Xoʻjakent manzilgohiOʻzbekistonning Toshkent vohasidagi muste davriga oid gʻor turidagi yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Toshkent shahridan 80 km shimoliy-sharqda Xoʻjakent qishlogʻi yaqinida,Chirchiq daryosining chap sohilidagi qoyatoshlar ostida joylashgan. Gʻorning balandligi 2.5 m, kengligi 6 m.1958-1959-yillarda A. P. Okladnikov hamda X.Nasriddinovlar tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan. Uning madaniy qatlami gʻorning ayrim joylaridagina saqlanib qolgan. Ilmiy ishlar jarayonida makondan 524 ta tosh qurollar topilgan. Shulardan 88 tasi paraqalar,49 tasi nukleuslar, qolganlaritosh uchirmalari va siniqlardir. Topilgan qurollar levallua-muste madaniyatiga xosdir. Topilgan qurollar Obirahmat hamda Teshiktosh makonlaridagi mehnat qurollariga oʻxshashdir.[1].

Manbalar

tahrir
  1. N. A. Egamberdieva. Toshkent—2011.26-bet.

.