Humoyun Murtozoyev
Xumoyun Murtozoyev (1992-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Turon“ hujumchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Xumoyun Abdusomad o'gli Murtazoyev | ||
Tavallud sanasi | 9-noyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Qashqadaryo, Uzbekistan | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | FC Bunyodkor | ||
Raqami | 92 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Mashʼal | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | Shoʻrtan | 30 | (12) |
2015—2019 | Mashʼal | 98 | (31) |
2019 | Nasaf | 26 | (14) |
2020 | → Bunyodkor (Ijara) | 7 | (1) |
2020—2021 | Mashʼal | 22 | (7) |
2021—… | Turon | 38 | (16) |
Milliy terma jamoa | |||
2020- | Oʻzbekiston | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (25-noyabr uchun) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirMuborakning „Mashʼal“ klubi akademiyasi tarbiyalnuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi debyutini 2012-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida boshlagan. 2014-yil Muborakliklar safiga qaytdi va 2019-yilgacha „Mashʼal“ klubi sharafini himoya qildi. 2019-yilda Qashqadaryoning bosh jamoasi „Nasaf“ klubi jamoasi tarkibiga oʻtdi.[1] 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi taklifini qabul qilib, qaldirgʻochlar safiga oʻtdi,[2] ammo „Bunyodkor“ safida oʻz oʻyinlariga kirishib ketolmadi va yozgi transfer oynasida „Mashʼal“ jamoasi safiga oʻtdi.[3] 2021-yil yozgi transfer oynasida Yaypanning „Turon“ Jamoasi safiga oʻtdi va hozirda yaypanliklar sharfini himoya qilmoqda.[4][5][6]
Xalqaro
tahrirU 2020-yil 23-fevral kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekistonning asosiy jamoasi safida debyut qilgan.
Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2020 | 1 | 0 |
Jami | 1 | 0 |
2020-yil 23-fevralda o‘tkazilgan o‘yindagi aniq statistika.
Yutuqlari
tahrir- Oʻzbekiston Pro ligasi Chempioni: 2014
- Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin: 2018
- Oʻzbekiston Pro ligasi Uchinchi oʻrin: 2022
- Oʻzbekiston PFL kubogi Ikkinchi oʻrin: 2015
Manbalar
tahrir- ↑ „“Насаф” янги футболчиларни таништирди“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „“Бунёдкор” кучайишда давом этади. Ҳумоюн Муртозаев, Абдураимов ва Пардаев "қалдирғочлар" сафида“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Муртозаев ва Абдураимов "Машъал"да ўйнайди“. 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „Ҳумоюн Муртозаев ва Сардор Абдураимов "Турон"га ўтди“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „"Турон" янги футболчиларини таништирди“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.
- ↑ „"Турон"нинг тўп "машина"си тўхтамаяпти“. 2022-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.