Yangi Mirishkor
(Yangi mirishkordan yoʻnaltirildi)
Yangi Mirishkor — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi qishloq, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Koson (33 km). Yangi Mirishkordan viloyat markazi (Qarshi shahri) gacha 43 km. Aholisi 3 ming kishi (2005). Umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, avtokorxona, MTP, paxta tozalash zavodi, kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Musiqa maktabi, madaniyat va istirohat bogʻi, 2 sport inshooti mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar bor.[1]
Yangi Mirishkor | |
---|---|
shahar | |
38°51′5″N 65°16′40″E / 38.85139°N 65.27778°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Mirishkor tumani |
Aholisi | 3 800 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |