William Hersey Hopkins
William Hersey Hopkins (20-dekabr 1841-yil – 17-dekabr 1919-yil) — amerikalik akademik, Goucher kollejining ilk rahbari boʻlib ishlagan. Annapolis (Maryland)da St. John kollejida vaqtinchalik rahbar sifatida faoliyat olib borgan[1].
William Hersey Hopkins | |
---|---|
Goucher kollejining ilk direktori | |
Tavalludi |
20-dekabr 1841-yil Greensboro (Maryland) |
Vafoti |
19-dekabr 1919-yil (77 yoshda) Chikago (Illinois) |
Fuqaroligi | AQSh |
Ish joylari | Goucher kolleji |
Taʼlimi | St. John kolleji (Annapolis/Santa Fe) |
Hayoti
tahrirHopkins 1841-yil 20-dekabrda Maryland shtatining Greensboro shahrida tugʻilgan. Uning otasi James Hopkins va onasi Elizabeth Clarke Lyden. 1851-yilda uning oilasi Marylandning Annapolis shahriga koʻchib oʻtadi. Shundan keyin Hopkins St. John kolleji qoshidagi boshlangʻich maktabda oʻqishini davom ettiradi. U oʻrta maxsus taʼlimni davom ettirish maqsadida shu kollejda oʻqigan.
Akademik faoliyati
tahrir1859-yilda oʻqishni tamomlagach, St. John kollejida ishlaydi. Oradan bir qancha vaqt oʻtib, AQShda fuqarolar urushi boshlanadi va natijasida taʼlim muassasalari yopiladi. Shundan keyin u vaqtinchalik Marylanddagi Anne Arundel okrugi akademiyasida dars bergan va oradan vaqt oʻtib u yerga direktor etib tayinlangan. 1866-yilda Hopkins St. John kollejiga qaytadi va u yerda vitse-prezident lavozimiga koʻtariladi. 1884-yilda St. John kollejining oʻsha paytdagi rahbari John McDowell Leavitt isteʼfoga chiqqach, Hopkins uning vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlanadi. U ikki yil davomida ushbu lavozimda ishlagan. 1886-yilda yangi tashkil qilingan Baltimoredagi ayollar kolleji yaʼni hozirgi Goucher kollejining rahbari lavozimiga tayinlangan va keyingi faoliyatini shu kollejda davom ettirgan.
Goucher kollejining ilk rahbari sifatida Hopkins ushbu muassasaning rivoshlanishi va yuksalishida muhim rol oʻynagan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „The history of Goucher College“. archive.org. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
- ↑ Harris, William T. „Report of the Commissioner of Education made to the Secretary of the Interior for the year ... with accompanying papers. 1889-1890 v.2 pt.2-3.“ (en). HathiTrust (1892-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.