Wesleyan universiteti
Wesleyan universiteti Connecticut shtatining Middletown shahridagi xususiy universitetidir. Universitet 1831-yilda Metodist Yepiskop cherkovi homiyligida erkaklar kolleji sifatida tashkil etilgan. Kollej metodizm asoschisi John Wesley nomi bilan atalgan Middletowndagi birinchi oliy taʼlim muassasasi edi. Hozirgi kunda u dunyoviy universitet hisoblanadi.
Turi | xususiy universitet |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1831-yil |
Prezidenti | Michael S. Roth |
Talabalari | 3,053 (2020-yil kuzida) |
Bakalavriat | 2,852 (2020-yil kuzida) |
Magistratura | 201 (2020-yil kuzida) |
Akademiklari | 430 (2020-yil kuzida) |
Manzili |
, Middletown, Connecticut , AQSh |
Kampusi | Shaharda |
Veb-sayti | wesleyan.edu |
Kollej 1872-yildan 1909-yilgacha ayol abituriyentlarni oʻqishga qabul qildi, ammo 1970-yilgacha toʻliq qoʻshma taʼlimga oʻtmadi. Toʻliq qoʻshma taʼlim oldidan Wesleyan kolleji bitiruvchilari va ayollar taʼlimining boshqa tarafdorlari 1912-yilda ayollar uchun Connecticut kollejini tashkil etishdi[1][2].
Tarixi
tahrirWesleyan universitetining tarixi haqida uchta asar nashr etilgan: „Wesleyanʼs First Century“ (1932) Carl F. Price, „Wesleyan University“, 1831-1910: "Collegiate Enterprise in New England" (1999) va „Wesleyan University“ (1910—1970), "Academic Ambition and Middle-Class America" (2015) asarlarining ikkalasi ham Devid B. Potts tomonidan yozilgan. Wesleyan universiteti tashkil etilishidan oldin, bu yerda kapitan Alden Partridge tomonidan tashkil etilgan harbiy akademiya mavjud boʻlgan. Ushbu akademiya muvaffaqiyatsizlikka uchragach, New England metodistlari uni sotib olib, ilmiy muassasaga aylantirdilar. Wesleyan 1831-yilda metodistlar konferensiyasi tomonidan faqat erkaklardan iborat metodistlar kolleji sifatida tashkil etilgan. Uni birinchi prezidenti Willbur Fisk boshqargan. Nomiga qaramay, Wesleyan hech qachon toʻliq diniy seminariya boʻlmagan, ammo u oʻquv dasturi va kampus diniy hayotida kuchli metodist taʼsiriga ega edi. Wesleyan rivojlanishining boshida maʼmuriyat jihatdan oʻzining ilmiy manfaatlarini oldingi Alden Partridge harbiy akademiyasidan oʻtgan xodimlar va talabalar manfaatlari bilan muvozanatlashi kerak edi. Shunga qaramay, u oʻzining dastlabki tarixi davomida taʼlim taraqqiyotida yetakchi boʻlib qoldi. 1870 va 1880-yillarda Wesleyan oʻzining maktabdan tashqari ijodiy izlanishlari, ayniqsa musiqa va yozuvchilik sohasida mintaqaviy obroʻ qozona boshladi.
Universitet hajmi jihatidan taqqoslanadigan muassasalardan koʻra kattaroq kutubxona fondiga ega. Wesleyan talabalar jamoasi 1910-yilda 300 ga yaqin edi[4]. 1960-yilda bu koʻrsatkich 800 taga yetdi.
1872-yilda universitet oz sonli qiz talabalarni qabul qilish orqali qoʻshma taʼlim olishga uringan birinchi AQSh kollejlaridan biri boʻldi.1909-yilda Vasiylar kengashi kollej oʻzining erkak qiyofasini yoʻqotib borayotganidan va ayollar kollejni tugatgandan soʻng erkaklar kabi moliyaviy yordam bera olmasligidan qoʻrqib, ayollarni bakalavr sifatida qabul qilishni toʻxtatish uchun ovoz berdi[5]. Bu xavotirni hisobga olgan holda, Wesleyan ayollarni qabul qilishni toʻxtatdi. 1912-yildan 1970-yilgacha Wesleyan yana erkaklar kolleji sifatida faoliyat yuritdi.
