Vineetha Wijesuriya
Doktor (Dr.) Vineetha Wijesuriya (1970-yilda tugʻilgan) — Shri-Lankada tugʻilgan asli avstraliyalik ayol shaxmatchi. U Avstraliya chempionatining ikki karra gʻolini, eng yaxshi ayol shaxmatchisi hisoblanadi[1].
Vineetha Wijesuriya | |
---|---|
Wijesuriya 2008-yilgi shaxmat olimpiadasida | |
Toʻliq ismi | G. Vineetha Wijesuriya |
Mamlakat | Avstraliya |
Tugʻilishi |
1970 (yoshi 53–54) Shri-Lanka |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) 1808 (iyun 2014-yil) |
Yuqori reytingi | 2037 (oktabr 2004-yil) |
Hayoti
tahrirVineetha Wijesuriya 1970-yil Shri Lankada tugʻilgan. Lekin hozirda Vineetha Melburnda (Avstraliya) yashaydi[2]. U shaxmat oʻynashni opasi Shri-Lanka shaxmat federatsiyasi aʼzosi Suneeta Wijesuriyadan oʻrgangan. Keyinchalik shaxmat musobaqalarida opasi bilan birgalikda ishtirok etgan.
Vineetha Wijesuriya 1989-yildan 2008-yilgacha oraliqda boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha musobaqalarda ishtirok etib, oʻn bir karra mamlakat chempioni unvoniga sazovor boʻlgan. Vineetha Wijesuriya Malayziyadagi oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida tashkil etilgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Vineetha Wijesuriya Shri-Lanka federatsiyada bir necha yil davomida shaxmat musobaqalarida qatnashgan va Shri-Lanka nufuzini 29 ta xalqaro shaxmat musobaqalarida himoya qilgan.
Vineetha Wijesuriya Avstraliyaga koʻchib kelgach, Avstraliya shaxmat federatsiyasiga roʻyhatdan oʻtadi. U Avstraliya shaʼnini beshta xalqaro shaxmat musobaqalarida himoya qilib dona surgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirVineetha Wijesuriya Shri-Lankalik shaxmatchi Suneeta Wijesuriyaning singlisi hisoblanadi[3]. U toʻqqiz yoshida, opasiSuneeta shaxmat musobaqasida gʻalaba qozonganidan keyin shaxmat oʻynashga qiziqib qoldi va shaxmat oʻynashni boshladi[2]. Vineetha Wijesuriya oʻz yurtida „Shri-Lanka shaxmat malikasi“ nomi bilan ham mashhur[4].
Vineetha Wijesuriya Gothatuwa Maha Vidyalaya oliy oʻquv yurtida va Kolombo 7 dagi Buddist ayollar kollejida tahsil olgan.
Vineetha Wijesuriya Avstraliya nufuzini shaxmat boʻyicha chempionatlarda himoya qilgan. U 2014-yilgi Okeaniyada tashkil etilgan, shaxmat chempionatining ayollar toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Vineetha Wijesuriya chess games and profile - Chess-DB.com“. chess-db.com. Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 Jordan Oliver. „Ballarat's chess champ does it again“. The Courier (17-iyun 2012-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2017-yil.
- ↑ „Vineetha Wijesuriya - The Queen of Sri Lankan chess“.
- ↑ „Sports“. www.nation.lk. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2017-yil.
Havolalar
tahrir- Profile at Chessdb[sayt ishlamaydi]