Xaribulbul musiqa festivali
"Xaribulbul" musiqa festivali ozarb. "Xarıbülbül" musiqi festivalı
| |
---|---|
Vaqt | May |
Joy | Agʼjabedi, Agʼdam, Barda, Shusha |
Oʻtkazilgan yillar | 1989–1991 2021– |
Taʼsischi | Ozarbayjon SSR Madaniyat Vazirligii |
Tashkilotchi | Haydar Aliyev Fondi |
Xaribulbul musiqa festivali – 1989-yildan Shusha shahrida oʻtkazilgan xalqaro musiqa festivalidir. „Xaribulbul“ xalqaro musiqa festivali mashhur xonanda Sayid Shushinskiyning 100 yilligi munosabati bilan 1989 yildan oʻtkazila boshlangan. Festival har yili may oyida Yaponiya, AQSh, Turkiya, Germaniya, Isroil, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Afgʻoniston va SSSRning boshqa davlatlari va respublikalari ishtirokida oʻtkazilgan.[1] Qorabogʼ mojarosining boshlanishi va Shusha shahrning bosib olinishi bilan festival oʻkazishga imkon qolmadi. Oxirgi festival 1992 yil may oyida boʻlib oʻtdi.[2] Festival faqat qisqa vaqt davomida, Agʼdam shahri egallangunga qadar oʻsha yerda oʻtkazildi.[3] Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021-yil 7-maydagi farmoni bilan Shusha shahri mamlakatning madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi.[4] Bu farmon Voqʼif Sheʼriyat kunlari va „Xaribulbul“ festivalini qayta tikladi. 2021-yilning 12 va 13-may kunlari Shusha shahrining arman bosqinidan ozod etilganidan buyon birinchi marta Xaribulbul festivali boʻlib oʻtdi.[5]
Tarixi
tahrir„Xaribulbul“ Xalqaro Festivali 1989 yildan buyon mashhur xonanda Sayid Shushinskiyning 100 yilligi munosabati bilan oʻtkazib kelinmoqda.[6] 1989-yil boshlarida festivalga tayyorgarlik boshlandi. Festival shu yilning may oyida, Shusha xaribulbulining gullashi davrida oʻtkazildi.[7] 1989 yildagi festivalda mahalliy ijrochilardan tashqari Qirgʼiziston SSR, Qozogʼiston SSR, Boshqirdiston SSR, Litva SSR va Belarus SSR-dan kelgan musiqiy guruhlar ham ishtirok etgandi. Festivalda jami 100 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. Konsertlar Cıdır düzü - poyga maydonida qurilgan 7 joyda oʻtkazildi.[8] Festival 12-15 yoshli ijrochilarning "Qorabogʼ shikastasi" mugʼomini kuylashlari bilan ochildi.[7] Festivalning birinchi kunida Qorabogʼ otlarida ham musobaqalar boʻlib oʻtdi.[7] Birinchi festivalning tomoshabinlari asosan Shusha aholisi edi.[6]
Festival doirasida Shushada kurash musobaqalari ham oʻtkazildi.[9].
Xaribulbul guli
tahrirOzarbayjonda qadimdan Xaribulbul oʻ simligi oʻ sadi. U lotin tilida ophrys caucasica yoki ophrys mammosa deb ataladi. Ozarbayjonning Shusha shahri va uning atrofidagi hududlarda[10] koʻproq tarqalgani uchun koʻproq Qorabogʻ bilan bogʻliq holda ifoda qilinadi.
Qorabogʻ mojarosi boshlangandan buyon Xaribulbul xalqimiz kurashining ramziga aylangan. Qorabogʻ hududi ishgʻol qilinganidan keyin Xaribulbul, ehtimol, koʻ pchilik uchun qaygʻu, ogʻriq va sogʻinch ramzi boʻ ldi. Madaniyat, sanʼat va adabiyotda Xaribulbul iborasi qoʻ llanilganda soʻ z Qorabogʻ haqida ekanligi hamisha ayon edi.[11]
Xaribulbulga qadimgi turkiy asirlarda ham katta oʻ rin berilgan. Oʻ sha tikanga qadalgan gʻamgin bulbul qadimgi turk asotirlarida jangda ogʻir yarador boʻ lgan askarning soʻ nggi umidi sifatida tanilgan edi. Qadimgi turkiy rivoyatda aytilganidek, Oʻ gʻuz xonning alpagutlaridan biri (shahid jangchi)ning soʻ nggi nafasida koʻ ksida olib yurgan bulbulning oyoqlariga qonli koʻ ylagidan bir parchani bogʻlab, sevgilisi Oybeka xonumga yuborgan qaygʻuli armonli sevgi qissasidir.[12]
Qirgʻiz yozuvchisi Erlan Joʻ rabekovning „Jarxi Bulbul“" qissasida ham qadimgi turkiy asotirlarga katta oʻ rin berilgan.[12] Ularning koʻ pchiligiga koʻ ra, Xaribulbul qoʻ lga oʻ rgatilgan qush boʻ lgan. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, bulbulning bu turidan faqat jangchilar, sarkardalar foydalangan.
