Xurritlar
Xurritlar, xurriylar — til jihatidan urartlarga qardosh boʻlgan qad. qabilalar. Shim. Mesopotamiya va Dajla daryosining soʻl irmoklari havzasida mil. av. 3ming yillikdan, mil. av. 2ming yillikdan esa Furot daryosining yuqori va oʻrta havzasida, Suriya, Tavr togʻlari, qisman Falastinda va boshqa yerlarda yashaganlar. X.ning eng koʻp tarkalgan markazi Zakavkazye boʻlgan degan taxminlar mavjud. Suriya va Mesopotamiyada X. somiylar bilan aralash yashashgan. Mil. av. 16 —13-asrlarda X. Shimoliy Mesopotamiyada Mitanni davlatini barpo etib, Xett podsholigita kuchli taʼsir koʻrsatgan. Mil. av. 2 —1-ming yillik boshidagi ossuriy manbalarida X. subareylar deb qayd etilgan. Mil. av. 1-ming yillikda X. Armaniston togʻlari atrofida tarqoq holda yashashgan. X. mixxat yozuvidan foydalanishgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |