Xonandalik uslubi
Xonandalik uslubi - vokal musiqa asarlarini ijro etish yoʻli. Xonanda ovozini chiqarish va ishlatish usullari, ovozning tuyey, kenglik koʻlami, kuchi, jarangdorligi va boshqa sifatlar bilan ajralib turadi. Yevropa professional vokal sanʼatida tovushni koʻkrakdan, tanglaydan chiqarish kabi usullar qoʻllanadi (qarang Belkanto). Oʻzbek va tojik anʼanaviy ashulachiligida binigi (dimogʻdan chiqariladigan ovoz), guligi (tomoqdan chiqariladigan ovoz), ishkami (koʻkrakqorin diafragmasi vositasida hosil qilinadigan ovoz) usullari mavjud. Asosiy Xonandalik uslubilari: kuychan uslub, unda keng, ravon ohangdorlik — kantilena asosiy oʻrin egallaydi; deklamatsiya uslubi — nutq intonatsiyasiga yaqin (rechitativ); koloraturali uslub, unda kuylash oʻz xarakteriga koʻra kuyning sozdagi ijrosiga yaqin boʻladi va xonandalikning tekst bilan aloqasi bir oz yoʻqoladi (yana qarang Xonanda ovozi, Musiqa ijrochiligi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |