Vint
Vint (nem. Gewinde — qirqma, rezba) — 1) rezbali silindrik sterjen. Mashina va stanoklarning qismlarini harakatlantirish (yurgizish vinti) uchun moʻljallangan, detallarni bir-biriga biriktirish (biriktirish vinti) uchun ishlatiladigan xillari boʻladi. Birinchisida V. vintli uzatmaning yetakchi zvenosi hisoblanadi. Yetaklanuvchi zveno yetakchi zveno rezbasiga monand rezba kesilgan reykadan iborat boʻladi. Ikkinchisida sterjenga tashqi rezba kesiladi, kallagida shlitsa (buragich, yaʼni otvertka uchun ariqcha) boʻladi; 2) vertolyot, samolyot kemaning harakatlanishini taʼminlaydigan vintsimon parrakli val (havo Vint, eshkak V.).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |