Vladimir Dmitrievich Nabokov
Vladimir Dmitrievich Nabokov (ruscha: Влади́мир Дми́триевич Набо́ков; 1870 – 1922-yil 28-mart) – rus kriminologi, jurnalisti va Rossiya imperiyasining soʻnggi yillarida ilgʻor davlat arbobi. U rus-amerikalik yozuvchi Vladimir Nabokovning otasi edi.
Hayotning boshlangʻich davri
tahrirNabokov Tsarskoe Selo shahrida badavlat va aristokrat oilasida tugʻilgan. Uning otasi Dmitriy Nabokov (1827 – 1904) 1878-yildan 1885-yilgacha Aleksandr II davrida Adliya vaziri, onasi Mariya fon Korf (1842 – 1926) Kurlandiyada taniqli Boltiqbo'yi nemis oilasidan baronessa boʻlgan.
Sankt-Peterburg universitetida jinoyat huquqi boʻyicha oʻqigan. Imperial huquqshunoslik maktabida kriminologiyadan dars bergan.
Nabokov 1897-yilda Elena Ivanovna Rukavishnikovaga turmushga chiqadi, uning besh farzandi boʻlgan. Ularning toʻngʻich oʻgʻli yozuvchi va lepidopterist Vladimir Vladimirovich Nabokov boʻlib, u oʻz xotiralarida otasini tasvirlab bergan va oʻzining "Ochqin olov" romaniga otasining oʻlimini eslatuvchi notoʻgʻri yoʻnaltirilgan suiqasd sahnasini kiritgan. Qolgan bolalari Sergey (1900 – 1945), Kirill (1911 – 1964), Elena (1906 – 2000) va Olga (1903 – 1978) boʻlib, u yozuvchi Ayn Rendning bolalikdagi doʻsti edi[1].
Karyerasi
tahrir1904-yildan 1917-yilgacha liberal „Rech“ („Nutq“) gazetasining muharriri boʻlgan.
Konstitutsiyaviy-demokratik partiyaning (KD, „Kadetlar“) taniqli aʼzosi Nabokov Rossiya parlamenti – Birinchi Dumaga saylangan. U Rossiya imperiyasidagi yahudiylar huquqlarining eng ochiq himoyachisi boʻlgan, otasi Dmitriy Nabokov boshchiligidagi oilaviy anʼanani davom ettirgan. Podsho Aleksandr II davrida adliya vaziri sifatida antisemitizm choralarining qabul qilinishiga qarshilik qilgan[2]. Hamda oʻlim jazosi boʻyicha ishlar olib borgan[3]. U partiyaning „markazi“ bilan tanilgan va Birinchi Davlat Dumasi davrida yaʼni Rossiyaning ikkinchi inqilob davrida chap partiyalar bilan ishlash tarafdori boʻlib kelgan[4].
1917-yilda, fevral inqilobidan soʻng, Nabokov Buyuk Gertsog Mayklning taxtdan voz kechishi toʻgʻrisidagi hujjatni ishlab chiqishda yordam beradi. Shundan soʻng Nabokov Muvaqqat hukumat kotibi etib tayinlandi ammo, 1917-yilni dekabrida Muvaqqat hukumat bolsheviklar inqilobi tomonidan agʻdariladi, keyin esa u Sankt-Peterburgni tark etishga majbur boʻldi. 1918-yilda oilasi bilan Qrimga borib, Qrim mintaqaviy hukumatida adliya vaziri boʻlib ishlaydi. 1919-yilda Nabokovlar Angliyaga qochib ketishdi va keyinchalik Berlinga joylashishadi.
1920-yildan to vafotigacha Nabokov Rossiyada gʻarbparast demokratik hukumatni himoya qilishda davom etgan, rus muhojir gazetasi „Rul " („Rul“) muharriri boʻlib ishlagan.
Oʻlimi
tahrirNabokov 1922-yil 28-martda Berlindagi CD siyosiy konferensiyasida qatnashadi. Sud jarayonida Pyotr Shabelskiy-Bork va Sergey Taboritskiy chor madhiyasini kuylayotgan sahnaga yaqinlashib, soʻng liberal siyosatchi va noshir Pavel Milyukovga qarata oʻt ochadi. Bunga javoban Nabokov sahnadan sakrab tushadi va Shabelskiy-Bork bilan urishib ketishadi. Soʻngra esa Taboritskiy Nabokovga uch marta oʻq uzdi va uni bir zumda jarahotlab oʻldirdi. Milyukovniga qarata otilgan oʻq, uni yaralay olmadi ham.
Nabokov Berlin-Tegel rus pravoslav qabristoniga dafn etilgan.
Shaxsiy hayoti
tahrirNabokov Rossiya xalqlarining Buyuk Sharqi tartibsiz mason lojasining faol aʼzosi boʻlgan edi[5].
Yana qarang
tahrir- Brayan Boyd : Vladimir Nabokov: Rus yillari
- Vladimir Nabokov : Gapir, Xotira – ayniqsa 9-bob
Manbalar
tahrir- ↑ Heller, Anne C., Ayn Rand and the World She Made, 2009, Nan A. Talese, p. 26–27.
- ↑ Vladimir Nabokov: The Russian Years. Princeton University Press, 1990 — 24-bet. ISBN 0-7011-3700-2.
- ↑ Vladimir Nabokov: The Russian Years. Princeton University Press, 1990 — 34-bet. ISBN 0-7011-3700-2.
- ↑ Dragunoiu, Dana. Vladimir Nabokov and the Poetics of Liberalism. Northwestern University Press, 2011 — 19-bet.
- ↑ „Noteworthy members of the Grand Orient of France in Russia and the Supreme Council of the Grand Orient of Russia's People“. Grand Lodge of British Columbia and Yukon (2017-yil 15-oktyabr).