Voltommetr
Voltommetr — tok zanjiridagi kuchlanish va qarshilikni oʻlchaydigan elektr asbobi; voltmetr va ommetrdan iborat. Voltommetrlar oʻzgarmas tok zanjirida qoʻllanadi. Toʻgʻrilagich voltommetrlar universal asbob boʻlib, oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjiridagi kuchlanishni, oʻzgarmas tok zanjiridagi qarshilikni oʻlchaydi. U oʻlchash mexanizmi, yarimoʻtkazgichli toʻgʻrilagich va qoʻshimcha rezistorlardan iborat. Universal voltommetrlarning zamonaviy variantlari mikroelektron sxemalar asosida yaratilmoqda. Ular ancha ixchamligi va puxtaligi bilan lampali va tranzistorli oʻlchov asboblaridan ajralib turadi. Ularni ishlatish ancha qulay va oson. Voltommetrlar elektr energiyasi ishlatiladigan joylarda, kuchlanish va qarshilikni oʻlchash va kuzatib turish zarur boʻlgan lab., sexlar va elektr ustaxonalarida qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |