Vikipediya munozarasi:Maqolalarni nomlash (xorijiy soʻzlar)

Maqolalarni nomlash

tahrir

Fikrlar

tahrir

Tarjima emas translit?

tahrir

Tushunishim boʻyicha manba oʻlaroq topilmagan qiyinroq soʻzlarni tarjima emas translit qilmoq kerakmi? MaxiMillian (munozara) 07:14, 26-Avgust 2022 (UTC)

Yoʻq, xorijiy soʻzlarni ishlatishda uch holat boʻlishi mumkin: tarjima qilish, translit qilish, aslidek yozish. Shuni sahifada tushuntirishga harakat qildim. Yanada koʻproq misol va manba topish kerak. Nataev munozara 08:23, 26-Avgust 2022 (UTC)

Transliteratsiya

tahrir

Kishilar ismlarini mayli aslidek yozaylik, lekin boshqa soʻzlarni translit qilish toʻgʻri deb oʻylayman. Chunki, men ham har lotin alifbosidagi soʻzni oʻqiy olmayman. Ximik1991 (munozara) 14:26, 28-Avgust 2022 (UTC)

Fikringiz uchun rahmat. Asosiy sahifada yozganimdek, oʻzbekcha Vikipediya eng avvalo oʻzbek tili soʻzlashadigan oʻquvchi uchun moʻljallangan. Nataev munozara 06:44, 29-Avgust 2022 (UTC)

Istisno holat

tahrir

Agarda enwiki yo umuman boshqa vikipediadagi oʻsha tilga bogʻliq frazalar taniqli tarjima lugʻatlarida muqobil variyanti keltirilsa ham uni oʻzbekchalashtirish mumkin boʻlmay qoladimi? Shaxslar va joy nomlaridagi oʻzgarishsiz qolish qoidasi-ku maylin lekin ayrim frazalarni balki oʻzbekchalashtirish maqulroqdir… Masalan colour revolution atamasini rangli inqilob koʻrinishida. Va yana bir holat. Masalan Baron Myunxauzen sindromini oladigan boʻlsak… U biz bilganimizdek Myunxauzen shaklida boʻladimi yoki ingilizchadagidek Munchausen sindromimi??? Panpanchik (munozara) 07:32, 29-Avgust 2022 (UTC)

Bu holatni keltirishimdan maqsad asli inglizchani bilmagan odamga dark horse effekti haqida gapirilsa unda oʻrganish boʻyicha muammo boʻlishi mumkin. Lekin qora ot deyilsa balki osonroq va yaxshiroq tushuna olar…Panpanchik (munozara) 07:34, 29-Avgust 2022 (UTC)
Tarjima qilishning iloji boʻlmagan holatlardagina aslini yozamiz yoki translit qilamiz. Color revolution oʻzbek tilida rangli inqilob deyiladi. Bunga nufuzli manbalarda yuzlab misol bor. Sindromga kelsak, agar lotin yozuvida „Myungzauzen sindromi“ ishlatilganda, jugʻrofiy nomlar qoidasiga muqobil tarzda oʻshanday yozsak boʻlardi. Hozircha bunday manba yoʻq, shunga „Munchausen sindromi“ deb olgan boʻlardim. Nataev munozara 08:04, 1-Sentabr 2022 (UTC)
Assalom Aleykum bizning psixologiyadan oʻqiydigan qoʻllanmamizda Myunxauzen shaklida berilgan Jahongir Boboyev Mirsodiqovcih (munozara) 08:22, 1-Sentabr 2022 (UTC)
Shu kabi maqolalarni Dunning–Kruger samarasi maqolasidagi kabi nomlashimiz kerak, fikri ojizimcha. Misol qilib koʻrsatgan maqolani ochib koʻrsangiz, maqola boshida talaffuzi ham berilgan. Yaʼni, oʻquvchi uchun Dunning qanday talaffuz qilinishini bilish muammo boʻlmaydi. Bundan tashqari, Danning–Kruger samarasi sahifasidan shu maqolaga yoʻnaltirish ham qoldirilgan (Danning–Kryuger samarasi sahifasidan ham Dunning-Kruger samarasi maqolasiga yoʻnaltirish qoldirib qoʻydim). Yaʼni, goh uzwikining oʻzidan, goh Googledan Danning-Kryuger samarasi, deb qidirsangiz, natijalarda uzwikidagi Dunning-Kruger samarasi maqolasi topiladi (albatta, uzwikining oʻzidan qidirsangiz, Dunning-Kruger samarasi maqolasi avtomatik ochiladi). David Dunning, Justin Kruger kabi asli lotin yozuvida yozilmish kishilar ismlarini oʻzgartirib emas, balki aslidek yozdik (aytish joizki, bunday nomli maqolalar uzwikida hozirchalik mavjud emas, mavjud boʻlganda ham uzoq yillik qoidamizga binoan aslidek nomlaymiz). Agar Dunning-Kruger samarasi maqolasini Danning-Kryuger samarasi, deb nomlasakchi? Bu holatda, maqolada „Danning-Kryuger samarasi 1999-yili David Dunning va Justin Kruger tomonidan aniqlangan“, deb yozish kerak boʻladi. Yaʼni, ayni familiya bir maqolada ikki xil yoziladi. Bu chalkashlik keltirib chiqaradi.
Keling, bir holatni faraz qilamiz. Yana Dunning-Kruger samarasi maqolasi misolida boʻlsin. Ayrim oʻzbekcha manbalarda Dunning-Kruger samarasi Danning-Kryuger samarasi/effekti deyilgan boʻlsin. Dunning-Cooper samarasi (bunday nomdagi samara yoʻq hozirchalik, shunchaki misol sifatida keltiryapman) haqida esa birorta oʻzbekcha manbada eslatilinmagan boʻlsin. Dunning-Kruger samarasi maqolasini biror oʻzbekcha manbani keltirgan holda Danning-Kryuger samarasiga koʻchirdik deylik. Dunning-Cooper samarasi maqolasi nomi esa shu holatda qoladimi? Agar ham birinchi maqoladagi, ham ikkinchi maqoladagi Dunning aynan David Dunning, yaʼni ayni kishi boʻlsa-chi, masalan? Shubhasiz, bu yuqorida yozgan chalkashlikni ikki hissa oshiradi.
Bundan tashqari, aytishingiz mumkin. Jugʻrofiy nomlar-chi? Califroniani Kaliforniya dedik, undagi kichik bir Chico nomli munisipalitetni esa birorta oʻzbekcha manbada eslatilinmagani ortidan aslidek yozyapmiz-ku. Ha, toʻgʻri, VP:Maqolalarni nomlash (jugʻrofiy nomlar)ga binoan shunday. Lekin, holat biroz farqlidir. Masalan, enwikidagi en:California nomli maqola uzwikida Kaliforniya nomi bilan yaratilgan. en:List of municipalities in California maqolasi ham kelajakda, masalan, Californiadagi munisipalitetlar roʻyxati emas, Kaliforniyadagi munisipalitetlar roʻyxati, deb yaratiladi. Albatta, musiqiy albomlar, qoʻshiqlar, shirkatlar va hk. nomlari bundan mustasno, yaʼni en:California Gurls qoʻshigʻini misol qilsak, uni nomidagi Californiani Kaliforniyaga oʻzgartirib, Kaliforniya Gurls, deb nomlamaymiz. Chico munisipaliteti haqidagi maqola esa uzwikida yuqorida koʻrsatilgan sabab (yaʼni, birorta oʻzbekcha manbada eslatilinmagan) tufayli asl nomi, yaʼni Chico nomi ostida yaratilgan deylik. Enwikidagi en:History of Chico, California maqolasini uzwikida ham yaratmoqchi boʻlsam, uni Chico (Kaliforniya) tarixi, deb nomlayman (Chiko (Kaliforniya) tarixi, deb emas), masalan. Bunda, ayni munisipalitet nomi bir maqolada bir xil yoziladi, ayni shtat nomi ham bir maqolada bir xil yoziladi. Yoki Stokgolm sindromi maqolasini olaylik. Stokgolm maqolasi avvaldan bor. Shunday ekan, enwikidagi en:Stockholm syndrome maqolasi uzwikida Stokgolm sindromi nomi bilan yaratilgan, Stockholm sindromi nomi bilan emas.
PS. Dunning-Kruger samarasi oʻzbekcha manbalarda uchraydimi yoki yoʻqmi, bilmadim, izlanib koʻrganim yoʻq. Shunchaki yuqorida oʻzbekcha manbalarda Danning-Kryuger samarasi, deb eslatilingan boʻlsin, deb misol qildim.
Malikxan munozara 05:53, 2-Sentabr 2022 (UTC)
Qoʻshilaman. Kishilar ismlarini aslidek (originali lotin yozuvida yoziladiganlarini), jugʻrofiy nomlar ishlatilagan atamalarni esa, mos ravishda, jugʻrofiy nomlar boʻyicha qoidamizdan kelib chiqib nomlayveramiz. Nataev munozara 09:15, 5-Sentabr 2022 (UTC)

Maqola sarlavhasi

tahrir

Yana bir qiziq holat haqida aytib oʻtmoqchiman.

