Viktor Bryuxanov
Viktor Petrovich Bryuxanov (1935-yil 1-dekabr, Toshkent — 2021-yil 13-oktabr, Kiyev) — 1970—1986-yillarda Chernobil AES direktori boʻlgan.
Viktor BryuxanovViktor Bryuxanov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Viktor Petrovich Bryuxanov 1-dekabr 1935-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
12-oktyabr 2021-yil (85 yoshda)[1] Kiyev, Ukraina |
Mashhur ishlari | Chernobil AES direktori |
Tarjimai holi
tahrirToshkent politexnika institutining energetika fakultetini tamomlagan[2]. Institutni tamomlagach, Angren TESda (Toshkent viloyati) keyingi lavozimlarda ishlagan: deaerator oʻrnatish navbatchisi, ozuqa nasoslari mashinisti, turbina mashinisti yordamchisi, turbina mashinisti, turbina tsexi katta mashinisti, smena boshligʻi, turbina tsexi boshligʻi. Stantsiyani qurish bosqichida stajyor sifatida ishlayotganda boʻlajak rafiqasi Valentina bilan uchrashgan. Toʻylari 1960-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan[2].
1966-yilda Viktor Petrovich „Slavyanskaya GRES“ davlat elektr stantsiyasiga (Donetsk viloyati) ishga taklif qilingan, u yerda 1970-yilgacha katta usta, qozon-turbinalar tsexi boshligʻining oʻrinbosari, ushbu tsex boshligʻi, bosh muhandis oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1966-yildan KPSS a’zosi boʻlgan.
1969-yil oxirida yangi atom elektr stantsiyasining direktori etib tayinlangan. 1970-yil boshida Chernobilga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun stantsiya va shahar — kelajak „Pripyat“ni qurilishini tashkil qilish uchun kelgan. 1972-yil qishda Bryuxanovlar oilasi qurilayotgan stansiyadagi vaqtinchalik turar joydan Pripyatdagi Lenin prospekti, 6[2] manzilidagi yangi kvartiraga koʻchib oʻtgan. 1970-yil apreldan 1986-yil iyulgacha Viktor Petrovich V.I.Lenin nomidagi Chernobil AES direktori boʻlib ishlagan.
1970—1986-yillarda bir necha bor partiyaning Kiyev viloyat, Chernobil okrugi va Pripyat shahar qoʻmitalari byurosi a’zosi, Chernobil okrugi va Pripyat shahar xalq deputatlari Kengashlarining deputati etib saylangan. KPSS XXVII-qurultoyi delegati (1986).
1986-yildagi baxtsiz hodisadan keyin Bryuxanov direktor lavozimidan chetlatilgan. 1986-yil iyuldan 1987-yil iyulgacha Chernobil AES ishlab chiqarish-texnik boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 1986-yil 3-iyulda KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosining qarori bilan „Ogʻir oqibatlarga olib keladigan baxtsiz hodisaga olib kelgan ishdagi katta xatolar va kamchiliklar uchun“ KPSS saflaridan chiqarilgan. 1986-yil 13-avgustda oʻgʻlining ayblovlari haqida xabar topib, yurak xurujidan vafot etgan onasining dafn marosimidan Toshkentdan qaytgan Bryuxanovga Ukraina SSR Jinoyat kodeksining 220-moddasi „Portlovchi ishlab chiqarish va korxonalarda xavfsizlik qoidalarini buzish“ boʻyicha ayblov e’lon qilingan[2].
1988-yil 29-iyulda SSSR Oliy sudi jinoiy ishlar boʻyicha sudlov hay’atining qarori bilan Bryuxanov 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, umumiy rejimdagi axloq tuzatish-mehnat muassasasida oʻtash uchun hukm qilingan[3].
1991-yil 30-sentabrda muddatidan oldin ozod qilingan. Shundan soʻng, Bryuxanov Chernobil AESda texnik boʻlim boshligʻi[4], 1992-yildan — Ukraina Tashqi savdo vazirligi[2] tarkibida ishlashni davom ettirgan. 1992-yil avgust oyidan Kiyev shahrining Vatutinskiy (hozirgi Desnyanskiy) tumanida yashagan.
Chernobil avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan (1-toifa). II-guruh nogironi.
2021-yil 13-oktabrda vafot etgan. Kiyevda dafn etilgan[5].
Kinolarda
tahrirHBO “Chernobil” mini-serialida (2019) Viktor Bryuxanov rolini aktyor Kon OʻNil ijro etgan.
Mukofotlari
tahrir- Fan va texnika sohasidagi Ukraina SSR Davlat mukofoti (1978).
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1978).
- Oktabr inqilobi ordeni (1983).
- „Jasoratli mehnati uchun. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali.
- „Mehnat faxriysi“ medali.
- Ukraina SSR Oliy Kengashining faxriy yorligʻi (1980).
Oilasi
tahrir- Xotini — Valentina Mixaylovna, energetik, 1975—1990-yillarda — Chernobil AES ishlab chiqarish boʻlimi katta muhandisi, hozir nafaqada.
- Oʻgʻli — Oleg (1969-yilda tugʻilgan), TAI TES-6 tsexi muhandisi, Kiyev shahrida yashaydi.
- Qizi — Liliya (1964-yilda tugʻilgan[2]), vrach-pediatr, Xerson shahrida yashaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Умер первый директор Чернобыльской АЭС Виктор Брюханов“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Хиггинботам А. Чернобыль : История катастрофы : [рус.] = Midnight in Chernobyl: The Untold Story of the World's Greatest Nuclear Disaster / пер. с англ. А. Бугайского, науч. ред. Л. Сергеев. — М. : Альпина нон-фикшн, 2020. — 552 с. — ISBN 978-5-00139-269-9
- ↑ „Срок полураспада. Расследование“. 4-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
- ↑ Личная катастрофа директора Чернобыля // Московский комсомолец. — 2011. — 21 апреля.
- ↑ Иван Помидоров. „Умер первый директор Чернобыльской АЭС Виктор Брюханов“. vesti.ua (13-oktabr 2021-yil). 13-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.
Havolalar
tahrir- Бывший директор чернобыльской атомной электростанции Виктор Брюханов: «Ночью, проезжая мимо четвёртого блока, увидел, что верхнего строения над реактором… нету!»: Интервью с Виктором Брюхановым // Факты. — 2006. — 28 апреля.
- Нужна ли реабилитация бывшему директору ЧАЭС? Еженедельник «Взгляд», № 16 (150), 29 апреля 2010 года
- Интервью с В. Брюхановым (Wayback Machine saytida 6-may 2021-yil sanasida arxivlangan)