Vladimir Lisitsin
Vladimir Nikolayevich Lisitsin(1936-yil 8-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1993-yil 28-may, Novosibirsk, Rossiya) – sovet va rus olimi, fizika va matematika fanlari doktori, professor[1].
Vladimir Nikolayevich Lisitsin | |
---|---|
Tavalludi |
8-dekabr 1936-yil Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
28-may 1993-yil Novosibirsk, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Biografiyasi
tahrirVladimir Nikolayevich Lisitsin 1936-yil 8-dekabr kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand shahrida harbiy oilada tugʻilgan. 1937-yil Vladimiy Lisitsin va uning oilasi Novosibirskka koʻchib oʻtishdi. Koʻp oʻtmay, Vladimir Lisitsinning onasi vafot etgan. Vladimir Lisitsinni tarbiyalash uning ammmasi Galina Mixaylovnada qolgan edi. U Novosibirskdagi 42-sonli oʻrta maktabni tugatgach, Novosibirsk elektrotexnika institutining elektromexanika fakultetiga oʻqishga qabul qilindi. 1960-yilda institutni muvaffaqiyatli yakunladi. U oʻz ish faoliyatini Tyumen shahrida davom ettirdi. Tyumen avtomobil elektrotexnika zavodida mexanik lavozimida ish boshladi. 1962-yil elektrotexnika zavodi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Oʻsha paytda ishlab chiqarish va boshqaruv tajribasiga ega boʻlgach unda ilmiy sohaga boʻlgan qiziqishi orta bordi. Shundan soʻng, oʻzi tahsil olgan shahar Novosibirskka qaytdi. SSSR Fanlar akademiyasining Sibir filiali radiofizika va elektronika instituti rahbari lavozimida ish boshladi[2].
Vladimir Lisitsin 1963-yil Lyudmila Perestrono bilan turmush qurdi. Ularning 3 nafar farzandlari bor edi. Lekin 1973-yilga kelib, ular ajrashishadi.
1969-yil Vladimir Lisitsin „Rezonatorda gaz oʻtkazishni tadqiq qilish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U faoliyati davomida 130 dan ortiq matematika va fizikaga oid ilmiy maqolalar yozdi. 1983-yil Vladimir Lisitsin professor unvonini oldi. U 1993-yil 28-mayda Rossiya Federatsiyasidagi Novosibirsk shahrida vafot etadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Лисицын Владимир Николаевич“. narod.ru. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Лисицын Владимир Николаевич“. Qaraldi: 11-sentabr 2023-yil.