Wesleyan 1937-yilda metodist cherkovi taʼsiridan mustaqil boʻldi. 2000-yilda universitet tarixiy metodistlar sayti sifatida belgilandi[6].
1950-yillarning oxiridan boshlab prezident Victor Lloyd Batterfild[7] universitetni qayta tashkil etish boʻyicha ulkan dasturni boshladi. Dasturga binoan, universitet bakalavriat taʼlimi va markazlashtirilgan magistraturaga ega boʻlgan yettita kichik turar joy kollejiga boʻlinadi. Doktorlik dasturlari va Ilgʻor tadqiqotlar markazi (keyinchalik Gumanitar fanlar markazi deb oʻzgartirildi) ushbu qayta tashkil etish tarkibiga kiritildi[8].
Ushbu tizim ostida boshlangan qurilish dasturi Foss Hillda uchta turar-joy kollejini (Foss Hill yotoqxonalari), undan keyin yana uchta turar joy kollejini (hozirda Butterfield kollejlari deb ataladigan Lawn Avenue yotoqxonalari) yaratdi. Tuzilmalar qurilgan boʻlsa-da, taklif qilingan oʻquv dasturlaridan faqat toʻrttasi amalga oshirildi. Ulardan ikkitasi (Adabiyot kolleji va Ijtimoiy fanlar kolleji) bugungi kunda davom etmoqda[9]. 1960-yilga kelib, Wesleyan Amerikadagi har qanday kollej yoki universitetning har bir talaba uchun eng katta jamgʻarmasiga ega edi[10].
Universitet dekanlarining nomlari Jacques Stainbergning 2002-yilda chop etilgan „Gatekeepers: Inside The Admissions Process of a Premer College“ kitobida keltirilgan. 2007-yilning kuz semestrida Wesleyann universitetiinng 1978 -il bitiruvchisi va Kaliforniya sanʼat kollejining sobiq prezidenti Michael S. Roth universitetning 16-prezidenti lavozimini egalladi.
Kampus
tahrirWesleyan universiteti kampusi 360 akr maydonni egallaydi. Universitet kampusida 340 dan ortiq binolar, jumladan Olin memorial kutubxonasi, Andrus jamoatchilik bilan aloqalar markazi, Exley ilmiy markazi, Shanklin va Hall-Atwater laboratoriyalari, Van Vleck rasadxonasi, Beckhem Hall bilan Fayerweather, Russell House binosi, Milliy tarixiy yodgorliklar binosi, Allbritton markazi, Butterfield yotoqxonalari, Fauver Field yotoqxonalari va 11ta binodan iborat Sanʼat markazi majmuasi joylashgan.
Wesleyan universiteti 1831-yilda tashkil etilganida 1825-yilda qurilgan ikkita bino (Shimoliy va Janubiy kollej binolari) kampusini egallab oldi. Bu binolar dastlab Middletown shahri tomonidan kapitan Partridge foydalanishi uchun qurilgan. 1829-yilda Connecticut qonun chiqaruvchi organi „Kollej diplomlarini berish toʻgʻrisida“gi nizomni rad etganidan soʻng, kapitan Alden Partridge oʻz akademiyasini Vermont shtatining Nortfield shahriga koʻchirdi. Akademiya keyinchalik Norwich universitetiga aylandi va Middletown binolari Wesleyan universiteti tomonidan sotib olindi. Janubiy kollej dastlab litsey deb atalgan. Shimoliy kollej esa kazarma deb atalgan[11].
Ushbu binolar Connecticut shtatining Portland shahridan olib kelingan jigarrang qumtoshdan qurilgan. „Kazarma“ toʻrt qavatli, uzunligi 150 fut va kengligi 52 fut boʻlib, katta chodir va podvaldan iborat. „Litsey“ kazarmadan 20 fut janubda joylashgan.Litsey uch qavatli bibo boʻlib, yertoʻlasi yerdan qisman yuqorida joylashgan edi. Binoning old tomonida 14 × 16 fut va balandligi 73 fut boʻlgan minora bor edi. Podvalda arsenal va laboratoriya, birinchi va ikkinchi qavatlarida esa sinf xonalari joylashgan. „Litsey zali“ deb nomlangan uchinchi qavat cherkov xonasi boʻlib, jamoat xizmatlari uchun ishlatilgan[12].
