Xafel – Germaniyadagi daryo bolib, Elba daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 341 km, havzasining maydoni 24,4 ming km² ni tashkil qiladi. Meklenburg koʻli platosidan boshlanib, Shimoliy Germaniya pastttekisligidan koʻl va suv omborlari orqali oqadi. Asosiy irmogʻi – Shpre daryosi. Oʻrtacha suv sarfi 80 m³/sek. Kanallar orqali Oder va Elba daryolari bilan bogʻlangan. Xafel boʻyida Berlin, Brandenburg, Potsdam shaharlari joylashgan.

Manbalar

tahrir