Vohid Masudov
Vohid Masudov (qozoqcha: Вахид Юнусұлы Масудов, 10-oktyabr 1959-yil, Jambul) – sovet va qozoq sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida 1992-1996-yillarda oʻynagan. SSSR sport ustasi (1986). Murabbiylikda „A“ toifadagi litsenziyasiga ega[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vakhid Yunusuly Masudov | ||
Tavallud sanasi | 10-oktyabr 1959-yil | ||
Tavallud joyi | Jambul, Qozogʻiston SSR, Soviet Union | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1977–1978 | Ximik Jambul | ||
1978 | Xorazm | ||
1979 | Meliorator Qiziloʻrda | ||
1980–1989 | Qayrat Olma-Ota | 242 | (25) |
1990 | Terek Grozny | 33 | (13) |
1991–1992 | Qayrat Olma-Ota | 52 | (4) |
1993 | Dostyk Almaty | 24 | (5) |
1993–1994 | Preußen Hameln | 22 | (1) |
1994 | SC Göttingen 05 | ||
1994 | Aktyubinets | 15 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
1992–1996 | Qozogʻiston | 10 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
1990 | Terek Grozny (assistant) | ||
1991–1992 | Qayrat Olma-Ota (oʻyinchi murabbiy) | ||
1993 | Dostyk (player-manager) | ||
1994 | Aktyubinets (oʻyinchi murabbiy) | ||
1995 | Yelimay Semipalatinsk (oʻyinchi murabbiy) | ||
1996–1997 | Qayrat Olma-Ota (oʻyinchi murabbiy) | ||
1998 | Qayrat SSKA | ||
1999 | Taraz | ||
2000 | Shakhter Karagandy | ||
2001 | Qayrat | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Karyera
tahrir1977-yil professional faoliyatini „Ximik“ (Jambul) jamoasida debyut qildi.
Oradan bir yil oʻtib Xonqaning „Xorazm“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va unga Xorazm jamoasiga oʻtishni sobiq „Ximik“ futbolchisi Kristofer Kaskinidi tavsiya qildi. 1978-yil kuzida Jambulga qaytib, u harbiy xizmatga chaqiruv qogʻozini oldi va Qiziloʻrdaning „Orbita“ jamoasiga xizmat qilish uchun ketdi.
1980-yilda "Qayrat" ustozi Igor Semyonovich Volchok uni oʻzining jamoasi taklif qildi va u Olma-Otada jamoasining kelajakdagi muhim futbolchilaridan biriga aylanishini aytdi. 1980-yil 7-aprelda Masudov „Qayrat“ safida SSSR oliy ligasida "Dinamo" Tbilisiga qarshi oʻyinda debyut qildi[2]. 1980-yilgi mavsumning ikkinchi bosqichida u klubning asosiy oʻyinchiga aylandi. U jamoaning yetakchisi va sardori edi.
1990-yilda u „Terek“ uchun bir mavsumni oʻtkazdi. 1991-yilda u yana 2 mavsum davomida „Qayrat“ ga qaytdi[3].
1992-yil 1-iyunda „Qozogʻiston“ terma jamoasi safida Markaziy Osiyo kubogi turniri doirasida „Turkmaniston“ terma jamoasiga qarshi oʻz debyut oʻyinini oʻtkazgan[4][5]. U terma jamoada jami 10 ta oʻyin oʻtkazgan, terma jamoa sardori boʻlgan.
1993-yilda „Doʻst Olmaota“ klubida oʻynagan, 1993-yil kuzida Germaniyaning „Oberliga“ klubi „Preussen 07 Hameln“da oʻynash uchun Germaniyaga ketgan. U Germaniyaning „Göttingen 05“ klubida ham oʻynagan[6][7].
Germaniyadan qaytgach, „Aktobenets“ klubida oʻyinchi murabbiy boʻldi. 1995-yilda „Elimai“ jamoasi safida ham oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
tahrir1996-yildan murabbiylik faoliyatini boshladi. U „Qayrat“ jamoasini boshqardi, bir vaqtning oʻzida oʻyinchi murabbiy sifatida maydonga tushdi. 1999-yilgi mavsum oxirida u jamoani tark etdi. 1999-yil avgustidan 2000-yil mayigacha „Taraz“ klubini boshqargan. 2000-yilning iyulidan dekabrigacha Qaragʻandaning „Shaxtyor-Ispat-Karmet“ klubini boshqargan.
2001-yilda u Qayratga qaytib keldi va u yerda faqat avgust oyigacha qoldi. 2001—2002 yillarda Qozogʻiston terma jamoasini boshqargan. 2002-yilda „Vostok-Oltin“ jamoasini boshqargan. 2003-yil iyun-iyul – „Aktobe-Lento“ jamoasida murabbiy[8]. 2004-yilda „Jetisu“ klubida ishlagan[9]. 2005—2006-yillarda Qaragʻandaning „Shaxtyor“ jamoasi boshqargan. 2007—2008-yillarda „Qayrat“ klubini boshqargan.