Soʻnggi yillarda qurilgan yangi binolarga Freeman atletic markazi (50 m suzish havzasi, xokkey uchun Spurrier-Snayder Rink, 1200 oʻrinli Silloway gimnaziyasi), Andersen fitnes markazi va sakkizta kortli Rosenbaum Squash markazi, Kino tadqiqotlari markazi va Fisk Hall va Russell House oʻrtasidagi High Streetning sharqiy tomonida ingliz, roman tillari, adabiyot kolleji, klassik tadqiqotlar, falsafa, san'at va sanʼat tarixi boʻlimlarini oʻz ichiga olgan Gumanitar fanlar binolari kiradi. Allbritton markazi (ilgari Davenport talabalar markazi va undan oldin Scott laboratoriyasi) 2009-yilning kuzida ochilgan.Bu markaz Allbritton jamoat hayotini oʻrganish markazi, Shapiro ijodiy yozish markazi, miqdoriy tahlil markazi va feministik, gender markazini oʻz ichiga oladi.
2007-yil sentyabr oyida ochilgan Usdan universitet markazida talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun ovqatlanish joylari mavjud. Shuningdek, Usdan universitet markazi seminarlar va uchrashuvlar uchun joylar, Wesleyan talabalar Assambleyasi, Talabalar faoliyati va yetakchilikni rivojlantirish idorasi, Universitet tadbirlari va rejalashtirish idorasi, pochta boʻlimi va kompyuter doʻkoniga ega.
Reytinglar
tahrir"US News & World Report" nashrining 2023-yil reytingida Wesleyan universiteti milliy liberal sanʼat kollejlari orasida 18-oʻrinni, „Faxriylar uchun eng yaxshi kollejlar“ boʻyicha birinchi, „Eng yaxshi qiymatga ega maktablar“ boʻyicha 17-oʻrin va „Ijtimoiy sohadagi eng yaxshi ijrochilar“ reytingida 60-oʻrinni egalladi[14]. Wesleyan universiteti New England Oliy taʼlim komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan[15].
Milliy tadqiqot universitetlari, liberal sanʼat kollejlari va harbiy akademiyalarni yagona soʻrovda birlashtirgan 650 ta Amerika kollejining 2023-yilgi Forbes jurnali reytingida Wesleyan universiteti umumiy reytingda 51-oʻrinni va faqat liberal sanʼat kollejlari orasida 8-oʻrinni egalladi. Yaqinda Forbesning yana bir reytingida Wesleyan milliy miqyosda toʻqqizinchi va liberal sanʼat kollejlari orasida uchinchi oʻrinni egalladi[16]. Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi tomonidan eʼlon qilingan „Oshkor qilingan imtiyozlar reytingi“ nomli tadqiqotga koʻra, Wesleyan universiteti birinchi oʻrinni egalladi.
Kutubxonalar
tahrirWesleyan universiteti katta kutubxona fondiga ega.Ularning aksariyati 1,8 million jild va taxminan 10 000 dan ortiq seriyali obuna Olin memorial kutubxonasida joylashgan[17].Wesleyan universitetining birinchi kutubxonasi fuqarolar urushidan keyin qurilgan Rich Hall (hozirgi '92 teatri) edi. Olin kutubxonasi 1925—1927-yillarda qurilgan. Olin kutubxonasi dastlab ancha kichik boʻlgan va sinf xonasini ham oʻz ichiga olgan edi. Qurilgandan beri kutubxona ikki marta (oxirgisi 1992-yilda) kengaytirilgan.
Talabalar shaharchasidagi ikkinchi yirik kutubxona bu Fan kutubxonasi boʻlib, unda ikki yuz ellik ming jilddan ortiq ilmiy tezislar, kitoblar, jurnallar, monografiyalar, maqolalar, davriy nashrlar va soʻrovnomalar saqlanadi. Ilmiy kutubxonada shuningdek, „Cutter Collection“ deb nomlangan katta toʻplam mavjud boʻlib, unda, asosan XIX asr ingliz tilidagi Yevropa adabiyoti, sanʼati va madaniyatiga oid kitoblarning eski nashrlari saqlanadi.
