roʻyxati

Yozuv (Writing system)

tahrir

Writing systemni yozuvga bogʻlab qoʻydim. Yozuv va yozuv tizimi bitta emasmi? Ruscha Vikipediyada birlashtirishga qoʻyilgan — CoderSI munozara 20:00, 13 iyun 2013 (UTC).

Yozuv (writing) va yozuv tizimi (writing system) — alohida mavzular. Birinchisi tayinli belgilar orqali tilni ifodalash, ikkinchisi esa shu ifodalashda ishlatiladigan belgilar toʻplami. Abdulla munozara 12:12, 14 iyun 2013 (UTC)
Yozuv tizimi haqida maqola yaratishimiz kerak ekan --Xusinboy Bekchanov munozara 13:39, 14 iyun 2013 (UTC).

Saraton kasalligi haqidagi sahifa Rakka yoʻnaltiryapti, bu roʻyxatda esa qizil ekan. Tibbiyotimizda qaysi atama ishlatiladi - saraton yoki rak? TV va gazetalarda nuqul "saraton kasalligi" deb eshitaman/oʻqiyman, lekin shifokorlar qanday atashadi? Abdulla munozara 11:43, 19 iyun 2013 (UTC)

Men topa olmagan edim, bor ekanda. Saraton rakning oʻzbekchasi. yoʻnaltirilganligining sababi, OʻzMEda ham maʼnodosh soʻzlar sifatida bitta qatorda keltirilgan. --Xusinboy Bekchanov munozara 11:48, 19 iyun 2013 (UTC)
Topa olmaganimning sababi ruscha Vikipediyada boshqa soʻzga bogʻlangan ekan. Men koʻproq ruscha vikipediyadan moʻljal olgan edim. U yerda rak злокачественной опухоли (tarjimasi: хавф (хатар)ли шиш (ўсма)) ning bir koʻrinishi deb koʻrsatilgan. --Xusinboy Bekchanov munozara 11:53, 19 iyun 2013 (UTC)
Saraton (kasallik) sahifasiga koʻchirdim. Abdulla munozara 12:19, 19 iyun 2013 (UTC)

Uzum (Grape)

tahrir

Bu maqolani Tok (ekin) maqolasi bilan ham bog`lasak bo`ladimikin, yoki Uzum nomli maqola yaratish kerakmi? Nima deb o`ylaysizlar? --Xusinboy Bekchanov munozara 10:50, 21 iyun 2013 (UTC).

Tok - Vitis (oʻsimlik), Uzum - Grape (oʻsimlik mevasi). Uzum maqolasi kerak. Abdulla munozara 10:57, 21 iyun 2013 (UTC)

Bizda uch xil tuz bor: Tuz, Tuzlar (OʻzME), Tuzlar (mineral) (OʻzME) - Keragini birlashtirishimiz kerak --Xusinboy Bekchanov munozara 17:26, 24 iyun 2013 (UTC)

Tuzni Tuzlarga yoʻnaltirdim. Tuzlar (mineral) — alohida mavzu. Abdulla munozara 12:15, 27 iyun 2013 (UTC)
„Har bir Vikipediya boʻlimida boʻlishi kerak boʻlgan maqolalar roʻyxati“ loyiha sahifasiga qaytish.