  1. En wikidagi Kuialnyk Estuary maqolasi nomi asli ukraincha Kuyalnitskiy liman deb nomlanar ekan. Bu holatda qaysi biri maqolaga mavzu boʻladi asl tilidagisimi yo inglizchasi? 10Ta tildagi maqoladan 6tasida krill yozuvidagi ukraincha nom mavzu qilingan.
  2. Yana bir en wikidagi maqola Oleshky Sands ham ukraincha soʻzdan olingan boʻlib, Oleshkіvskі pіski deyilar ekan. Bu holatda qaysi biri tanlanadi? (ukrain wikisidan olingan nomlarni aslida krillcha yozgan edim ammo chamamda vikifikator tugmasi ularni lotinchalashtirib tashladi)

Qozoqcha nomli maqolalarga oʻtmay qoʻya qoldim. Ulardagi ayrim joy nomlari enwiki da inglizzabonlar tomonidan „oʻzlashtirib olingan“ sarlavhalarini oʻrniga qardosh millat sifatida garchi uncha taniqli boʻlmasa-da oʻz asl tiliga yaqin nomlarni qoʻysak menimcha yaxshiroq boʻlar edi… PanPanChik (munozara) 05:12, 2-Sentabr 2022 (UTC)

Ukraincha soʻzlar haqida, ochigʻi, nima deyishni bilmayman. Volodimirmi, Vladimirmi? Menimcha, oʻzbekcha lotin manbalarda qanday yozilsa, oʻshanday yozaverish kerak. Lekin bu mavzuni yaqinndan oʻrganib chiqish kerak. Nataev munozara 09:19, 5-Sentabr 2022 (UTC)
Bunday manba mavjud boʻlmasa-chi? Rosti juda muammoli mavzu… Hali bu mavzu boʻyicha sizni koʻp bezor qilsam kerak((( PanPanChik (munozara) 12:06, 5-Sentabr 2022 (UTC)

Milliy ensiklopediya maqolalari

tahrir

Nodir aka avvalo uzur…. Shu mavzu boʻyicha juda koʻp muammolarga uchrayotganligim sababli ham yana shu munozara sahifasiga yozayapman. Mening Onna-musha nomli XM ga nomzod sifatida berilgan maqolamda inglizlar tomonidan w tarzda qoʻllanilgan soʻzlarni men v tarzida yozgan edim. Masalan Tokuguwa koʻrinishida emas Tokugava shaklida yozgan edim. Sababi uzwikidagi bu maqola Oʻzbekiston milliy enskilopediyasidan olingan qisqa maqolalardan biri ekan. Lekin adminlarimiz ismlarni w shakliga keltirishim kerakligini aytishdi?! Hoʻsh bunda qaysi biri maʼqul boʻladi. p.s. Yana qarang:

bu faqatgina yaponlarga bogʻliq ayrim misollar halos… Lekin bundaylar juda koʻp… Sizga bu juda katta muammo boʻlishini sezib turibman. Ammo, men va menga oʻxshagan wikipediaga yangi kelganlar eski maqolalar va bu qoidalar oʻrtasida sarson boʻlib qolayotganligini hisobga olgan holda qoidaga yangi oʻzgartirishlar kiritishingizni soʻragan boʻlar edim! PanPanChik (munozara) 12:30, 3-Sentabr 2022 (UTC)

Oʻzbek lotin yozuvida originali lotinda yozilmaydigan barcha atamalarni translit qilish kerak. Yaʼni, Tokuguwa emas, Tokuguva deb yozamiz. Ismlar va lotin yozuvidagi manbalarda yoʻq jugʻrofiy atamalar qoidadan istisno. Oʻzbek lotin yozuvida w harfi yoʻq. Nataev munozara 09:22, 5-Sentabr 2022 (UTC)
„Maqolalarni nomlash (xorijiy soʻzlar)“ loyiha sahifasiga qaytish.