Talabalik hayoti
tahrirDiniy hayot
tahrir2020-yilning iyunigacha universitetda yahudiy ravvin, katolik ruhoniysi, protestant ruhoniysi va musulmon ruhoniysi ishlagan[18]. 2020-oʻquv yilining oxirida protestant va musulmon ruhoniylari lavozimlari boʻshab qoldi va universitet COVID-19 pandemiyasi tufayli byudjetni qisqartirish zarurati tufayli ularni toʻldirmaslikka qaror qildi[19]. Universitet taklifiga koʻra, hozirgi ruhoniy lavozimlari „bir ruhoniy universitet diniy hayotining barcha jabhalarini nazorat qilish uchun qolmaguncha, barchasi bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Bunda ruhoniyga talabalarning diniy guruhlarini boshqarishda va talabalarni Middletowndagi diniy xizmatlarga yoʻnaltirishda yordam berish uchun pullik talaba stajyor lavozimlari yaratiladi.“[19]
Shuningdek,Universitetda buddistlar, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar uchun uy-joy qurish dasturi ham mavjud[20]. Memorial Chapel binosi ichida meditatsiya xonalari ham mavjud[21].
Sport
tahrirWesleyan 29 sport turi boʻyicha universitet jamoalarining atletik konferensiyasi (NESCAC) III divizionining aʼzosi. Universitet jamoasi musobaqalarda anʼanaviy raqiblari Amherst va Williams jamoalariga qarshi kurashadi. Har yili 600 ga yaqin talabalar kollejlararo sport musobaqalarida qatnashadilar[22].
Bill Belichick, Eric Mangini va Field Yetes kabi bitiruvchilari boʻlgan kollej ESPN nashri tomonidan „buyuk futbol aqllari uchun oʻchoq“ deb taʼriflangan[23].
Wesleyan talabalar assambleyasi
tahrirWesleyan talabalar assambleyasi (WSA) har yili Wesleyan universitetining bakalavriat talabalari jamoasiga vakillik qilish uchun saylanadigan 38 talabadan iborat organdir. Assambleya aʼzolari universitetning barcha sohalarida, jumladan, talabalik hayoti, akademiklar, universitet moliyasi va kampus binolari bilan bogʻliq masalalarda talaba himoyachilari sifatida xizmat qiladi[24].
Taniqli bitiruvchilar va oʻqituvchilar
tahrir-
Lin-Manuel Miranda, dramaturg va aktyor
-
David Josiah Brewer,Qoʻshma Shtatlar Oliy sudining sobiq sudyasi
-
Bill Belichick, „New England Patriots“ jamoasining bosh murabbiyi, bosh murabbiy sifatida oltita „Super Bowl“ mukofoti gʻolibi
-
Michael Bennet, AQSh senatori va prezidentlikka sobiq nomzod
-
Max Rose, AQSh Mudofaa vazirining COVID-19 pandemiyasi boʻyicha sobiq yordamchisi va sobiq AQSh Kongressi aʼzosi
-
Herb Kelleher, „Southwest Airlines“ asoschilaridan biri va bosh direktori
-
Lael Brainard, Federal zaxira raisi oʻrinbosari
-
Michael Bay, "Armageddon", "Pearl Harbor" va "Transformerlar" filmlari bilan tanilgan rejissyor
-
Joss Whedon, "Qasoskorlar" filmi rejissyori
-
D. B. Weiss
-
Peter Shumlin, Vermontning sobiq gubernatori
-
Jed Hoyer, „Chicago Cubs“ beysbol operatsiyalari prezidenti va „San Diego Padres“ sobiq bosh menejeri
-
Matthew Weiner, ijrochi prodyusser
-
John Hickenlooper, Kolorado shtati vakili sifatida AQSh senatori, Kolorado shtatining sobiq gubernatori va prezidentlikka sobiq nomzod
-
Clark Gregg, „ Temir odam“, "Qasoskorlar" va " Kapitan Marvel " filmlaridagi rollari bilan tanilgan aktyor
-
Amanda Palmer, qoʻshiqchi.
-
Stephen Talbot, prodyusser
-
Willie Garson, aktyor
-
Bill Rodgers, sportchi, ilgari marafonda yugurish boʻyicha rekord oʻrnatgan
-
Beanie Feldstein, aktrisa
-
Scott Gottlieb, Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi(FDA) komissari lavozimida ishlagan shifokor
-
Dana Delany, aktrisa
-
Bradley Whitford, aktyor
-
Kenneth Lonergan rejissyor
-
Akiva Goldsman „A Beautiful Mind“ (film), "Batman & Robin"(film), „I Am Legend“(film) va "The Da Vinci Code" filmlari bilan tanilgan,Akademiya mukofoti sovrindori.
