Wendy's
Wendy's (soʻzma-soʻz – „Vendida“; talaffuzi: Vendis) – AQShning The Wendy's Companyga tegishli tezkor ovqatlanish restoranlari tarmogʻi. Kompaniyaning bosh qarorgohi Dublinda (Ogayo shtati) joylashgan.
Turi | shoʻba korxona |
---|---|
Tarmogʻi | restoran |
Egasi | The Wendy's Company |
Qachon asos solingan |
15-noyabr, 1969-yil Columbus, AQSh |
Joylashuvi | Dave Thomas bulvari 1-uy |
Asoschi(lari) | Dave Thomas |
Rahbariyat |
Todd A. Penegor (prezident, CEO) Carl Loredo (CMO) |
Mahsulot(lar)i | |
Vebsayti | wendys.com |
Tarmoq butun dunyo boʻylab franshiza asosida ochilgan 6207 ta restoranga ega (2017-yil yanvar oyi maʼlumotlari), restoranlarning 77 foizi Shimoliy Amerikada joylashgan, Burger King, Subway va McDonald's tarmoqlarining asosiy raqobatchisi hisoblanadi.
Wendy's restoranlari 10 turdagi mol goʻshtli va 9 turdagi tovuq goʻshtli burgerlar, bir nechta turdagi qovurilgan kartoshka, pishirilgan kartoshka, 5 turdagi salat, „Chili“ hamda 30 ga yaqin shirinliklar va ichimliklarni oʻz ichiga olgan mahsulotlar sotadi. Bundan tashqari, har mavsumda assortiment yangilanadi.
Wendy's’ga kelgach, tashrif buyuruvchi shaxsiy xohish-istaklariga qarab burger uchun masalliq buyurishi mumkin – bu yerda tayyor burgerlar sotilmaydi, yemak har bir tashrif buyuruvchi buyurtma berilgandan soʻng alohida tayyorlanadi.