Xalqaro xotin-qizlar kuni

ayrim mamlakatlarda 8-mart kuni nishonlanadigan xalqaro bayram
(Xalqaro xotin qizlar kunidan yoʻnaltirildi)

Xalqaro xotin-qizlar kuni (dastlab Xalqaro ishchi xotin qizlar kuni deb atalgan) har yili 8-martda nishonlanadi[1]. Turli mintaqalarda nishonlash asosi umumiy ayollarga hurmat-ehtirom, tushunish va muhabbatdan boshlab, ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy yutuqlarini nishonlashgacha turli xildadir. Aslida sotsialistlarning siyosiy harakati sifatida yuzaga kelgan boʻlsa ham bu bayram koʻp mamlakatlar madaniyatiga singib ketgan. Bu mamlakatlar asosan Sharqiy Yevropa, Rossiya va sobiq Sovet mamlakatlaridir.

Xalqaro xotin-qizlar kuni
Nishonlovchilar 1910-yil
Turi
Sana 8-mart

Baʼzi hududlarda bayram oʻzining siyosiy maʼnosini yoʻqotdi va shunchaki erkaklar uchun ayollarga boʻlgan mehrlarini izhorlash uchun fursatga aylandi. Xalqaro xotin-qizlar kuni AQShdagi Onalar kuni va Muqaddas Valentin kunining aralashganiga oʻxshaydi. Lekin boshqa hududlarda BMT aytib oʻtgan boshidagi siyosiy va inson huquqlari mavzulari hali ham kuchli. Bu mamlakatlarda ayollarning siyosiy va ijtimoiy kurashlari tilga olinadi va umid bilan oʻrganiladi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni bir nechta davlatlarda rasmiy bayram hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa bu bayramni ayollar huquqlari bilan bogʻliq muayyan masala, kampaniya yoki mavzu doirasida nishonlaydi[2].

Tarixi

tahrir
 
Clara Zetkin (chapda) va Rosa Luxemburg (oʻngda) 1910-yil yanvarda

Eng birinchi qayd etilgan xotin-qizlar kuni tadbiri Ayollar kuni deb nomlangan boʻlib[3], 1909-yil 28-fevralda Nyu-York shahrida nishonlangan. Bu bayram Amerika Sotsialistik Partiyasi[4] faol Tereza Malkielning taklifi bilan tashkil etilgan[5].

Baʼzi manbalarga koʻra, ushbu kun 1857-yil 8-martda Nyu-Yorkdagi tikuvchilik fabrikalarida ishlovchi ayollarning norozilik namoyishini xotirlash maqsadida nishonlangan, ammo tadqiqotchilar bu daʼvoni afsona deb hisoblashadi[6][7][8].

1910-yil avgust oyida Daniyaning Kopengagen shahrida boʻlib oʻtgan Ikkinchi Xalqaro Sotsialistik Kongress oldidan Xalqaro Sotsialistik Ayollar Konferensiyasi tashkil etilgan[9]. Amerikalik sotsialistlardan ilhomlangan holda, nemis delegatlari Clara Zetkin, Käte Duncker, Paula Thiede va boshqalar har yili nishonlanadigan „Xotin-qizlar kuni“ tashkil etishni taklif qilishdi, biroq aniq sana belgilanmaydi[10][6][11]. Ushbu gʻoya 17 mamlakatdan kelgan 100 nafar delegat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va ayollarning teng huquqlari, jumladan saylov huquqi uchun kurash strategiyasi sifatida qabul qilindi[12].

Ayollar kunini belgilash birinchi marta 1911-yilning 19-martiga toʻgʻri keladi[4]. Shu kuni Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada millionlab ayollar namoyishga chiqadi. Oʻsha yillarda ayollar kuni ishchilar va faollarining harakatlariga bogʻliq boʻlgan. 1914-yil 8-mart sanasida Berlinda ayollar saylov huquqi uchun namoyishga yigʻildi. Mazkur namoyish ushbu sanada yuz bergan ilk haqiqiy miting edi.

70 yillarning boshlarida Gʻarbdagi ayollar ushbu sanadan oʻz haq-huquqlarini talab qilishda foydalanishga qaror qildi. Ular ijtimoiy-siyosiy tenglikni talab qilib namoyishlar uyushtirishni boshladilar. 1977-yilda BMT boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni (International womenʼs day) deb eʼlon qildi[13].