Qorabogʻ xonining qizi Shushalik Ogʻabegim ogʻa 1801 yildan 1832 yilgacha - umrining oxirigacha Qojar shohlarining Tehrondagi saroyida yashagan.[13] Vatan hasratini chekkan Ogʻabeyim ogʻa nomiga tayangan bir bayoti ham bor:
„Vatan bogʻi“ ol-alvondir, Yoq bagʻrida Xaribulbul. Nedan har yering alvondir, Koksing osti sari, bulbul.
Ramzga aylanishi
tahrir2020 yilning 27 sentabridan 10 noyabrigacha davom etgan ikkinchi Qorabogʻ urushi (Ozarbayjonda bu Vatan urushi deb ham ataladi) davrida halok boʻ lgan shahidlar xotirasiga "Xaribulbul" nishoni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Bulbulning ulugʻvorligi, gʻururi va adolatsizlikka qarshiligi egilmay turishi uni afsonadan gʻalaba ramziga aylantira boshladi.
Asta-sekin bu nishon ozodlik urushining ramziga aylandi. U shahidlar xotirasi va Ozarbayjon armiyasining gʻalabasi ramzi sifatida tanildi va Ozarbayjonda barcha uchun yuksak muhabbat, ehtirom, muqaddas bir ramzga aylandi.
Festival 1990–1991 yillarda
tahrir1990 yilda xaribulbul festivali xalqaro maqomga ega boʻldi. Keyingi davrda Yaponiya, AQSh, Turkiya, Germaniya, Isroil, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Afgʼoniston va SSSR oʻlkalari ishtirok etdi. Festival xalqaro maqomga ega boʻlib, nafaqat Ozarbayjonda, balki SSSRda ham eng muhim madaniy tadbirlardan biri hisoblangan.[1]
Qorabogʼ mojarosi boshlanishi va Shusha shahrning ishgʼol qilinishi bilan festivalni oʻtkazish mumkin boʻlmay qoldi. Mojaroning keskin bosqichiga oʻtishi bilan, Festival Agʼdam shahri ishgʼl boʻlgunga qadar u yerda oʻtkazilgan.[3] Agʼdam festivalidagi chiqishlar orasida Ozarbayjon Xalq artisti Qodir Rustamov tomonidan ijro etilgan, Ozarbayjon musiqasining „Oltin fondi“ga kiritilgan „Sona Bulbullar“qoʻshigʼi xususiy oʻrinni egalladi.[1]
Festival doirasidagi ayrim konsertlar Qorabogʼning boshqa shaharlarida, Barda va Agʼjabedida ham boʻlib oʻtdi. Festivalda jahonning har yeridan kelgan jami 170 nafarga yaqin ishtirokchi bor edi.[7]
Uchinchi festival 1991 yilda boʻlib oʻtdi. Tadbirda 25 mamlakatdan 300 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. Soʻnggi yillarda Amerika va Avstraliya ham oʻz sanʼatkorlari bilan ishtirokchi davlatlar safiga qoʻshildi. Festivalning qarorgohi Mingechevir shahrida joylashgan boʻlib, undan ishtirokchilar Qorabogʼga yoʻl olishdi. Tomoshabinlar soni koʻpligi tufayli festival doirasidagi konsertlar stadionlarda oʻtkazildi.[7]
1990-1991 yillardagi yakuniy konsertlar Boku shahridagi Respublika saroyida boʻlib oʻtdi.[7]
Bekor qilinishi
tahrir1992 yilda 4-festival 15 may kuni boshlanishi va eng yirik boʻlishi kerak edi. 30 dan ortiq mamlakatdan 500 kishini jalb qilish rejalashtirilgan edi. Biroq 8 may kuni Qorabogʼ urushining boshlanishi va Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Shusha shahrining egallanishi tufayli festival bekor qilindi.[7]
Qayta tiklanishi
tahrir2020 yil 8 noyabrda Ozarbayjon Shusha shahrini arman bosqinchilaridan ozod qildi. 2021 yil yanvar oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Karimov bilan uchrashuvda Shusha Xaribulbul festivalini tiklash lozimligini eslatib, yaqin kelajakda ushbu folklor festivali anʼanalarini qaytadan yaratish zarurligini taʼkidladi.[7].
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021 yil 7 maydagi farmoni bilan Shusha shahri mamlakatning madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi.[14] Ayni Farmonda Voqif sheʼriyati kunlari va „Xaribulbu“" festivali tiklandi.[15] 2021 yil 12 va 13 may kunlari Haydar Aliyev jamgʼarmasi tomonidan tashkil etilgan festival boʻlib oʻtdi.[16].
Festivalda Ozarbayjonda yashovchi turli xalqlarning musiqiy guruhlari tomonidan xalq va mumtoz musiqadan iborat dastur namoyish etildi.
Mehmonlar orasida jamoat va madaniyat arboblari, Qorabogʼdan, jumladan, Shushadan taniqli shaxslar ham bor edi.
Festival 2021 yilda
tahrir„Xaribulbul“ festivali Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning nutqi bilan boshlandi. Soʻngra Ozarbayjonda yashovchi xalqlar folklor ansambllarining chiqishlari boʻldi.[17] Sahnada sanʼatkorlarga Ozarbayjon Davlat Akademik Filarmoniyasi Davlat raqs ansambli sozandalari joʻrlik qilishdi. Turli yillarda Shushada suratga olingan Ozarbayjon xonandalari Bulbul, Seyid Shushinskiy, Xon Shushinskiy, Rashid Beybutov, Shavket Alekperovalarning videolavhalari ham namoyish etildi.[18]
Festivalning ikkinchi kunida gala-konsert boʻlib oʻtdi. Unda Ozarbayjon kompozitorlarining mumtoz musiqa asarlari taqdim etildi. Konsert dasturi Ozarbayjon Davlat simfonik orkestri va Ozarbayjon Davlat xor Kapellasi tomonidan ijro etilgan "Koroʻgʼli" operasidan uvertura bilan ochildi. Keyin Elchin Azizov, Dinara Aliyeva, Yusif Eyvazov, Azerin Tagiyeva, Samir Jafarov, Sahib Poshozada (top), Keyla Seyidova (skripka), Azer Zadeh, Seljan Nasibli va boshqalar sahnaga chiqdilar. Festival 13 May kuni gala-konsert bilan yakunlandi.[19]
Festival 13 May kuni gala-konsert bilan yakunlandi.[20]
12 may
Asar nomi | Asar bastakori | Asar soʻzi muallifi | Ijrochi(lar) | Ijro tili |
---|---|---|---|---|
Qorabogʻ shikastasi | Kenan Bayramli | Ozarbayjoncha | ||
„Uzundara“ xalq raqsi | Kamoncha cholgʻuchilari ansambli | |||
Man emasmanmi? | Ali Taliyev | Mahan Bazarov | Tamburchilar guruhi „Jahon“ folklor xalq kollektivi |
Avarcha |
Kularman kulsang | Fikret Amirov | Mamad Said Ordubodiy | Bulbul | Ozarbayjoncha |
Qorabogʻ bizining yuragimizdir | Notavon Aliyeva | Buvilar „Veteranlar“ folklor xalq kollektivi |
Talışca Ozarbayjoncha | |
Qorabogʻ | Bahrom Nasibov | Bahrom Nasibov | Mirelem Mirelemov Günay İmamverdiyeva |
Ozarbayjoncha |
Olma oğochi | „Yoldız“ folklor kollektivi | Tatarcha | ||
Goʻzalim | Tunar Rahmanogʻli | Kurdcha | ||
Shushaning togʻlari | Xon Shushinskiy | Xon Shushinskiy | Xon Shushinskiy | Ozarbayjoncha |
Pari | „Mel“ folklor kollektivi | Lezgica | ||
Zurna (Udi xalq raqsi) | „Jangi“ folklor kollektivi | |||
Mening Ozarbayjonim | Tatyana Minokova | „Slavyanochka“ folklor kollektivi | Ruscha | |
Hasrat Nagʻmasi | Shahriyor İmonov | Shahriyor İmonov | ||
Arazbari | Sayid Shushinskiy | Ozarbayjoncha | ||
Men misgarman | „Lahij“ xalq folklor kollektivi | Tatcha | ||
Togʻlar boshi | Teyyub Aslanov Ravana Qurbonova |
