Hermann Hesse

Germaniya-Shveytsariya yozuvchisi va Nobel mukofoti sovrindori (1877-1962)
(Xesse Germandan yoʻnaltirildi)

Hermann Karl Hesse (1877-yil 2 iyul – 1962-yil 9-avgust) – nemis-shveyts shoir, yozuvchi va rassom. Hessen Germaniyaning Svabiyaning Qora oʻrmon hududida Svabiyada tugʻilgan. Uning onasi sababli sheʼriyatga, musiqaga ishtiyoqi baland boʻlgan Qolaversa, uning poliglot bobosi Hessega yaxshi taʼsir oʻtkazgan.

Hermann Hesse
Tavalludi 2-iyul 1877[1][2][3][4][5]
Vafoti 9-avgust 1962[1][2][4][5]
Ijod qilgan tillari Nemis tili[6]
Fuqaroligi Germaniya imperiyasi, Shveysariya, Germaniya va Rossiya Imperiyasi

Yoshligida u biroz muddat seminariyada tahsil olgan, ammo ruhiy tushkunlikka tushib qolgani sababli bir marta oʻz joniga qasd qilishga uringan va sanatoriyada davolangan. Oxir-oqibat, Hesse gimnaziyani tugatadi va imtihonlarini 1893-yilda toʻliq topshirgan. Keyinchalik, u avtodidakt boʻlib qoladi va ilohiy risolalarga qiziqishi ortadi. Natijada, yunon mifologiyasini, Iogann Volfgang fon Gyoteni, Gottold Efraim Lessingni, Fridrix Shillerni va Fridrix Nitssheni ishtiyoq bilan oʻqiy boshlagan. Uning ilk sheʼriy va nasriy asarlari 1890-yillarda va 1900-yillarning boshlarida nashir qilina boshlangan. Uning ilk romani „Peter Camenzind“ romani 1904-yilda nashr etilgan.

1946-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini olgan.

Taʼlimi

tahrir

Hesse Esslingen am Neckardagi kitob doʻkonida shogirdlikni boshlaydi, lekin uch kundan soʻng u yerni tark etgan. Keyin, 1894-yil yozining boshida u Kalvdagi soat minoralari zavodida 14 oy davomida shogirdlik qiladi.

Yozuvchi boʻlishi

tahrir

1895-yil 17-oktyabrda Hesse Tyubingendagi ilohiyot, filologiya va huquq boʻyicha maxsus toʻplamga ega boʻlgan kitob doʻkonida ishlay boshlagan[7]. Hessening vazifasi kitoblarni tartibga solish, qadoqlash va arxivlashdan iborat boʻlgan. Har oʻn ikki soatlik ish kuni tugagandan soʻng, Hesse ijod qilishni davom ettirar va yakshanba kunlarini doʻstlar bilan emas, balki kitoblar bilan oʻtkazgan. Hesse avval teologik asarlarni, keyinchalik Gyote, Lessing, Shiller va yunon mifologiyasini oʻrgangan. U Nitssheni 1895-yilda oʻqishni boshlagan[8] va bu uning koʻpgina romanlariga katta taʼsir koʻrsatgan[9].

Oʻlimi

tahrir

Umrining soʻnggi yigirma yilida Hesse koʻplab qisqa hikoyalar (asosan bolaligi haqidagi xotiralar) va sheʼrlar (koʻpincha tabiat ularning mavzusi boʻlgan) yozgan. Shuningdek, Hesse yozishdan uzoqlashgani haqida istehzoli asarlar yozgan va koʻp vaqtini akvarelga boʻlgan qiziqishini izlashga sarflagan. Shuningdek, Hesse Nobel mukofoti natijasida olingan doimiy maktublar oqimi bilan mashgʻul boʻlgan. U 1962-yil 9-avgustda 85 yoshida vafot etgan va Gentilino shahridagi SantʼAbbondio qabristoniga dafn qilingan. U yerda uning doʻsti Hugo Ball va dirijyor Bruno Walter ham dafn etilgan[10].

Mukofotlari

tahrir
  • 1906: Bauernfeld-Preis
  • 1928: Venadagi Shiller jamgʻarmasining Mejstrik-Preis mukofoti
  • 1936: Gotfrid-Keller-Preis mukofoti
  • 1946: Gyote mukofoti
  • 1946: Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti
  • 1947: Bern universitetining faxriy doktori
  • 1950: Wilhelm Raabe adabiyot mukofoti
  • 1954: Pour le Mérite
  • 1955: Germaniya kitob savdosining Tinchlik mukofoti

Novellalari

tahrir
  • (1899) Eine Stunde hinter Mitternacht (An Hour after Midnight)
  • (1908) Freunde
  • (1914) In the Old Sun
  • (1916) Schön ist die Jugend
  • (1919) Klein und Wagner
  • (1920) Klingsors letzter Sommer (Klingsor’s Last Summer)

Romanlari

tahrir
  • (1904) Peter Camenzind
  • (1906) Unterm Rad (Beneath the Wheel shuningdek, The Prodigy nomi bilan ham nashr etilgan)
  • (1910) Gertrud
  • (1914) Roßhalde
  • (1915) Knulp (shuningdek , Three Tales from the Life of Knulp sifatida nashr etilgan)
  • (1919) Demian (Emil Sinclair taxallusi ostida nashr etilgan)
  • (1922) Siddhartha
  • (1927) Choʻl boʻrisi
  • (1930) Narziß und Goldmund (Narcissus and Goldmund,shuningdek , „Death and the Lover“ nomi bilan nashr etilgan)
  • (1932) Die Morgenlandfahrt (Journey to the East)
  • (1943) Das Glasperlenspiel (The Glass Bead Game; Magister Ludi nomi bilan ham nashr etilgan)

Qisqa hikoyalar toʻplamlari

tahrir
  • (1919) Strange News from Another Star (dastlab Märchen nomi bilan nashr etilgan) – 1913-1918 yillar orasida yozilgan
  • (1972) Stories of Five Decades (1899-1948 yillar orasida yozilgan 23 ta hikoya)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. 4,0 4,1 (unspecified title)
  5. 5,0 5,1 (unspecified title)
  6. (unspecified title)
  7. J. J. Heckenhauer.
  8. Freedman (1978) p. 69.
  9. Freedman (1978) p. 111.
  10. Mileck, Joseph. Hermann Hesse: Life and Art (en). Berkeley: University of California Press, 29 January 1981 — 360-bet. ISBN 978-0-520-04152-3.