Xolidjon Komilov

Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi

Xolidjon Komilov (1945-yil, 5-yanvar; Toshkent shahri) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.

Xolidjon Komilov
Tavalludi 5-yanvar 1945-yil (1945-01-05) (79 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat meditsina instituti
Dini Islom
Unvoni Tibbiyot fanlari doktori, professor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni Oʻzbekiston qahramoni

Tarjimai holi

tahrir

Xolidjon Komilov 1945-yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1968-yilda Toshkent davlat meditsina institutini bitirgan. 1988-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining oftalmologiya kafedrasi mudiri boʻlgan. 2015—2019-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlgan. 1972-yilda Xolidjon Komilov Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 223 ta ilmi ish muallifi: 2 ta monografiya, 8 ta uslubiy qoʻllanma muallifi. Bundan tashqari Komilov 3ta fan doktori va 23 ta fan nomzodining ustozi hisoblanadi[1].

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 166.
  2. „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.

Adabiyotlar

tahrir

Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.