Xmelnitskiy viloyati
Xmelnitskiy viloyati (1954 yilgacha Kamenets-Podolskiy) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 yil 22 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 20,6 ming km². Aholisi 1396 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar (90,8%); shuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 32%. Muhim shaharlari: Xmelnitskiy, KamenetsPodolskiy, Shepetovka, Slavuta. 20 tuman, 24 shaharcha bor. Markazi — Xmelnitskiy shahri.[1]
Tabiati
tahrirXmelnitskiy viloyati Podoliya qirlarining markaziy qismida joylashgan. Iklimi moʻʼtadil, kontinental. Yozi iliq va sernam; iyulning oʻrtacha tempaturasi 19,4°; qishi yumshoq, yanvarning oʻrtacha tempaturasi −5,6°. Yiliga 563-622 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 217 kun. Daryolari Dnestr, Janubiy Bug, Gorin, Sluch. Tuprogi, asosan, kam chirindili qoratuproq, podzollashgan krratuproq, sur va och sur tusli, qumoq, chimlipodzollashgan, chimlikarbonatli tuproklar. Xmelnitskiy viloyati, asosan, oʻrmonli dasht zonasida. Hududining 13,4% oʻrmon (dub, qayin, togʻterak, grab, zarang, joʻka oʻsadi). Quyon, tulki, boʻri, yelik, los, tiyin, kemiruvchilar bor.[1]
Iqtisodiyoti
tahrirOziq-ovqat sanoatida, ayniqsa, shakarqand tarmogʻi rivojlangan. Moysir korxonalari, goʻsht kombinatlari, sabzavotkonserva, pivo, qandolatpazlik sanoat tarmoqlari bor. Yengil sanoat tarmoklaridan movut ishlab chiqarish, tikuvchilik, trikotaj, koʻnattorlik, poyabzal, yigiruvtoʻquv tarmoklari rivojlangan. Stanoksozlik va asbobsozlik zavodlari, elektrotexnika, avtomatlashtirish va boshqaruv sistemasi vositalari priborsozligi, radiotexnika, traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, avtoagregat, mashinasozlik (yengil va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashinalar) zavodlari bor.
Qishloq xoʻjaligi gallachiliklavlagikorlik bilan sutgoʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Gʻalla, sabzavot va kartoshka, yemxashak, texnika ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik rivojlangan. Krramol, choʻchqa, qoʻy va parranda boqiladi. Hovuz baliqchiligi va asalarichilik bilan ham shugʻullaniladi. Transport yoʻli uzunligi 732 km. Dnestr daryosida kema qatnaydi. Xmelnitskiy shahri avialiniyalari orqali Kiyev, Lvov, Chernovsi va boshqa viloyatlar bilan bogʻlangan. 3 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, 2 teatr, filarmoniya bor.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |