Vladimir Shapiro
Vladimir Mixaylovich Shapiro (1948-yil 25-fevralda Toshkentda tavallud topgan) — rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi, O‘zbekiston akademik rus drama teatrning sobiq badiiy rahbari, Oʻzbekiston sanʼat arbobi(2000). Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Xalqaro Qirollik Badiiy Akademiyasi akademigi(2006)[1].
Vladimir Shapiro | |
---|---|
Tavalludi |
25-fevral 1948-yil |
Vafoti |
19-mart 2021-yil (73 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Taʼlimi
tahrir1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutini, 1974-yildan 1979-yilgacha esa Leningrad teatr, musiqa va kinematografiya institutini tamomlagan[1].
Faoliyati
tahrirIjodiy faoliyatini 1965-yilda Toshkentdagi Maksim Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida aktyorlikdan boshlagan. 1984—1990-yillarda Sankt-Peterburgda N. P. Akimov nomidagi akademik komediya teatrida rejissyor boʻlib ish yuritgan. 1988—1989-yillar oraligʻida Maksim Gorkiy nomidagi Toshkent rus akademik drama teatrida bir qancha spektakllarni yaratdi. 1990–yilda ushbu teatrda badiiy rahbar, 1991–yildan esa teatr direktori lavozimida faoliyat yurita boshlagan. Shapiro „Bir yildan soʻng oʻsha kun“ (B. Sleyd), „Telba hayot“ (S. Zlotnikov), „Grafinya Yuliya“ (A. Strinberg), „Hamma narsa bogʻda“ (E.Olbi), „Buyuk afsungarlik“ (E. De Filippo), „Shapaloq yeydigan kishi“ (L. Andreyev), „Kal xonanda“ (E. Ionesko), „Jorj Danden“ (J. Molyer), „Mexmonxona bekasi“ (K. Goldoni), „Har toʻkisda bir ayb“ (A. Ostrovskiy), „Zoyaning uyi“ (M. Bulgakov) va boshqa asarlarni saxnalashtirgan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Vladimir, Shapiro „Honored art worker of Uzbekistan Vladimir Shapiro dies“. uzdaily.ru.
- ↑ "Shapiro Vladimir Mixaylovich" OʻzME. Sh-harfi (Wayback Machine saytida 2019-10-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |