Xayriy al-Hindaviy
Xayruddin ibn Solih bin Abdul Qodir bin Xudhur Al-Hindaviy Al-Hassani
Tavalludi 1885-yil
Usmonlilar Imperiyasi, Diyala shahri
Vafoti 1957-yil 29-yanvar
Iroq, Bog`dod shahri
Fuqaroligi usmoniy, keyinchalik Iroq fuqarosi

Xayruddin ibn Solih bin Abdul Qodir bin Xudhur Al-Hindaviy Al-Hassani[1] (arab: kẖyrạldyn bn ṣạlḥ bn ʿbdạlkạdr bn kẖḶr ạlhndạwy ạlḥsny) — Iroq shoiri va turli viloyatlar gubernatori.

Oilasi

tahrir

Uning oilasi Muhammad payg'ambarning bobosi Hoshim ibn 'Abd Manafga borib taqaladi. Ularning oilasini Xayri (Al-Hindaviy) deb atashgan, chunki uning buyuk bobosi Xudhur G'ulom Rasul Panjapi ismli hind olimining qo'lida tahsil olgan[2]. Xayriyning oilasi Bagʻdoddagi Bob ash-Shayxdan edi. Uning bobosi Abdulqodir G`iloniylar oilasining mol-mulkini boshqarishda agent bo`lib ishlar edi. Xayriyning otasi uni she’rni oʻrganishga, she'r mashq qilib yozishga undagan[3].

Yoshligi va taʼlim

tahrir

U Diyala viloyatining Abu Saida qishlogʻida otasi arab, onasi turk oilasida tugʻilgan. Besh yoshida u oilasi bilan Bag'dodga ko'chib o'tadi va bu yerda yozish, o'qish va Qur'onning ozginasini o'rganadi[4]. Xayriyning aqli yoshidan katta boʻlgani uchun maktab va masjidlardan u qadar koʻp ma’lumot olmagan. U harbiy maktabga ham kira olmadi, chunki bu yerdagi harbiy maktab faqat Bagʻdodiylar uchun edi. Uch yildan so'ng u oilasi bilan Amara shahriga ko'chib o'tdi va u berda boshqa maktabga o'qishga kiradi. Bir yarim yildan so'ng ular Qal'at Solihga ko'chib o'tishadi. So`ng ular Amaraga qaytib kelishadi va bir necha oy qolib, Abu Saidaga qaytishadi. So`ngra ular Divoniyaga ko'chib o'tdilar, u yerda yosh shoirning otasi Afak shaharchasida mudir bo'lib ishlaydi[5]. Xayriy grammatikani Mustafo al-Voiz qo'lida o'rgangan, so'ngra Husayn Shera' qo'lida arab tilini o'rgangan. Bir yarim yildan soʻng Xayriy viloyat qozisi Alaaddin Al-Alusiyning qoʻlida oʻqishni boshlaydi. U Shannafiyaga sayohat qildi.Bu yerga Basra va Najaflik shoirlar she'rlarini o'qish uchun borardilar. U yashirincha ularning she'rlarni o'qiganida, u grammatikani ko'proq o'rganish kerakligini his qilardi. So`ng esa Xayriy Jafar Nassor, soʻngra Ali At-Tareyhi, soʻngra Muhammad as-Sammaviy qoʻlida grammatika boʻyicha oʻrgangan[6].

Usmoniylar davrida

tahrir

1906-yilda u Vasitdagi MacAndrews kompaniyasida qizilmiya dorivor o`simligini olib, uni boshqa mamlakatlarga tarqatuvchi agent sifatida ishga qabul qilindi. Uning hayoti yaxshilana boshladi va u juda yaxshi maosh (12 oltin lira) olayotgan edi[3].

Ammo Birinchi jahon urushi boshlanganda, u Usmonli armiyasiga majburiy askar sifatida chaqirilgan. U hibsga qamoqqa olinishidan oldin uch yil davomida harbiy xizmatda bo'lgan. Hibsdaligida Usmonlilar uni o'ldirishmoqchi va jasadini daryoga tashlamoqchi bo'lishdi, chunki ingliz qo'shinlari Bag'dod yaqinida edi. Usmonlilar armiyasida safidagi ommaviy tartibsizliklar (Mahdiya mahallasida) sodir bo`lib, Xayriy hibsdan qochib o`z jiyanlaridan birining uyida berkinishga majbur bo`ldi[7]. U o'zini umidsiz va g'amgin his qilardi.

Britaniya va mustaqil Iroq

tahrir
 
Xayriy al-Hindaviy 1927-yil

Ingliz qo'shinlari Xur ko'prigiga yetib borganlarida, u Bag'dodni Buyuk Britaniya qo'lida topish uchun o'z uyidan chiqdi. U Britaniya bosqinidan hayajonlandi, chunki ular uni qamoqxonadagi o'limidan qochishga majbur qilganlar[8]. Chunki bu vaqtlarda hamma Usmonlilarni yomon ko'rardi va har doim kimdir Iroqni ulardan ozod qilishini orzu qilar edi, lekin ingliz qo'shinlarini ko'rgandan so'ng, Usmonlilar ularga yaqinroq, madaniyatini tushunadigan, tarbiyaliroq ekanini tushunishdi, chunki ular ham musulmon edilar. Faqat Iroqdagi Iroq yahudiylari inglizlarni o'z tomonida g'alaba qozonishini istab, g`alabani nishonlashdi[9]. Xayriy yahudiylardan xavotirda edi, shuning uchun u do'sti Abdul Majid Al-Shaviyga qo'ng'iroq qilib, agar inglizlarni o'z tomoniga og`dira olsalar, vaziyatni o'zlari boshqarishini aytdi. Ular vaziyatni muhokama qilish uchun Adhamiya shahrida fikr yetakchilari, ziyolilar va zodagonlarni o'z ichiga olgan yig'ilish o'tkazishga kelishib oldilar[7]. Xayriy Usmonlilar qo'shiniga qaytishdan qo'rqib, o'z fikrini bildirmadi. U Frederik Stenli Modning so'zlari bilan aldandi: "Biz bosqinchilar emas, ozod qiluvchilar sifatida keldik". Xullas, u ba'zan qo'rquvdan inglizlarni himoya qildi. Hatto u “Al-Muqtatif” gazetasida ham inglizlarni maqtab maqola yozgan[10]. Shuning uchun u 1917-yilda inglizlar qo`lida ishga qabul qilindi.

Xalqning g'azabi kuchayib, xalq inglizlardan norozi bo'la boshladi. Ular Britaniya hukumati ustidan shikoyat qiladigan uchrashuvlar va sessiyalar o'tkazishni boshladilar. Ingliz ma'muriyati Xayriyni o'ldirishlaridan qo'rqib, xalq oldiga bormay qo`yishdi va arab xodimi Xayriyni ular bilan muzokara qilish uchun yuborishdi[11]. Xayriy ularning sessiyalaridan biriga borib, ularning nafratini va g'azabini ko'rdi. Iroqning eng buyuk zodagonlari va ziyolilari inqilobga chaqirishardi. Ular Ali ibn Husaynni Iroq podshosi bo'lishini xohlashardilar[12]. Xayriy inqilobni xohlamas edi, shuning uchun ularni tinchlantirish uchun inqilobchilarning oldiga bordi, lekin qalbining tubida u inglizlarni ham xohlamasdi. So`ngra inglizlarning oʻz yurtining boyligini talab qilayotganini eshitgach, qoʻrquvini unutib, inqilobni olqishlab, inglizlarni la’natlay boshladi[13]. U inqilob ruhidagi she'rlar o'qiy boshladi, odamlarni ingliz qo'shinlariga qarshi qasos olishga va mustaqillikni talab qilishga undadi[13]. 1917-yil 1-mayda u Svayra bo'limining pristavi bo'ldi. Uning maoshi 11250 dinor bo`ldi. U inglizlarni la'natlab, Sada al-Islom jurnalida yozgan maqolasi tufayli inglizlar uni o'zi bilan tergov qilish uchun chaqirgunlaricha, u iyun oyida ikki oy davomida Svayra bo`limining mudiri bo`lib ishladi etdi[14]. U inglizlarga bo'lgan nafrat tufayli Xengam oroliga surgun qilinguncha boshqa ko'p ishlarda ishladi. U 1921-yil 1-aprelda surgundan qaytib keldi[15].

