Virgil Trayan Madjaru (rumincha: Virgil Traian Madgearu; 1887-yil 14-dekabrda, Galati, Ruminiya qirolligida tugʻilgan - 1940-yil 27-noyabrda Snagov yaqinida, Ruminiya qirolligida vafot etgan) — ruminiyalik iqtisodchi, sotsiolog, jurnalist, pedagog, siyosatchi va iqtisodiy fanlar doktori.

Virgil Trayan Madjaru
Tavalludi 1887-yil, 14-dekabr
Galati, Ruminiya
Vafoti 1940-yil 27-noyabr
Fuqaroligi Ruminiya
Kasbi iqtisodchi, sotsiolog, siyosatchi

Shuningdek u soʻl qanot siyosatchisi, asosiy nazariyotchi boʻlish bilan bir qatorda, Ruminiya Dehqon (Saranistik) partiyasi va uning vorisi Milliy Dehqon (Milliy Sarani) partiyasining asoschisi va rahbari hisoblanadi. Ruminiya Fanlar akademiyasining aʼzosi (vafotidan keyin).

Hayoti

tahrir

Virgil Trayan kelib chiqishiga koʻra Arman hisoblanadi[1]. Leyptsig universitetida iqtisod, keyinroq Londonda bank ishi boʻyicha tahsil oldi. U 1911-yilda Leyptsigda iqtisodiyot doktori sifatida faoliyat yurita boshlagan.

1912-yilda u Ruminiyaga qaytib keldi va u yerda hunarmandlar va ishchilarni sugʻurtalash markaziy jamgʻarmasi boshligʻi etib tayinlandi. 1916-yildan to vafotiga qadar Buxarestdagi Iqtisodiyot akademiyasida oʻqituvchi sifatida ishlagan.

Dimitri Gusti bilan birgalikda u Ruminiya sotsiologiya institutiga asos solgan. Jurnalist sifatida, u uzoq vaqt davomida nufuzli oylik jurnal „Ruminiya hayoti“ ("Viața Românească") tahririyati aʼzosi boʻlgan.

Davlat arbobi sifatida. Ruminiya sanoat va savdo vaziri (1928—1929; 1930-yil iyun — oktabr; 1932-yil avgust — oktyabr), moliya vaziri (1929—1930); qishloq xoʻjaligi vaziri (1931); yana moliya vaziri (1932—1933), shuningdek Millatlar Ligasi Iqtisodiy Konferensiyalarida (Buyuk Depressiya davrida) Ruminiya vakili.

U umrining koʻp qismi davomida Ruminiya milliy liberal partiyasining asosiy raqibi sifatida siyosatda ishtirok etgan. U parlament muxolifati yetakchilaridan biri edi. 2-Jahon urushiga qadar Antifashistik harakatlarda qatnashgan. U Ruminiyada Milliy legioner davlat tashkil etilishiga qarshi keskin tanqidlar bilan chiqgan.

Liberal dogmalarni ham, iqtisodiyotning marksistik talqinini ham shubha ostiga qoʻygan asl nazariyaning muallifi, Ruminiya dehqonlarining siyosiy va iqtisodiy rolini kuch-aytirish choralarini taklif qilgan.

1940-yil 27-noyabrga oʻtar kechasi Temir gvardiya legionerlari uning Buxarestdagi uyiga hujum qilib, uni oʻgʻirlab ketishdi va qishloq yaqinidagi oʻrmonga olib ketishadi. Snagovda, u chorasiz qolgan Virgil Majaru legionerlar tomonidan otib oʻldirilgan.

 
Virgil Majaruning jasadi

Oʻta oʻngchi “ Temir gvardiya” jangarilari tomonidan oʻldirilgan koʻplab ruminiyalik siyosatchilardan biri.

1990-yilda Ruminiya akademiyasi uni aʼzo etib sayladi (vafotidan keyin)[2].

Saqlangan nashrlar:

tahrir
  • Structura și tendințele băncilor populare in România (1914; Структура и тенденции народных банков в Румынии)
  • Țărănismul (1921; «Крестьянская доктрина»)
  • Doctrina țărănistă (1923; «Крестьянская доктрина»)
  • Еvoluța agrară și evoluția clasei țărănești (1923; Аграрная революция и эволюция крестьянства)
  • Dictatură economică sau democrație economică? (1925; Экономическая диктатура или экономическая демократия?)
  • Înțelegerea economică a statelor dunărene (1932; Экономическое сотрудничество придунайских государств)
  • Reorganizarea sistemului de credit (1934; Реорганизация кредитной системы)

Eslatmalar:

tahrir
  1. „Армяне Румынии“. 27-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2019-yil.
  2. „Члены Румынской академии“. 22-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2019-yil.

Adabiyotlar

tahrir
  • Dictionar Enciclopedic, t. IV, București, 2001