Xoliqiy Muhammadjon
Xoliqiy Muhammadjon (1890-yil, Qoʻqon — 1938-yil 18-noyabr, Buxoro viloyati) — maʼrifatparvar pedagog.
Xoliqiy Muhammadjon | |
---|---|
Tavalludi |
1890-yil |
Vafoti |
18-avgust 1938-yil (48 yosh) Buxoro viloyati, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Kasbi | Oqituvchi |
Biografiyasi
tahrirMuhammadjon Xoliqiy 1890-yilda Qo‘qonda tug‘ilgan, dastlab Qo‘qon madrasalaridan birida tahsil olgan, so‘ngra Buxoro madrasasida o‘qishni davom ettirgan. Buxoroda jadidchilik g‘oyalari bilan tanishgan, mashhur jadidchilar bilan yuzma-yuz suhbat qurgan. 1910 yil oʻz uyida yangi usul maktabini ochgan va bolalarni oʻqitgan; shoir Charxiy shu maktabda oʻqigan. 1917 yil Koʻqondagi „Taʼlimi maorif“ („Maorif tarqatish“) jadidlar tashkilotida sarkotib boʻlgan. 1917—26 yillarda Qoʻqondagi dorilmuallimin (1920-yildan taʼlimtarbiya texnikumi)da husnixat, ona tili va adabiyotdan dare bergan; dorilmualliminda yozuvchi Abdulla Qahhor, akad.lar T. Zohidov, J. Saidov oʻqigan. Ayni paytda 1918—28 yillarda Qoʻqondagi 11maktabda oʻqituvchi. 1929—30 yillarda va 1937-yildan millatchilikda ayblanib, hibsda boʻlgan. Turmada vafot etgan. 1913-yildan jadid matbuotida ilmmaʼrifatga doir maqolalarini eʼlon qilgan. „Turkiy alifbo“ darsligi (1916), „Jumhuriyat nima?“ (1917) risolasi muallifi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |