Yakkabogʻ
Yakkabogʻ — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida joylashgan shahar, tuman markazi hisoblanadi. Yakkabogʻ 1978-yildan shahar maqomini olgan.
Yakkabogʻ | |
---|---|
shahar | |
38°58′48″N 66°40′48″E / 38.98000°N 66.68000°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Yakkabogʻ tumani |
Hukumat | |
Aholisi | 22 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 181400[1]181401, 181402 |
Avtomobil kodi | 70 |
|
Etimologiyasi
tahrirShahar nomi yakka va bogʻ soʻzlari qoʻshilishidan tarkib topgan. Yakka soʻzi yolgʻiz va tanho soʻzlariga sinonim tarxda qoʻllanadi. Bogʻ soʻzi esa asl soʻgʻdiycha soʻz boʻlib, bu tilga eski turkiy tildan oʻtgan. Dastlab bogʻ faqatgina tok, tokzor, uzumzor maʼnosida qoʻllangan boʻlsa, keyinchalik koʻplab mevali daraxtlar ekilgan hudud maʼnosida ham ishlatila boshlangan.
Yakkabogʻ bu yaqin atrofida bogʻ-u rogʻlar boʻlmagan, devor bilan oʻrab olingan hudud degan maʼnoni anglatadi[2].
Oʻxshash nomli joylar
tahrirQashqadaryo viloyatida 1926-yilda tashkil etilgan tuman, mazkur tumanning maʼmuriy markazi, 1916-yilda qurib bitkazilgan temir yoʻl bekati va Qarshi shahri janubida joylashgan qishloq Yakkabogʻ nomi bilan ataladi. Shuningdek, Qashqadaryo daryosiga quyiluvchi daryolardan biri ham aynan Yakkabogʻ daryosidir. respublikada shu nomli koʻchalar ham mavjud.
Joylashuvi
tahrirYakkabogʻ Qashqadaryo viloyatining maʼmuriy markazi (Qarshi) va eng yaqin temir yoʻl stansiyasidan 95 km sharqda joylashgan.
Iqlimi
tahrirYakkabogʻ shahrining iqlimi kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −1 ° C, eng past harorati esa −25 ° C ga teng. Iyul oyining oʻrtacha harorati 28,5 ° C, eng yuqori harorat 44 ° C. Yillik oʻrtacha harorat 15 ° C ni tashkil etadi.
Aholisi
tahrirAholisi 22,3 ming kishi (2003-yil).
Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishi, Yakkabogʻ shahrida 2016-yil 1-yanvarda 220.6 ming nafar aholi istiqomat qilgan[3].
Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Shuningdek, bu hududda boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi.
Sanoati
tahrirShahar sanoatining asosini paxtachilik va chorvachilik singari qishloq xoʻjalik tarmoqlari boshqaradi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash ham muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiyoti
tahrirYakkabogʻ shahrida paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, toʻqimachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Oʻzbekiston — Germaniya „Yakkabogʻteks“ qoʻshma korxonasi faoliyat olib boradi.
Ijtimoiy soha
tahrir105-sonli umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa, sport maktablari, 2 ta maktab-internat, 9 ta kasb-hunar kolleji, 3 ta kutubxona, shahar madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. 2 ta kasalxona, markaziy va tish davolash poliklinikalari, tugʻruqxona, dorixonalar, paxta tozalash zavodi profilaktoriysi aholiga xizmat koʻrsatadi. Yakkabogʻ shahri bilan qoʻshni tuman markazlari va Qarshi shahri oraligʻida avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan[4].
Adabiyotlar
tahrir- „Yakkabogʻ“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 9-jild (Toʻychi Hofiz — Sharshara). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 704-bet.
Manbalar
tahrir- ↑ „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
- ↑ To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 337-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 142-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
- ↑ "Yakkabogʻ" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |