Moniylik tavbanomasi
Moniylik tavbanomasi (Xuastuanift) — 3-6 asrlar.
Moniylik qadimgi turkiy xalqlar eʼtiqodida alohida oqim boʻlib, «Xuastuanift» («Moniylik tavbanomasi») uning nazariy manbasi va diniy yodgorligidir. Bu yodgorlik 5-6 asrlarda qadimgi uygʻur qavmlarida shakllangan.
Moniylik oqimining asoschisi Moniy ibn Fatak (216—277) dir. «Xuastuanift» Moniy jamoasi aʼzolarining madhiyasi va nizomi hamdir.
Asar «Avesto»dagi obrazlarni hamda zardushtiylikning keyingi davridagi mifologik qahramonlarni oʻz ichiga olgani, bu obrazlarning mohiyatini oʻzgartirmagan holda davom ettirgani bilan diqqatga sazovor. Tana sevgisi moddiy olamdagi boyliklarga ruju qoʻyishga olib keladi va ruhiy olamdagi boylik — nurdan uzoqlashishga sabab boʻladi. Moddiy olam esa Moniy jamoasi uchun yovuzlik makonidir. Shu boisdan ham moddiy olam yovuzlik va zulmat bilan uygʻunlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Moniylik sheʼrlarida Moniy shaxsiyati va u yaratgan oqim madh qilinadi. Moniylik oqimidagi qadimgi turk sheʼriyati Aprinchur tigin kabi shoirlarni yuzaga chiqardi.
Nashr qilingan manbalar:
tahrirZ. Asmussen. Xuastuanift. Kopenhgagen, 1960.
Ilmiy adabiyot:
tahrirL.Yu. Tugusheva. Poeziya drevnix uygurov. «Tyurkologicheskiy sbornik», — M.: 1972.
N. Rahmonov. Ruhiyatdagi nur murodi. «Sharq Yulduzi» jurn, 2001, # 3.