Wayne Michael Bridge (5-avgust, 1980-yil) – angliyalik sobiq professional futbolchi va chap qanot himoyachisi.

Wayne Bridge
Wayne Bridge 2008-yil Chelsea tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wayne Michael Bridge[1]
Tavallud sanasi 5-avgust 1980-yil (1980-08-05) (44 yosh)[1]
Tavallud joyi Southampton, Angliya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi O'ng qanot himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Olivers Battery
1996–1998 Southampton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998–2003 Southampton 151 (2)
2003–2009 Chelsea 87 (1)
2006 →Fulham (ijara) 12 (0)
2009–2013 Manchester City 42 (0)
2011 →West Ham United (ijara) 15 (0)
2012 →Sunderland (ijara) 8 (0)
2012–2013 →Brighton & Hove Albion (ijara) 37 (3)
2013–2014 Reading 12 (0)
Milliy terma jamoa
1998–1999 Angliya U-18 3 (0)
1999–2001 Angliya U-21 8 (0)
2002–2009 Angliya milliy terma jamoasi 36 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Southampton akademiyasini bitirgandan soʻng, u 1998-yilda Southhampton klubida debyut qilgan va Chelsea klubi safiga qoʻshilguncha 150 marta maydonga tushgan. Stamford Bridgedagi olti yillik faoliyati davomida 3 marotaba mahalliy chempionatlarda gʻolib boʻlgan. U, shuningdek, 2009-yilda Manchester Cityga qoʻshilishdan oldin Fulham jamoasi tarkibida ijarada toʻp surgan. Manchester City klubi safida toʻrt mavsum davomida qoldi, ammo oxirgi ikkala mavsumlarini West Ham va Sunderland jamoalarida ijaraga oʻtkazgan. 2012—2013-yillarda Brighton & Hove Albion bilan Chempionshipda ishtirok etgan. U 2014-yilda Reading klubi bilan oʻtkazgan bir mavsumdan soʻng faoliyatini tugatdi.

Bridge 2002-yildan 2009-yilgacha Angliya milliy jamoasida 36 marta maydonga tushgan va FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionati 2004 turnirlarida ishtirok etgan.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Southampton

tahrir

Olivers Battery FC uchun oʻynayotganda uni Mikki Adams koʻrgan va 1996-yil iyul oyida uni Southampton klubiga tavsiya qilgan[2]. U 1997-yil 13-avgustda Portsmouth qarshi markaziy hujumchi sifatida zaxira jamoada debyut qilgan va 1998-yil yanvar oyida professional futboldagi debyutini qilgan[3][4].

Bridge 1998-yil 16-avgustda (1998—99-yilgi mavsumning 1-turida) Jon Beresford oʻrniga zaxiradan maydonga tushib Angliya Premier ligasida debut qildi[5]. U birinchi mavsumda, Southampton safida 15ta oʻyinda asosiy tarkibda boshlagan[6].

Oʻzining besh yillik faoliyati davomida umumiy 173 ta oʻyin oʻtkazgan hamda Wimbledon[7] va Bolton Wanderersga qarshi ikkita gol urgan[8].

Chelsea

tahrir

Bridge 2003-yil iyul oyida 7 million funt funtlik pul va Graeme Le Saux evaziga Chelsea klubiga oʻtdi[9].

Bridge 2004-05-yilgi mavsumni yangi murabbiy José Mourinho ostida muntazam oʻynashni boshlagan[10]. Chelsea u asosiy tarkibda yoʻqligida Premyer Liqada gʻalaba qozongan, lekin Bridge oltin medalni olish uchun yetarlicha oʻyin(15 marta) oʻtkazgan[11].

Manchester City

tahrir
 
Bridge 2010-yil 27-fevral kuni Chelsega qarshi oʻyin boshlanishida John Terry bilan qoʻl berib koʻrishishdan bosh tortadi.

2009-yil 2-yanvarda, Bridge £10 million evaziga Manchester City klubi safiga koʻchib oʻtgan[12]. U klub safida 25-raqamda toʻp suradi. 2009-10-yilgi mavsumda, raqamini 3 ga oʻtkazadi.

West Ham United (ijara)

tahrir
 
Bridge West Ham safida

2011-yil 12-yanvar kuni Bridge West Ham United klubi safiga mavsum oxirigacha ijaraga qoʻshilgan[13]. Bridge ijara muddati tugashidan oldin West Ham uchun barcha musobaqalarda 18 ta oʻyin oʻtkazgan[14].

Sunderland (ijara)

tahrir

2012-yil 31-yanvarda, Bridge 2011-12-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi bilan Sunderland qoʻshilganligi eʼlon qilindi[15].