Keyingi hayoti

tahrir

U qirol Faysalga yaqin edi. Faysal har qanday vaziyatda hamisha Xayriy u bilan maslahatlashardi. Ba'zan Faysal o'z g'oyalarini unutib, Xayriynikiga ko`proq quloq solardi[16]. U, shuningdek, Iroq bosh vazirlaridan biri Yasin al-Hoshimiyning ishonchiga ega edi. Hukumat dastlab inglizlarga qarshi maqolalari tufayli unga ishonmadi, ammo 1920-yilgi Buyuk Iroq inqilobi va qirol Faysal taxtga o'tirgandan so'ng u Iroqning eng oliyjanob odamlaridan biriga aylandi.

Faoliyati

tahrir
  • 1906-yil - MacAndrews kompaniyasining agenti.
  • 1914-yil - Usmonli armiyasida majburiy askar
  • 1917-yil 1-may - Svayra bo'limining sud ijrochisi.
  • 1918-yil 20-aprel - Xillohdagi Azeziyada moliya direktorining yordamchisi.
  • 1918-yil 7-avgust - Hillahdagi Jarboeiyadagi moliya direktori
  • ? ? ? ? - Hillahdagi Jarboeiya gubernatori yordamchisi.
  • 1921-yil 15-aprel - Xilladagi Jarboeiya menejeri
  • 1922-yil 1-may - Shomiya meri.
  • 1925-yil - Hindiya meri
  • 1926-yil - Maysan shahridagi Ali Al-G'arbiy meri
  • ? ? ? ? - Muntafiq hokimi
  • 1933-yil - Qut gubernatori.
  • 1934-yil - Salmon Pakdagi erlarni joylashtirish bo'yicha direktor yordamchisi.
  • 1935-yil - Abu G'araq, Kafal va G'arbiy ustundagi erlarni joylashtirish bo'yicha direktor.
  • 1936-yil - Hindiyadagi Yer posyolkasi direktori
  • ? ? ? ? - mulk va umumiy foydalanishdagi yerlar bo'yicha bosh direktor
  • 1939-yil - Yerlarni joylashtirish bosh direktori
  • 1941-yil - Yerlarni joylashtirish huquqi bo'yicha direktor
  • 1950-yil 1-yanvar - nafaqaga chiqqan

Yana qarang

tahrir
  • Iroq tarixi
  • Usmonli Iroq
  • Arab Yozuvchilar uyushmasi
  • Iroq Qirolligi

Manbalar

tahrir
  1. Raouf, Emad Abdul Salam. Ruling families of Iraq. 
  2. „The Roots of the Family of Hindawi in Iraq“. Al-Ashraf Forum. 13-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-avgust 2014-yil.
  3. 3,0 3,1 Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 35-bet.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry 35" defined multiple times with different content
  4. Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 33-bet. 
  5. Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 34-bet. 
  6. Al-Khouri, Ya'qub. Guide of the Kingdom of Iraq. Baghdad: Iraqi Government, 1935–36. 
  7. 7,0 7,1 Al-Muqtatif. 5-jild. 1917. 471-bet. {{cite magazine}}: Missing or empty |title= (yordam) Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Al-Muqtatif" defined multiple times with different content
  8. Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 37-bet. 
  9. Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 38-bet. 
  10. Arabs. № 1st. 4-iyul 1917-yil. {{cite magazine}}: Missing or empty |title= (yordam)CS1 maint: date format ()
  11. Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 41-bet. 
  12. History of the Iraqi Ministry — 98-bet. 
  13. 13,0 13,1 Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 42-bet. 
  14. Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 46-bet. 
  15. Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 50-bet. 
  16. Izz al-Din, Yousif. Khairi Al-Hindawi: Life and Poetry, 2nd, Baghdad: People's Painter, 1973 — 52-bet.