Vivipariya (lot. vivus — tirik, pario — tugʻaman) — urugʻning pishib yetilmagan meva ichida ona oʻsimlikning oʻzidan koʻkarib chiqishi. Oʻta nam iqlimli tropik daraxtlarning pishmagan mevalarida ildizchali murtagi – gipokotili paydo boʻladi. Murtak uzunligi 50–70 sm ga yetgach, uzilib, tuproqqa tushib oʻsa boshlaydi. Vivipaiya tashqi koʻrinishdan donli oʻsimliklarning ildiz hosil qilib oʻsib chiqishiga oʻxshaydi. Guldagi metamorfoz tufayli piyozchalar (qoʻngʻirbosh) va tuganaklarni (tirik tugʻar grechixa) tez oʻsib chiqib oson toʻkilishi ham Vivipariya deyiladi. Bunday holat yashash muhiti juda noqulay boʻlgan qutb, baland togʻ va choʻl mintaqalarida uchraydi. Vivipariya oʻz mohiyatiga koʻra vegetativ koʻpayish hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil