Walter Zenga

italiyalik futbol sobiq futbolchi va murabbiy

Walter Zenga (talaffuzi: Valter Dzenga; 1960-yil 28-aprelda tugʻilgan) — italiyalik futbol murabbiyi. Inter Milan klubi va Italiya terma jamoasida uzoq vaqt davomida darvozabon sifatida harakat qilgan. Zenga oʻzining futbolchilik faoliyati davomida 1984-yilgi Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan olimpiadada terma jamoasi bilan birgalikda toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 1990-yilda Italiyada boʻlib oʻtgan FIFA Jahon kubogi turnirida uchinchi oʻrinni egallagan[2]. IFFHS dunyoning eng yaxshi darvozaboni mukofotining uch karra sohibi ekspertlar tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[3]. 2013-yilda IFFHS tomonidan oʻtkazilgan chorak asrning sakkizinchi eng yaxshi darvozaboni deb topilgan[4]. 2000-yilda xuddi shu tashkilot tomonidan oʻtkazilgan "100 yillikning eng yaxshi darvozaboni" soʻrovnomasida 20-oʻrinda qayd etilgan[5].

Walter Zenga
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Walter Zenga[1]
Tavallud sanasi 28-aprel 1960-yil (1960-04-28) (64 yosh)
Tavallud joyi Milan, Italiya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1969—1971 Macallesi 1927
1971—1978 Inter Milan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1978—1994 Inter Milan 328 (0)
1978—1979Salernitana (ijarada) 3 (0)
1979—1980Savona (ijarada) 23 (0)
1980—1982Sambenedettese (ijarada) 67 (0)
1994—1996 Sampdoria 41 (0)
1996—1997 Padova 21 (0)
1997—1999 New England Revolution 47 (0)
Milliy terma jamoa
1984—1986 ItaliyaU21 15 (0)
1987—1992 Italiya 58 (0)
Boshqargan klublari
1998—1999 New England Revolution
2000—2001 Brera
2002—2003 Naţional București
2004—2005 FCSB
2005—2006 Red Star Belgrade
2006 Gaziantepspor
2007 Al-Ain
2007 Dinamo București
2008—2009 Catania
2009—2010 Palermo
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Zenga futbolchi sifatida faoliyatini tamomlagandan soʻng, qisqa vaqt ichida italyan seriallarida aktyor va Italiya televideniyesida ekspert sifatida ishlashga muvaffaq boʻldi. U 1998-yildan murabbiy sifatida ishlay boshlagan hamda AQSH, Italiya, Turkiya, Ruminiya, Serbiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari va Angliya kabi davlatlarda bir qancha klublarini boshqargan.

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha uchrashuvlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Mintaqaviy Boshqa1 Umumiy
Division Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Inter Milan 1977-78 Serie A 0 0 - - - 0 0
Salernitana 1978-79 Serie C1 3 0 - - - 3 0
Savona 1979-80 Serie C2 23 0 - - - 23 0
Sambenedettese 1980-81 Serie C1 33 0 - - - 33 0
1981-82 Serie B 34 0 4 0 - - 38 0
Jami 67 0 4 0 - - 71 0
Inter Milan 1982-83 Serie A 0 0 5 0 0 0 - 5 0
1983-84 30 0 5 0 6 0 - 41 0
1984-85 25 0 10 0 8 0 - 43 0
1985-86 30 0 4 0 10 0 - 44 0
1986-87 29 0 9 0 8 0 - 46 0
1987-88 26 0 11 0 6 0 - 43 0
1988-89 33 0 5 0 5 0 - 43 0
1989-90 31 0 4 0 2 0 1 0 38 0
1990-91 32 0 4 0 12 0 - 48 0
1991-92 31 0 6 0 2 0 - 39 0
1992-93 29 0 5 0 - - 34 0
1993-94 32 0 5 0 12 0 - 49 0
Jami 328 0 73 0 71 0 1 0 473 0
Sampdoria 1994-95 Serie A 34 0 4 0 8 0 1 0 47 0
1995-96 7 0 - - - 7 0
Jami 41 0 4 0 8 0 1 0 54 0
Padova 1996-97 Serie B 21 0 1 0 - - 22 0
New England Revolution 1997 Major League Soccer 22 0 - - 2 0 24 0
1998 0 0 - - - 0 0
1999 25 0 - - - 25 0
Jami 47 0 - - 2 0 49 0
Umumiy 530 0 82 0 79 0 4 0 695 0

Boshqaruv uslubi

tahrir

Zenga murabbiy sifatida odatda oʻz jamoalari bilan „toʻrt kishilik orqa chiziq“ sxemasidan foydalanadi. Shu bilan birga oʻz faoliyati davomida yarim himoya va hujumda bir nechta turli taktik tizimlar va tuzilmalardan foydalangan[6].

Shaxsiy hayoti

tahrir

ning dastlabki ikki nikohidan uchta farzandi, jumladan, Elvira Carfagna bilan turmushidan Jacopo ismli oʻgʻli („Inter“ va „Genoa“ yoshlar jamoasidan keyin, hozirda D Seriyada toʻp tepmoqda). Ikkinchi turmushi hisoblanmish televideniye xodimi Roberta Termalidan Nicolò va Andrea ismli ikkita nafar oʻgʻil farzandi bor[7]. Zenga 2005-yilda 23 yoshli ruminiyalik ayol Raluca Rebedeaga uylangan[8]. Raluca 2009-yil 19-noyabrda Samira Valentina ismli qiz farzandni dunyoga keltirdi[9].

2010-yil aprel oyida Zenga Ruminiya fuqaroligini olmoqchi ekanligini taʼkidlagan[10]. Sobiq sportchi ushbu maqomga 2012-yilning aprelida ega chiqadi[11].

Manbalar

tahrir
  1. „Comunicato Ufficiale N. 192“ [Official Press Release No. 192]. Lega Serie A (20-mart 2018-yil). 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2020-yil.
  2. „Internazionale: Serie A alternative club guide“. The Guardian (5-iyun 2014-yil). Qaraldi: 6-iyun 2014-yil.
  3. „Legend of Calcio: Walter Zenga“ (13-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2014-yil.
  4. „Iffhs, Buffon miglior n.1 ultimi 25 anni“ (italyancha) (17-yanvar 2013-yil). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
  5. Karel Stokkermans. „IFFHS' Century Elections: World – Keeper of the Century“. RSSSF (30-yanvar 2000-yil). Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
  6. Prestigiacomp, Dario; Tripi, Valerio. „Ecco tutti i moduli di Zenga per l' operazione Champions“ (italyancha). La Repubblica (18-iyun 2009-yil). Qaraldi: 5-iyun 2020-yil.
  7. „La nuova sfida di Zenga: a Bucarest per rinascere“ (italyancha). La Gazzetta dello Sport (25-iyul 2002-yil). Qaraldi: 8-iyun 2009-yil.
  8. „Zenga cuore diviso in due“ (italyancha). La Gazzetta dello Sport (22-aprel 2008-yil). Qaraldi: 8-iyun 2009-yil.
  9. „Raluca si Walter Zenga au devenit parinti“ (rumincha). Time4News. 9-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Gigi a fost eclipsat de Zenga“ (rumincha). Gazeta Sporturilor.
  11. „Zenga a povestit peripeţiile din România!“ (rumincha). Click.ro (3-aprel 2012-yil). Qaraldi: 21-iyun 2012-yil.