Nishonlanishi

tahrir

Xalqaro xotin-qizlar kuni quyidagi mamlakatlarda rasmiy bayramdir: Afgʻoniston,[14] Angola, Armeniya,[15] Ozarbayjon,[16] Belarus,[17] Burkina Faso,[18] Kambodja,[19] Xitoy (ayollar uchun xolos),[20] Kuba,[21] Gruziya,[22] Gvineya,[14] Eritreya,[14] Qozogʻiston,[23] Qirgʻiziston,[24] Laos,[25] Makedoniya (ayollar uchun xolos), Madagaskar (ayollar uchun xolos),[26] Moldova,[27] Mongolia,[28] Montenegro, [manba kerak] Nepal (ayollar uchun xolos),[14] Rossiya,[14] Tojikiston,[14] Turkmaniston,[14] Uganda,[14] Ukraina,[14] Oʻzbekiston,[29] Vietnam,[30] va Zambia.[31]

Baʼzi mamlakatlarda bu kun rasmiy bayram emas, lekin shunday boʻlsa ham keng nishonlanadi. Bu mamlakatlarga Kamerun,[32] Xorvatiya,[33] Ruminiya,[34] Bosniya va Gersegovina,[35] Serbiya,[manba kerak] Bolgariya[manba kerak] va Chili[36] kiradi.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami (yilma-yil nishonlanishi)

tahrir

1995-yil

tahrir

1995-yilgi Xalqaro Xotin-qizlar kunida Glazgo shahar kengashining Ayollar qoʻmitasi sufrajistlari eman daraxti yoniga yodgorlik lavhasi oʻrnatishgan. Unda quyidagi soʻzlar yozilgan: „Ushbu eman daraxti 1918-yil 20-aprelda Glazgodagi ayol sufrajistlar tomonidan ayollarga saylov huquqi berilganini xotirlash uchun ekilgan.“[37]

1996-yil

tahrir

Gába ikki tilli sami jurnali boʻlib, 1996-yil 8-martda, Xalqaro Xotin-qizlar kunida birinchi marta nashr etilgan[38]. Jurnal Sami ayollar forumi (Sami Nisson Forum) tomonidan chop etilaadi[39]. Jurnal asosan sami ayollari hayoti va kundalik muammolari haqidagi maqolalarni eʼlon qiladi[40].

2003-yil

tahrir

2003-yilgi Xalqaro Xotin-qizlar kunida [[Marcheline Bertrand] va John Trudell BMT Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi bilan hamkorlikda Afgʻonistonlik ayol qochqinlar uchun xayriya kontserti tashkil qilishgan[41].

2006-yil

tahrir

2006-yil 8-martda, Kopengagenda joylashgan mashhur „Kichkina suv parisi“ haykaliga ziyon yetkazilgan. Haykalning qoʻliga dildo oʻrnatilib, ustidan yashil boʻyoq quyilgan va ustiga „8-mart“ sanasi yozib ketilgan. Bu hodisa Xalqaro Xotin-qizlar kuni bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan, chunki vandalizm aynan shu kunda amalga oshirilgan[42][43][44].

2008-yil

tahrir

2018-yil iyungacha Saudiya Arabistoni ayollarga avtomobil haydashni taqiqlagan yagona mamlakat boʻlib kelgan[45]. 2008-yilgi Xalqaro Xotin-qizlar kunida saudiyalik ayol Wajeha al-Huwaider ushbu kun sharafiga va ayollarning haydash taqiqiga qarshi norozilik sifatida mashina haydagan. Uning bu harakati xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan[46][47][48].

2009-yil

tahrir

Sara Azmeh Rasmussen 2009-yilgi Xalqaro Xotin-qizlar kunida roʻmolni yoqib yuborishi Norvegiyada kutilmagan tarzda mashxur boʻldi. Ushbu ramziy harakati orqali Sara katta eʼtibor qozondi. Holat davomida unga qor sharlari otilgan, shundan soʻng u oʻlim tahdidlari va nafratga toʻla xatlar ola boshlagan[49].

2010-yil

tahrir

2010-yilgi Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi (ICRC) urush va nizolar tufayli uy-joyini tark etishga majbur boʻlgan ayollarning ogʻir ahvoliga eʼtibor qaratgan. Bugungi kunda qurolli mojarolarning eng jiddiy oqibatlaridan biri – aholining majburiy koʻchirilishi boʻlib, bu ayollarga turlicha taʼsir koʻrsatadi[50]. Tadqiqotga koʻra, ichki koʻchirilganlarning 70-80 foizini ayollar va bolalar tashkil qiladi[51].

Womenʼs WorldWide Web (W4) ayollar huquqlarini himoya qilish va ularni qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan Yevropa kraudfanding platformasi. Lindsey Nefesh-Clarke ushbu platformani 2010-yilgi Xalqaro Xotin-qizlar kunida ESCP-Europedagi hamkasblari va xalqaro koʻngillilar jamoasi bilan birgalikda rasmiy ravishda ishga tushirgan[52].

Manbalar

tahrir
  1. „UN WomenWatch: International Women's Day - History“. UN.org. Qaraldi: 2013-yil 21-fevral.
  2. Nations, United „Background | International Womenʼs Day“ (en). United Nations. 2020-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-mart.
  3. „International Women's Day History | International Womenʼs Day | The University of Chicago“ (en). iwd.uchicago.edu. 2017-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-aprel.
  4. 4,0 4,1 „United Nations page on the background of the IWD“. Un.org. 2020-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  5. Miller, Sally M. (December 1978). "From Sweatshop Worker to Labor Leader: Theresa Malkiel, A Case Study". American Jewish History 68 (2): 197. 
  6. 6,0 6,1 Kaplan, Temma (1985). "On the Socialist Origins of International Women's Day". Feminist Studies 11 (1): 163–171. doi:10.2307/3180144. 
  7. Kandel, Liliane; Picq, Françoise (1982). "Le Mythe des origines à propos de la journée internationale des femmes". La Revue d'en face 12: 67–80. Archived from the original on 2013-09-27. https://web.archive.org/web/20130927183523/http://www.archivesdufeminisme.fr/article.php3?id_article=80. Qaraldi: 2025-03-27. Xalqaro xotin-qizlar kuni]]
  8. Zophy, Angela Howard. Handbook of American Women's History. Garland, 1991 — 187-bet. ISBN 0-8240-8744-5. 
  9. Rochelle Goldberg Ruthchild, „From West to East: International Womenʼs Day, the First Decade“, Aspasia: The International Yearbook of Central, Eastern, and Southeastern European Womenʼs and Gender History, vol. 6 (2012): 1–24.
  10. „"International Socialist Congress, 1910; Second International Conference of Socialist Women“. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  11. „History of International Women's Day“. United Nations. 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-may.
  12. „About International Women's Day“. Internationalwomensday.com (1917-yil 8-mart). 2019-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-fevral.
  13. „Халқаро хотин-қизлар куни. Ушбу кун ҳақида нималарни биламиз?“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021йил 9 март.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 14,5 14,6 14,7 14,8 „IRIN Asia | AFGHANISTAN: Marking International Women's Day | Afghanistan | Gender Issues“. Irinnews.org (2005-yil 8-mart). Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  15. „Armenian Holidays - ARMENIA Information“. Armeniainfo.am (1995-yil 5-iyul). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  16. arxiv nusxasi, 2008-09-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
  17. (Ruscha) Presidentʼs decree on public holidays in Belarus – 1998 ( at Archive-It saytida 2017-07-05 sanasida arxivlangan)
  18. [1][sayt ishlamaydi]
  19. „2007 Cambodia Public Holiday - Cambodia e-Visa Blog“. Cambodiaevisa.com (2007-yil 4-avgust). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2012-04-25 sanasida arxivlangan)
  20. arxiv nusxasi, 2014-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
  21. „Ministerio de Relaciones Exteriores de Cuba“. Cubaminrex.cu (2011-yil 8-mart). 2012-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2012-03-16 sanasida arxivlangan)
  22. „დღესასწაულები“. Embassy.mfa.gov.ge. 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2012-03-06 sanasida arxivlangan)
  23. „Official holidays in the Republic of Kazakhstan“. E.gov.kz. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  24. „Kyrgyz and American Holidays (In Russian)“. U.S. Embassy Bishkek. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2012-05-09 sanasida arxivlangan)
