Xolesistektomiya (yunonchadan: chole – oʻt, cyst – pufak , ectomy - olib tashlash) – oʻt pufagini olib tashlash operatsiyasi. Jarrohlik aralashuvisiz konservativ usullarning rivojlanishiga qaramasdan, xolesistit uchun asosiy davolash usuli boʻlib qolmoqda. Xolesistektomiya parxezlar va ultratovush usullari foyda bermagan taqdirda buyuriladi (har yili Amerikada 500 000 dan ortiq xolesistektomiya operatsiyalari oʻtkaziladi).

Laparoskopik xolesistektomiya (laparoskop orqali koʻrinishi)
Operatsiya vaqtidagi xolangiografiya

Turlari

tahrir

Xolesistektomiyaning odatda ikki turi amalga oshiriladi:

  • Oʻt pufagi boʻynidan xolesistektomiya (oʻt yoʻli va oʻt pufagi arteriyasini bogʻlash va kesish orqali).
  • Oʻt pufagi tubidan xolesistektomiya: oʻt yoʻliga kirishning imkoni boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.

Laparoskopik xolesistektomiya

tahrir

Ushbu operatsiya narkoz ostida oʻtkaziladi. Laparoskopik xolesistektomiya qorin devorida teshiklar hosil qilish orqali amalga oshiriladi. Eng koʻp qoʻllaniladigan jarrohlik texnikasi toʻrtta teshik hosil qilish orqali bajariladi, ulardan ikkitasi 5 millimetr uzunlikda, qolgan ikkitasi 10 millimetr uzunlikda boʻladi. Ushbu teshiklar orqali qorin boʻshligʻiga jarrohlik asboblari, shuningdek, laparoskop – monitorda ichki organlarning uch oʻlchovli tasvirini koʻrsatadigan maxsus qurilma kiritiladi. SILS va NOTES texnologiyasidan foydalangan holda bitta kesmali xolesistektomiya oʻtkazish usuli ham mavjud[1].

Oqibatlari

tahrir

Aksariyat hollarda xolesistektomiya salbiy oqibatlar uchramaydi. Dislipoproteinemiya xavfi ortishi mumkin. Oʻt pufagidagi toshlar tufayli xolesistektomiya qilingan bemorlarning taxminan 40 foizida operatsiyadan keyin postxolesistektomik sindrom namoyon boʻladi. Postxolesistektomik sindrom belgilariga xolesistektomiya operatsiyasidan oldin boʻlgan baʼzi klinik belgilarning qayta namoyon boʻlishi (fantom ogʻrigʻi va boshqalar) va Oddi sfinkteri disfunksiyasi misol boʻladi[2]. Terapiyadagi kamdan-kam uchraydigan, ammo juda ogʻir asoratlardan biri bu umumiy oʻt yoʻlining shikastlanishi (kesilishlari), xolelitiaz tufayli oʻt pufagi olib tashlangan bemorlarning 0,05-2,7 foizida kuzatiladi. Bunday holda, xoledoxoyeyunostomiya – umumiy oʻt yoʻlining och ichakka tikish amaliyoti oʻtkaziladi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir