Xol Xudoyqulov
Xol Jumayevich Xudoyqulov (1951-yil 3-oktyabr, Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (2008), professor.
Xol Jumayevich Xudoyqulov | |
---|---|
Tavalludi |
3-oktyabr 1951-yil Boysun tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog |
Sohasi | pedagogika |
Taʼlimi | Buxoro davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirXol Xudoyqulov 1951-yil 3-oktyabr Boysun tumanidagi Pasurxi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan[1]. Uch yoshida oilasi bilan Shoʻrchi tumanidagi „Komsomol 30 yillik“ sovxoziga (hozirgi Qumqoʻrgʻon tumani) koʻchib kelishgan, otasi Xudoyqulov Juma oddiy dehqon, onasi Ismoilova Xosiyat uy bekasi boʻlgan. 1967—1971-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutining „Boshlangʻich taʼlim metodikasi“ fakultetida tahsil olgan. 2001—2003-yillarda Toshkent avtomobil yoʻllar instituti „Pedagogika va psixologiya“ kafedrasi dotsenti, 2003-2006-yillarda Toshkent davlat aviatsiya instituti „Ijtimoiy-gumanitar fanlar“ kafedrasi dotsenti, 2006—2013-yillarda Toshkent temir yoʻl muhandislar instituti „Texnik taʼlim pedagogika“ kafedrasi dotsenti, 2013—2018-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti „Pedagogika, psixologiya va oʻqitish metodikasi“ kafedrasi dotsent va professor vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan. 2018-yildan Oʻzbekiston Milliy universiteti „Pedagogika va umumiy psixologiya“ kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirXol Xudoyqulov 1991-yilda „Boshlangich sinf oʻquvchilarini ishtimoiy foydali mehnat orqali tarbiyalash“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2008-yilda „Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini tarbiyalashda iqtisodga oid tushunchalarni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Turon Fanlar akademiyasi akademigi (2018). Xol Xudoyqulov 10 dan ortiq oʻquv qoʻllanma, 10 ta monografiya, 20 ta uslubiy qoʻllanma, 130 tadan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].