Xopyor
Xopyor — Rossiya Federatsiyasidagi daryo, Don daryosining chap irmogʻi. Penza, Saratov, Voronej va Volgograd viloyatlari hududida. Uzunligi 979 km. Havzasining maydoni 61,1 ming km². Volga boʻyi qirlari yon bagʻridan boshlanib, oʻrqi^ yerlardan keng vodiy boʻylab oqadi. Ung qirgʻogʻi baland (120 m) va tik, jar koʻp. Chap qirgʻogʻi kiya va past (10–30 m). Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyidan 45 km da 150 m³/sek. noyabr—dek.da muzlab, aprel da muzdan boʻshaydi. Asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Novoxopyorsk shahrigacha kema qatnaydi. X. boʻyida Balashov, Novoxopyorsk, Uryupinsk sh.lari joylashgan. X.ning quyi oqimi vodiysida Xopyor qoʻriqxonasi bor.
Xopyor | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 979 |
Maydoni | 61 100 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Xopyor |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |