Xalifa xalqaro stadioni

(Xalifa (stadion)dan yoʻnaltirildi)

Xalifa xalqaro stadioni (arabcha: إستاد خليفة الدولي) ‎ — Qatarning Doha shahridagi koʻp funksiyali stadion boʻlib, Doha Sports City majmuasining bir qismidir. Qatar milliy futbol jamoasining uy stadioni. Stadionda yengil atletika musobaqalari ham o'tkaziladi.

Xalifa xalqaro stadioni
Milliy stadion
Toʻliq nomi إستاد خليفة الدولي
Joyi Doha, Qatar bayrogʻi Qatar
Koordinatalari 25°15′49″N 51°26′53″E / 25.26361°N 51.44806°E / 25.26361; 51.44806
Qachon qurilgan 1976-yil
Qachon taʼmirlangan 2005-yil
2014-yil2018-yil
Egasi Qatar futbol assotsiatsiyasi
Yuzasi maysa
Meʼmor Dar Al-Handasah
Asosiy pudratchilar Midmac Contracting Co. W.L.L., PORR, Six Construct JV, Projacs (Project Analysis and Control Systems International Co.)
Hajmi 45.416
Maydon egalari
Qatar milliy futbol terma jamoasi

Stadion 1995-yilda Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol Tani tomonidan taxtdan ag'darilgan Qatarning oltinchi amiri Xalifa bin Hamad Al Soniy nomi bilan atalgan.

Tarixi

tahrir

Stadion 1976-yilda ochilgan va dastlab 20 000 tomoshabinga mo'ljallangan edi. 2005-yilda XV Osiyo o'yinlari uchun stadionni qayta qurish to'g'risida qaror qabul qilindi va rekonstruksiyadan so'ng u 50 000 kishini sig'dira boshladi.

Qatar 2022-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgach, stadion sig‘imini 68 000 tagacha oshirishga qaror qilindi[1].

Yirik sport tadbirlari

tahrir

Fors ko'rfazi kubogi (1992-yil)

tahrir

1992-yilda stadionda 11-Fors ko'rfazi kubogi o'yinlari bo'lib o'tdi. Stadionda 15 ta o'yin o'tkazildi, natijada Qatar terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi va o'z tarixida ilk bor Fors ko'rfazi kubogini qo'lga kiritdi[2].

Yozgi Osiyo o'yinlari (2006-yil)

tahrir

“Xalifa” stadionida Osiyo oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlari hamda yengil atletika boʻyicha musobaqalar boʻlib oʻtdi.

Futbol bo'yicha Osiyo Kubogi (2011-yil)

tahrir
 
Xalifa stadioni, 2010-yil

2011-yilning yanvar oyida stadionda 6 ta Osiyo kubogi oʻyinlari boʻlib oʻtdi: Qatar terma jamoasining guruh bosqichidagi barcha oʻyinlari, shuningdek, turnirning chorak finali, yarim finali va finali.

# Sana Natija Bosqich
1 7-yanvar   Qatar 0:2   Oʻzbekiston Guruh bosqichi
2 12-yanvar   Xitoy 0:2   Qatar Guruh bosqichi
3 16-yanvar   Qatar 3:0   Kuvayt Guruh bosqichi
4 21-yanvar   Oʻzbekiston 2:1   Iordaniya 1/4 final
5 25-yanvar   Oʻzbekiston 0:6   Avstraliya 1/2 final
6 29-yanvar   Avstraliya 0:1   Yaponiya Final

Yengil atletika bo'yicha Jahon chempionati (2019-yil)

tahrir

Stadion 2019 yilgi yengil atletika bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.

Xalifa stadionida 2022-yilda 22-futbol boʻyicha Jahon chempionati oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Jahon chempionati uchun stadion sig‘imi 68 mingga yetkaziladi.

Xalifa stadionida 2022 yilgi Jahon chempionati oʻyinlari:

# Sana Natija Bosqich
1 21-noyabr   Angliya -   Eron Guruh bosqichi
2 23-noyabr   Germaniya -   Yaponiya Guruh bosqichi
3 25-noyabr   Niderlandiya -   Ekvador Guruh bosqichi
4 27-noyabr   Xorvatiya -   Marokash Guruh bosqichi
5 29-noyabr   Ekvador -   Senegal Guruh bosqichi
6 1-dekabr   Ispaniya -   Yaponiya Guruh bosqichi
7 3-dekabr A guruhi gʻolibi - „B“ guruhida ikkinchi o‘rin 1/8 final
8 17-dekabr Oʻyin gʻolibi #61 - Oʻyin gʻolibi #62 Uchinchi oʻrin uchun kurash

O'rtoqlik o'yinlari

tahrir

Stadionda rasmiy musobaqalardan tashqari futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkaziladi. Qatar terma jamoasidan tashqari Braziliya terma jamoasi ham o‘zining ba’zi o‘yinlarini shu yerda o‘tkazdi[3][4].

# Sana Natija
1 2009-yil 14-noyabr   Braziliya 1:0   Angliya
2 2010-yil 17-noyabr   Argentina 1:0   Braziliya
3 2010-yil 22-dekabr   Qatar 2:0   Estoniya
4 2010-yil 28-dekabr   Qatar 0:0   Eron

Manbalar

tahrir