Yahyo Imomov
Yahyo Qurbonmurodovich Imomov (1989-yil 24-dekabrda tugʻilgan, Surxondaryo viloyatining Denov tumani[1], Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi, 81 kg vazn toifasida ishtirok etadi. XXX yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionati gʻolibi, dzyudo boʻyicha Gran-pri va “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi va sovrindori[2].
Yahyo Qurbonmurodovich Imomov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
24-dekabr 1989-yil Denov tumani, Surxondaryo viloyatining |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyodo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Toshkent 2012 | 81kg gacha |
Gran-pri | ||
Bronza | Toshkent 2017 | 81kg gacha |
Oltin | Toshkent 2016 | 81kg gacha |
Oltin | Budapesht 2015 | 81kg gacha |
Kumush | Toshkent 2014 | 81kg gacha |
Bronza | Abu-dabi 2013 | 81kg gacha |
Bronza | Toshkent 2013 | 81kg gacha |
Sport faoliyati
tahrirImomov Yahyo 2012-yilda dzyudo boʻyicha Toshkentda (Oʻzbekiston) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 81 kilogramm vazn toifasida yarim finalda Koreya Respublikasi boʻlajak chempion Kim Je Bomga yutqazib qoʻygandi. Keyinchalik Imamov taskin beruvchi raundda qozogʻistonlik dzyudochi Islom Bozbayevni magʻlub etib, qit’aning bronza medalini qoʻlga kiritadi[3]. Imomov Londonda boʻlib oʻtgan (Buyuk Britaniya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 81 kg vazn toifasida 1/16 finalda Kim Chje Bom bilan boʻlgan bellashuvda imkoniyatni boy berdi[4][5]. U Moskvada (Rossiya) boʻlib oʻtgan “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnirda finalda rossiyalik dzyudochi Murat Xabachirovga magʻlub boʻlib, kumush medal olishga sazovor boʻladi.
U 2013-yilda Parijda (Fransiya) boʻlib oʻtgan "Katta dubulgʻa" turnirida 81 kg vazn toifasida finalda gruziyalik dzyudochi Avtandil Chrikishvilini magʻlub etadi[6]. Qozon shahrida (Rossiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada 81 kg vazn toifasida finalda yaponiyalik Takonori Nagasaga yutqazib, kumush medal sohibi boʻladi[7]. Soʻng u Abu-Dabi (BAA)dagi Gran-prida bronza medalini qoʻlga kiritadi[8].
Yahyo Imomov 2014-yilda dzyudo boʻyicha Toshkentda oʻtkazilgan Gran-prida finalda yunonlik dzyudochi Roman Mustopulosga (hozirgi Vedat Albayrak) imkoniyatni boy bergan edi. 2015-yilda Budapeshtda (Vengriya) dzyudo boʻyicha Gran-prida birinchi oʻrinni egallagan[9], 2016-yilda Toshkentdagi bellashuvda unga yana omad kulib boqadi. Imomov 2017-yilda dzyudo boʻyicha Toshkentda oʻtkazilgan Gran-pri musobaqasida u bor-yoʻgʻi bronza medalini olishga muvaffaq boʻladi[10].
Manbalar
tahrir- ↑ „Поздравляем Муминжона Абдуллаева и Яхё Имамова“ (ru). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „«Якка кураш олами – Мир единоборств»“ (ru). 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „JUA Continental Championships 2012 (UZB Tashkent, 27-28 April 2012)“ (en). Judo Union Of Asia (2012-yil 30-aprel). 2020-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Yakhyo Imomov Bio, Stats, and Results“ (ru). Sports-Reference.com (2020-yil 18-aprel). 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Olympedia – Half-Middleweight (≤81 kilograms), Men“ (en). Olympedia.org. 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Дзюдоист Яхё Имамов завоевал золотую медаль в Париже“ (ru). UzDaily.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Яхё Имамов выиграл серебряную медаль Универсиады“ (ru). UzDaily.uz. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Узбекские дзюдоисты завоевали пять медалей в ОАЭ“ (ru). Газета.uz (2013-yil 25-noyabr). 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Яхья Имамов 90 кг (Узбекистан)— путь к финалу "Гран- При" Будапешт 2015“ (ru). Дзюдо Краматорск. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Yakhyo IMAMOV“ (en). IJF.org. 2021-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.