-
Angela Yee, shou boshlovchisi, '
-
John Perry Barlow, shoir va esseist
-
Jim Friedlich, ommaviy axborot vositalari va xayriya tashkiloti rahbari
-
Ward Farnsworth, Texas universiteti huquq fakultetining sobiq dekani
Manbalar
tahrir- ↑ „About Wesleyan: University History [Wesleyan University“] (30-mart 2009-yil). 2009-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2019-yil.
- ↑ „Connecticut College : News : Centennial video generates excitement“ (5-mart 2012-yil). 2012-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2019-yil.
- ↑ „National Historic Landmarks Program (NHL)“ (2011-yil 6-iyun). 2011-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
- ↑ „Chapter 17, The Wesleyan Story: The Importance of Moral Capital, Burton R. Clark, pp. 369“. 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2012-yil.
- ↑ {{cite web>|url=http://www.courant.com/community/connecticut-closeup/hc-connecticut-closeup-wesleyan-university--20110705,0,2421641.story (Portuguese Web Archive saytida 15-may 2016-yil sanasida arxivlangan) |archive-url=http://arquivo.pt/wayback/20160515025259/http://www.courant.com/community/connecticut-closeup/hc-connecticut-closeup-wesleyan-university--20110705,0,2421641.story |url-status=dead |archive-date=2016-05-15 |title=Connecticut Closeup: Wesleyan University |work=Hartford Courant|publisher= Courant.com |date=5 July 2011|access-date=17 October 2011}}
- ↑ „Wesleyan History 101: 1831-2009“. The Wesleyan Argus. 2010-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2007-yil.
- ↑ „DR. BUTTERFIELD HEADS WESLEYAN – Named President to Succeed McConaughy, Who Resigned for China Relief Post“. The New York Times (9-oktabr 2011-yil). 23-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2011-yil.
- ↑ „Chapter 17, "The Wesleyan Story: The Importance of Moral Capitol", Burton R. Clark, p. 372, pp.369-378“. 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2012-yil.
- ↑ „Chapter 17, "The Wesleyan Story: The Importance of Moral Capitol", Burton R. Clark, p. 372, pp.369-378“. 2015-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2012-yil.
- ↑ Albert E. Van Dusen, Connecticut (1961), p 365
- ↑ Ellis, William Arba. Norwich University, 1819-1911: Her History, Her Graduates, Her Roll of Honor. Capital City Press, 1-yanvar 1911-yil.
- ↑ Ellis, William Arba. Norwich University, 1819-1911: Her History, Her Graduates, Her Roll of Honor. Capital city Press, 1-yanvar 1911-yil — 63–64-bet.
- ↑ „Home, Allbritton - Wesleyan University“. www.wesleyan.edu. 2019-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-may.
- ↑ „Wesleyan University Rankings“ (2021). 9-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2020-yil.
- ↑ Connecticut Institutions – NECHE, New England Commission of Higher Education, 2021-05-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: May 26, 2021
- ↑ „America's Top Colleges“ (15-avgust 2019-yil). 21-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2020-yil.
- ↑ „Olin, Library - Wesleyan University“. Wesleyan.edu. 2012-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2012-yil.
- ↑ „Welcome, Office of Religious and Spiritual Life - Wesleyan University“. www.wesleyan.edu. 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2016-yil.
- ↑ 19,0 19,1 „ORSL Budget Reductions and Restructuring Spark Strong Pushback from Students, Faculty, and Staff“ (inglizcha). The Wesleyan Argus. Qaraldi: 25-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Program Housing, Residential Life - Wesleyan University“. www.wesleyan.edu. 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Wesleyan Spiritual Wellness Week - Wesleyan University Website“. 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Equity in Athletics Data Analysis Cutting Tool Website“. Ope.ed.gov. 2012-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2012-yil.
- ↑ „Wesleyan football pipeline a point of pride for Yates“. ESPN (27-avgust 2015-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2020-yil.
- ↑ „THE REGION; Wesleyan Students Seek Greater Voice“. The New York Times (9-aprel 1981-yil). 30-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2017-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Wesleyan universiteti haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- Wesleying (Wayback Machine saytida 2018-11-19 sanasida arxivlangan), an independent, student-produced blog about real students and real student life at Wesleyan University in Middletown, Connecticut