2009-yil Astananing „Lokomotiv“ murabbiyi bo'lib ishlagan. Fevral oyida, jamoa bilan bir necha oylik ishlagandan soʻng, Qozogʻiston chempionati boshlanishiga bir hafta qolganda, u oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqish haqida xat yozgan[10]. 2009-yilning mart oyida u „Atirau“ klubini boshqargan. Tez orada u jamoa bilan birgalikda 2009-yilgi Qozogʻiston kubogi sohibiga aylandi. 2010-yilning mart oyida Qozogʻiston Superkubogi uchun „Aktobe“ bilan oʻyin oldidan u jamoa bilan shartnoma bekor qilinib jamoadan ketgan[11]. 2010-yilda u „Vostok“ 1-ligasi jamoasini boshqarib, uni Premer-ligaga olib chiqdi. 2011-yilning may oyida 10-turdan soʻng oilaviy sabablarga koʻra (xotinining kasalligi) jamoani tark etdi[12]. 2012-yilning avgust oyida u Olmaotaning „Qayrat“ jamoasi murabbiylar shtabiga qoʻshildi[13]. 2013-yildan 2015-yilgacha u mavsum davomida „Ordabasi“, „Astana-1964“ va „SSKA“ klublarini boshqargan.
2016-yilning fevral oyidan Qozogʻiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi[14]. 2016-yildan 2017-yilgacha „Ural Akjayik“ bosh murabbiyi boʻlgan[15][16]. 2018-yilning yanvarida Maʼsudov „Atirau“ bosh murabbiyi etib tayinlangan, biroq dastlabki toʻrtta magʻlubiyatdan soʻng, aprel oyida isteʼfoga chiqarilgandi[17]. 2019-yil „Taraz“ [18][19] 2021-yilning yanvaridan iyuniga qadar „Maktaoral“ ustozi[20][21] sifatida murabbiylik faoliyatini olib bordi. 2021-yil iyun-iyul – "Aktobe" jamoasini boshqargan[22][23]. 2022-yilning yanvaridan „Qozogʻiston U19“ yoshlar jamoasi murabbiyi[24], 2022-yilning iyunidan 2023-yilning yanvarigacha Qaragʻandaning „Shaxtyor“ klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan[25][26].
Manbalar
tahrir- ↑ „Вахид Масудов получил категорию "А"“ (ru). olympic.kz (2022-yil 25-noyabr). 2010-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „ВАХИД МАСУДОВУ– 60 ЛЕТ!“ (ru). kff.kz (2019-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов: "Футбол - это книга, которую в разном возрасте понимаешь по разному"“ (ru). kaz-football.kz (2011-yil 22-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „ВАХИД МАСУДОВУ– 60 ЛЕТ!“ (ru). kff.kz (2019-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Дивизион Вахида Масудова пройдет в Казахстане“ (ru). dfl.org.ru (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „В футболе, как в жизни, национальность значения не имеет“ (ru). sports.kz (2014-yil 16-aprel). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов: раньше футбол был религией“ (ru). businessfm.kz (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Официально: Вахид Масудов – главный тренер "Актобе"“ (ru). kazfootball.kz (2021-yil 7-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов возглавил талдыкорганский "Жетысу"“ (ru). caravan.kz (2004-yil 25-may). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „"Локомотив" без тренера“ (ru). uefa.com (2009-yil 1-may). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „В команде "Атырау" сменился тренер“ (ru). diapazon.kz (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов покинул "Восток"“ (ru). sports.kz (2011-yil 10-may). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов стал тренером "Кайрата"“ (ru). vesti.kz (2012-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов назначен старшим тренером молодежной сборной Казахстана“ (ru). kff.kz (2016-yil 22-fevral). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов назначен главным тренером ФК "Акжайык"“ (ru). prosportkz.kz (2016-yil 23-iyul). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов покинул "Акжайык"“ (ru). kazfootball.kz (2017-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов покинул "Атырау"“ (ru). kazfootball.kz (2018-yil 9-aprel). 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-yanvar.
- ↑ „Вахид Масудов назначен главным тренером ФК "Тараз"“ (ru). inform.kz (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Официально: Вахид Масудов покинул "Тараз"“ (ru). kazfootball.kz (2019-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
- ↑ „Масудов назначен главным тренером "Мактаарала"“ (ru). sports.ru (2021-yil 5-fevral).
- ↑ „Вахид Масудов покинул "Мактаарал" и отправился в "Актобе"“ (ru). kazfootball.kz (2021-yil 6-iyul).
- ↑ „Вахид Масудов возглавил "Актобе"“ (ru). vesti.kz (2021-yil 7-iyun).
- ↑ „Масудов покинул "Актобе", проработав в клубе 1,5 месяца“ (ru). .sports.ru (2021-yil 26-iyul).
- ↑ „ОФИЦИАЛЬНО: ВАХИД МАСУДОВ – ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР ЮНОШЕСКОЙ СБОРНОЙ КАЗАХСТАНА U-19“ (ru) (2022-yil 25-yanvar).
- ↑ „ВАХИД МАСУДОВ — ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР ФК "ШАХТЕР"“ (ru). shakhter.kz (2022-yil 28-iyun).
- ↑ „Манзорро покинул "Астану", "Актобе" продлил контракт с одним из капитанов, а в "Шахтере" новый главный тренер“ (ru). prosports.kz (2023-yil 19-yanvar).
Havolalar
tahrir- Lyakhov.kz Qayrat jamoasi 2008 yil (Wayback Machine saytida 2008-06-12 sanasida arxivlangan) (ruscha)
- Vohid Masudov FootballFacts.ru saytida (ruscha) </img>