Xoʻja Mayxona ota ziyoratgohi – Xoʼjamayxona katta darada joylashgan boʼlib, suvi Machaydaryoga borib quyiladi. Xoʼjamayxonani birinchi bor koʼrgan kishi beixtiyor chuqur xayolga botadi. Asrlar osha ana shu suvning bir maromda oqishi kishini ajablantiradi. Xoʼjamayxonani minglab qariyalar, sarkardalar, din peshvolari, shayx va hojilar kelib, ziyorat qilib ketgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Sohibqiron Amir Temur ham ushbu ziyoratgohga kelib, ziyorat qilgan. Xoʼjamayxonada Boysundan borishda chap tomonda Hazrati Baxovuddin Balogardon chillaga oʼtirgan joylari, oʼng tomonida esa Hazrati Mil Kulol chillaga oʼtirgan joylari belgisi bor. Xoʼjamayxona mozorining atrofi qalin daraxtlar bilan oʼralgan. Suv zovning tubidan chiqib, aylanib 3 ta togʼ zinasi orqali daryoga qoʼshiladi[1].

Manbalar

tahrir