Xusrav masjidi arabcha Xusreviya masjidi (arabcha: جَامِع الْخُسْرُوِيَّة; turkcha: Hüsreviye Camii) Suriyaning Halab shahridagi masjid majmuasidir. U Qal’aning janubi-sharqida joylashgan. Masjid Husrev Posho tomonidan Sulton Sulaymon I davrida Halab hokimi boʻlgan vaqtda foydalanishga topshirilgan[1].

Masjid
Xusreviya masjidi
Hüsreviye Camii
جَامِع الْخُسْرُوِيَّة
Mamlakat  Suriya
Hudud Levant
Shahar Halab
Koordinatalar 36°11′49″N 37°09′38″E / 36.196944°N 37.160694°E / 36.196944; 37.160694
Meʼmoriy uslub Usmoniylar arxitekturasi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Asosiy sana:
1547-yil
Yopilgan sanasi 2014-yil
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali tosh
Holati Buzib tashlangan

Suriyadagi fuqarolar urushi davrida qarovsiz qolgan masjid 2014-yil avgust oyida Halab jangida dinamitlar bilan butunlay vayron qilingan[2].

Arxitekturasi

tahrir
 
Qal’adan koʻrinish

Majmua masjid, madrasa, sayohatchilar uchun xonalar, umumiy oshxona, doʻkonlar va boshqa inshootlardan iborat boʻlgan. Xusreviya majmuasi taniqli saroy meʼmori Meʼmor Sinan tomonidan loyihalashtirilgan[3].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Eyice, Semavi „Hüsreviyye Camii“, . TDV İslâm Ansiklopedisi (tr), Istanbul, 1999 — 57–58-bet. 
  2. „İç Savaşta Yok Olan Halep Hüsreviye Külliyesi“ (tr). MozartCultures (2021-yil 3-may). Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  3. Jami' wa-Madrasa al-Khusruwiyya Archnet Digital Library.