Vitaliy Baymuratovich Suyunov (1937-yil 22-may – 2016-yil 23-aprel) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Vitaliy Suyunov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-may 1937-yil (1937-05-22) (87 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 23-aprel 2006-yil(2006-04-23)
(68 yoshda)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1958—1959 Mehnat zahiralari
1960—1968 Paxtakor 230 (1)
Boshqargan klublari
1969 Paxtaorol
1970 Shahrixonchi
1973—1974 Trud
1994 Paxtakor
1994 Paxtakor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Futbolchilik faoliyatini Toshkentning „Mehnat zahiralari“ jamoasida (1958—1959) boshlagan. 1960—1968-yillarda „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan. Paxtakor jamoasidagi faoliyati davomida futbolining SSSR birinchi ligasi 19 ta oʻyin oʻtkazgan (1964-yil) boʻlsa, SSSR Oliy ligasida 221 ta oʻyinda ishtirok etib, bitta gol muallifi boʻlgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiy boʻlib ishlagan. „Paxtaoral“ (1969), „Shahrixonchi“ (1970), Jizzaxning „Trud“ (1973—1974) jamoalarida katta murabbiy lavozimida ishlagan[1]. 1994-yilgi mavsum „Paxtakor“ jamoasida Rustam Akramovga yordamchi boʻlgan, mavsum yakunini bosh murabbiy sifatida oʻtkazgan. Vitaliy koʻplab oʻzbek klublarda va Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiyi qilgan[2].

Yutuqlar

tahrir
Paxtakor
  • SSSR A sinfining 2-guruh bronza medali sovrindori: 1964

Manbalar

tahrir
  1. footbook.ru
  2. „Виталий СУЮНОВ“. 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-dekabr.

Havolalar

tahrir