Ozarbayjoncha | ||
Oila sevinchlari (Yahudiy xalq raqsi) | „Xaverot“ folklor kollektivi | |||
Ayol | "Shvidqadza" xalq xoru | Gruzincha | ||
Ozarbayjonim | Rauf Hojiyev | Anvar Alibeyli | Rashid Beybutov | Ozarbayjoncha |
Vatanimiz goʻzaldir | Namiq Novruzov | Qizilgul Murodova | „Nanaybi“ folklor qrupu | Gruzincha |
Naxchivan | Mamad Javod | Husayn Azimli | Naxchivon Davlat filarmoniyasining Mugam guruhi | Ozarbayjoncha |
Salam-aleykum | „Mijaqna“ folklor kollektivi | Saxurcha | ||
Sariq kelin | Sherzod Fataliyev | |||
Qoy adolat zafar quchsin | Baxshi Mikoyil Azafli | Baxshi Mikoyil Azafli | Samira Aliyeva Ali Topdiqogʻli Ozarbayjon abaxshilari kollektivi |
Ozarbayjoncha |
Jannattim Qorabogʻ | Jahongir Jahongirov | Rafiq Zako | Shavkat Alakbarova | Ozarbayjoncha |
Bahor qoʻshigʻi (Ukrayna xalq raqsi) | „Kvitka“ folklor kollektivi | |||
Qochoq Nabi | Mansum İbrahimov | Ozarbayjoncha | ||
Qorabogʻ ritmlari | „Notiq“ ritm guruhi | |||
Ozarbayjon, Odlar Yurdum Manim | Polad Bulbulogʻli | Xonım İsmoyilqizi | Polad Bulbulogʻli Ozarbayjon Davlat Xor Kapellasi |
Ozarbayjoncha |
Shoʻx Ozarbayjon | Polad Bulbulogʻli | Maston Gunar | Polad Bulbulogʻli | Ozarbayjoncha |
13 may
Asar nomi | Asar bastakori | Asar soʻzi muallifi | Ijrochi(lar) | Dirijyor |
---|---|---|---|---|
„Korogʻli“" operasidan uvertyura | Uzeyir Hajibeyov | Rauf Abdullayev | ||
Ozarbayjon | Tofiq Quliyev | Anvar Alibeyli | Ozar Zoda | Rauf Abdullayev |
Noktyurn | Tofiq Quliyev | Sohib Poshozoda Jeyla Sayidova |
Rauf Abdullayev | |
Axşam mahnısı | Tofiq Quliyev | Zeynal Cabbarzoda | Azerin | Rauf Abdullayev |
„Yetti goʻzal“ baletidan vals | Qora Qorayev | Bulbul | ||
Kel, ey, sahar | Polad Bulbulogʻli | Fikrat Goja | Polad Bulbulogʻli | |
Ozarbayjon kaprichchiosi, fraqment | Fikret Amirov | Fuad İbrohimov | ||
Ozarbayjon ellari | Fikret Amirov | Marvarid Dilbazi | Seljan Nasibli | Fuad İbrohimov |
Sen kelmas boʻlding | Alakbar Tagiyev | Madina Gulgun | Alixon Samadov | Fuad İbrohimov |
Sensiz | Uzeyir Hajibeyov | Nizomiy Ganjaviy | Elchin Azizov | Fuad İbrohimov |
Orzu | Niyoziy | Islom Safarli | Dinara Aliyeva | Fuad İbrohimov |
Dengiz | Farhod Badalbeyli | Farhod Badalbeyli Murod Adigoʻzalzoda |
Fuad İbrohimov | |
Sevgili jonon | Uzeyir Hajibeyov | Nizomiy Ganjaviy | Yusif Eyvazov | Fuad İbrohimov |
Ave-Mariya | Farhod Badalbeyli | Yusif Eyvazov<brDinara Aliyeva | Fuad İbrohimov | |
Oʻlkam | Osaf Zeynalli | Jafar Jabborli | Yusif Eyvazov Ozar Zoda |
Fuad İbrohimov |
Qorabogʻ shikastasi oratoriyasi | Vasif Adigoʻzalov | Olim Qosimov Fargʻona Qosımova |
Yalchin Adigoʻzalov | |
Ey, Vatan | Elza İbrohimova | Damir Gadabeyli | Samir Jafarov | Yalchin Adıgoʻzalov |
Ozarbayjon | Muslim Magomayev | Nabi Xazri | Yusif Eyvazov Ozar Zoda Azerin Elchin Azizov Selcan Nasibli Dinara Aliyeva |
Yalchin Adıgoʻzalov |
Galereya
tahrir-
Festivalning gala-konsertdan soʻng yopilish marosimi, Prezident Ilhom Aliyev va vitse-prezident Mehribon Aliyeva sahnada
-