Brighton & Hove Albion (ijara)

tahrir

2012-yil 6-iyul kuni Bridge „Brighton & Hove Albion“ klubiga mavsum davomida ijara asosida qoʻshilishi tasdiqlandi[16].

Reading va faoliyatini tugatishi

tahrir

2013-yil iyun oyida Bridge bir yillik shartnoma imzolagan[17][18].

2014-yil 6-may kuni Bridge klub uchun bir mavsum oʻynagandan soʻng, 12 oʻyin oʻtkazadi va keyinchalik professional futboldagi faoliyatini tugatadi[19][20].

Futbolchining statistikasi

tahrir
Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha statistikasi[21]
Klub Mavsum Liga Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Sauthampton 1998–99 Premyer Liga 23 0 24 0
1999–2000 Premyer Liga 18 1 22 1
2000–01 Premyer Liga 38 0 45 0
2001–02 Premyer Liga 38 0 42 0
2002–03 Premyer Liga 34 1 40 1
Umumiy 151 2 173 2
Chelsea 2003–04 Premyer Liga 33 1 48 3
2004–05 Premyer Liga 15 0 25 0
2005–06 Premyer Liga 0 0 2 0
2006–07 Premyer Liga 22 0 33 1
2007–08 Premyer Liga 11 0 22 0
2008–09 Premyer Liga 6 0 12 0
Umumiy 87 1 142 4
Fulham (ijara) 2005–06 Premyer Liga 12 0 12 0
Manchester Siti 2008–09 Premyer Liga 16 0 22 0
2009–10 Premyer Liga 23 0 28 0
2010–11 Premyer Liga 3 0 7 0
2011–12 Premyer Liga 0 0 1 0
Umumiy 42 0 58 0
West Ham United (ijara) 2010–11 Premyer Liga 15 0 18 0
Sunderland (ijara) 2011–12 Premyer Liga 8 0 10 0
Brighton & Hove Albion (ijara) 2012–13 Chempionship 37 3 42 3
Reading 2013–14 Chemponship 12 0 12 0
Karyerasi jami 364 6 467 9

Xalqaro

tahrir
Milliy jamoadagi statistikasi[22]
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gol
Angliya 2002 9 0
2003 6 0
2004 5 1
2005 1 0
2006 3 0
2007 3 0
2008 5 0
2009 4 0
Umumiy 36 1

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „2006 FIFA World Cup Germany List of Players“. FIFA. 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Shaw, Steve. „Port Vale: Fresh start for players, says Adams“. The Sentinel (2009-yil 9-iyun). 2012-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-iyun.
  3. In That Number — 466-bet. 
  4. Duncan Holley & Gary Chalk. In That Number – A post-war chronicle of Southampton FC. Hagiology Publishing, 2003 — 488-bet. ISBN 0-9534474-3-X. 
  5. In That Number — 256-bet. 
  6. In That Number — 259-bet. 
  7. „Dons down as Bradford survive“. BBC Sport (2000-yil 14-may). Qaraldi: 2009-yil 29-dekabr.
  8. „Djorkaeff spares Bolton's blushes“. BBC Sport (2002-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 29-dekabr.
  9. „Factfile : Wayne Bridge“. superengland.com. 2007-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-sentyabr.
  10. „Chelsea are caught cold by Kluivert and injuries“. BBC Sport (2005-yil 21-fevral). Qaraldi: 2013-yil 17-dekabr.
  11. „Games played by Wayne Bridge in 2004/2005“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2013-yil 17-dekabr.
  12. „Bridge seals transfer to Man City“. BBC Sport (2009-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2009-yil 8-dekabr.
  13. „Bridge delighted to sign“. West Ham United FC (2011-yil 12-yanvar). 2011-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-yanvar.
  14. „Games played by Wayne Bridge in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 15-avgust.
  15. „O'Neill ties up Bridge deal“. Sunderland A.F.C. (2012-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 31-yanvar.
  16. „Wayne Bridge joins Brighton from Man City on a season-long loan“. BBC Sport. Qaraldi: 2012-yil 6-iyul.
  17. Percy, John. „Harry Redknapp left furious after Queens Park Rangers' bid for free agent Wayne Bridge is hijacked by Reading“. The Daily Telegraph (2013-yil 6-iyun). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-iyun.
  18. „Bridge to sign for the Royals“. Reading F.C. (2013-yil 7-iyun). Qaraldi: 2013-yil 7-iyun.
  19. „Jobi, Mikele & Kaspars to move on“. Reading F.C. (2014-yil 6-may). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  20. „Wayne Bridge: Ex-England left-back announces retirement“. BBC Sport (2014-yil 6-may). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  21. „Wayne Bridge“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 13-aprel.
  22. „Wayne Bridge“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2011-yil 5-mart.

Havolalar

tahrir

[Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari]]