  25. arxiv nusxasi, 2008-08-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
  26. „Madagascar 2009 Public Holidays“. Qppstudio.net. 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  27. Andoza:Ro icon Article 111 (1c) of the work codex of Moldova (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan), PDF, page 53 (UK Government Web Archive saytida 2011-06-12 sanasida arxivlangan) „Article 111. Non-working holidays. (1) in Moldova, non-working holidays, maintaining the average salary, are: (…) c) March 8 – International Womenʼs Day; (…)“.
  28. „Mongolia Web News“. Mongolia-web.com. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)
  29. „National Holidays (In Russian)“. Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2012-yil.(Archive.is saytida 2012-07-13 sanasida arxivlangan)
  30. „Hanoi streets jammed on Int’l Day for Women | Vietnam News & Information Portal“. En.www.info.vn (2011-yil 9-mart). 2011-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2011-03-12 sanasida arxivlangan)
  31. „Zambia 2009 Public Holidays“. Qppstudio.net. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  32. „QPPstudio.net“. QPPstudio.net. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  33. Andoza:Hr icon Zakon o blagdanima, spomendanima i neradnim danima u Republici Hrvatskoj
  34. „Ziua Internațională a Femeii. De 8 martie Google posteaza un desen pentru acest eveniment“. Agentia.org (2010-yil 24-noyabr). 2011-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  35. „Žene su heroji ovog društva (in Bosnian)“. Oslobodjenje (8-mart 2012-yil). 2012-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
  36. „Días Nacionales en Chile (in Spanish)“. Farah.cl. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  37. „The Suffrage Oak: Marking 100 Years of Women 'Living and Growing' into the Body Politic – Women's History Scotland“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  38. Anti, Anne Berit. Sámi nissonbláđđi nissonbeaivái (Northern Sami). Min Áigi (1996-yil 8-mart), s. 12. „Gába, sámi nissonblđđi [sic] vuosttaš nummir boahtá nissonbeaivvi“.
  39. Somby, Liv Inger. Mediagirji (Northern Sami). Davvi Girji, 1998 — 30–31-bet. ISBN 82-7374-355-1. 
  40. Gaski, Harald and Tr. John Weinstock. „Sámi Culture in the Nordic Countries – Administration, Support, Evaluation“. University of Texas. Qaraldi: 2009-yil 28-iyun.
  41. „February 22 Concert for Ovarian Cancer Research and Education To Honor Marcheline Bertrand, Give Love Give Life Creator and Producer“. Gibson.com. 2011-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-aprel.
  42. „Kopenhagens Nixe: Alter schützt Meerjungfrau nicht vor Rabauken“ (de). JOL/Deutsche Presse-Agentur (2008-yil 17-avgust). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-dekabr.
  43. „International Women's Day: Marchers around the world call for equality“. BBC News (2020-yil 8-mart). 2020-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-mart.
  44. „Little Mermaid defaced with paint, dildo“ (Wayback Machine saytida November 25, 2016, sanasida arxivlangan) Mail & Guardian March 9, 2006.
  45. Bashraheel, Laura. „Women's transport: Solutions needed“. Arab News (2009-yil 27-iyun). Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  46. „Saudi women make video protest“. BBC News (2008-yil 11-mart). 2012-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-may.
  47. Setrakian, Lara. „Saudi Woman Drives on YouTube.“ ABC News. 10 March 2008. Retrieved on 23 May 2010.
  48. „Women Deliver 100: 26 – 50“. Women deliver (2011). 2011-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-may.
  49. „Burning the Hijab //-_-\\ Sara Azmeh brente hijab“. YouTube (2009-yil 8-mart). 2021-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
  50. „Women and displacement: strength in adversity“. International Committee of the Red Cross (2010-yil 2-mart). 2010-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  51. IDMC. INTERNAL DISPLACEMENT Global Overview of Trends and Developments in 2006. Geneva: Internal Displacement Monitoring Centre, Norwegian Refugee Council, April 2006. Qaraldi: 2014-yil 6-may. p. 6
  52. „MBA Alumni Profile Lindsey Nefesh-Clarke, ESCP Europe“. TOPMBA. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-may.

Havolalar

tahrir