Elshan Mansurov rejissyorligidagi kamoncha ansambli „Uzundara“ raqsini ijro etmoqda
-
„Jahon“ avar folklor guruhi tanburda "Dun quru yo" qoʻshigʻini ijro etmoqda
-
Tunar Rahmonogʻli „Rinda min“ kurd qoʻshigʻini kuylamoqda
-
Lezgin folklor guruhi lezgin xalq qoʻshigʻi „Parizoda“ni ijro etmoqda
-
„Shvidkasa“ xori gruzin xalq qoʻshigʻini kuylaydi
-
Olim Qosimov va Fargʻona Qosimovaning chiqishi
-
Ozarbayjon Davlat Simfonik Orkestri „Ozarbayjon kaprichchiosi“ dan parcha ijro etmoqda
-
Yusif Eyvazov va Ozar Zoda „Oʻlkam“ romansiıni kuylamoqda
-
Gala konsert, Yusif Eyvazov, Ozar Zoda, Azerin, Elchin Azizov, Seljan Nasibli, Dinara Aliyeva Magomayevning „Ozarbayjon“ qoʻshigʻini ijro etmoqda
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Tarixi "Xarı bülbül" festivalı
- ↑ Rasim Balayev: Şuşada "Xarıbülbül" festivalı və Vaqif poeziya günləri Azərbaycan mədəniyyətinin dünyada tanıdılması ilə yanaşı, gənc nəslin mədəniyyətimizi yaxından dərk etməsinə yardım edəcək
- ↑ 3,0 3,1 „Külə dönmüş Çörək Muzeyi...“. modern.az. Qaraldi: 4 noyabr 2017.
- ↑ Şuşa şəhərinin Azərbaycanın mədəniyyət paytaxtı elan edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
- ↑ Şuşanın Azərbaycanın mədəniyyət paytaxtı elan edilməsi şəhərin milli kimliyini özünə qaytardı
- ↑ 6,0 6,1 Фархад Бадалбейли рассказал о Днях поэзии Вагифа в Шуше. Как проходил фестиваль "Хары бюльбюль"
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 7,7 Полад Бюльбюльоглы: "Мне пришлось отменить "Хары Бюльбюль" в Шуше"
- ↑ „Şuşanın tarixi barədə bildiyimiz və bilmədiyimiz məlumatlar“. www.faktxeber.com. 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14 oktyabr 2017.
- ↑ Праздники в Шуше на советских фото 1970-1980-х гг. https://azerhistory.com/?p=35547}}
- ↑ Azərbaycan Respublikasının Qırmızı Kitabı. Nadir və nəsli kəsilməkdə olan bitki və göbələk növləri, II nəşr, Bakı-2013
- ↑ Səsin gəlir, XARI BÜLBÜL ! – “Ordumuzun zəfər simvoludur”
- ↑ 12,0 12,1 Əfsanədən Zəfərə - Xarı bülbül Qələbə simvoluna necə çevrildi...
- ↑ "Azərbaycan qadın şairləri antologiyası", Bakı: "Avrasiya press", 2005. səh.28-29.
- ↑ Şuşa şəhərinin Azərbaycanın mədəniyyət paytaxtı elan edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
- ↑ Şuşa şəhərinin Azərbaycanın mədəniyyət paytaxtı elan edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı
- ↑ „При организации Фонда Гейдара Алиева в Шуше пройдет музыкальный фестиваль «Харыбюльбюль»“. Heydər Əliyev Fondu (2021-yil 7-may).
- ↑ Azərbaycan Prezidenti İlham Əliyev və birinci xanım Mehriban Əliyeva Şuşada "Xarıbülbül" festivalının açılışında iştirak ediblər
- ↑ „Фестиваль "Хары-бюльбюль" в городе Шуша: как прошел первый день“ (ru). Sputnik Азербайджан (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ „Фестиваль "Хары-бюльбюль" завершился выступлением всемирно известных азербайджанцев“ (ru). Sputnik Азербайджан (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
- ↑ Şuşanın Cıdır düzündə "Xarıbülbül" musiqi festivalı qala-konsertlə başa çatıb