Yanglish Egamova (1943—2017) — tarjimon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1943-yilning 2-mayida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi  Olchin qishlog‘ida tavallud topgan[1]. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining xorijiy filologiya fakultetida tahsil olgan. Tarjima nazariyasi va til ilmiga oid bir qancha ilmiy maqolalar muallifi. Nemis allomasi Iogan Volfgang Gyote asarlari tarjimasi bilan mashhur[2]. U taniqli navoiyshunos olim Vahob Rahmonovning turmush oʻrtogʻi boʻlgan.

Yanglish Egamova
Tavalludi 2-may 1943-yil
Vafoti 2017-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Kasbi tarjimon
Turmush oʻrtogʻi Vahob Rahmonov

Tarjimonlik faoliyati

tahrir

Yanglish Egamova 1975-yilda Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" romanini oʻzbek tiliga oʻgirib, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirgan. Keyinchalik Bruno Apitsning „Qashqirlar changalida“ romani, Volfgang Borxertning hikoyalari, Firts Vyurtlening Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi „Andijon shahzodasi“ qissasi, Gyotening „Muhabbatnoma“ nomli saylanma kitobi, „Yosh Verterning iztiroblari“ (qayta nashr), „Hamroz dillar“ romanlari uning tarjimasida chop etilgan. Yohann Peter Ekkermanning Gyote hayoti va ijodiga bag‘ishlangan „Gyote bilan gurunglar“ nomli yirik kitobi ham Yanglish Egamova tarjimasida nashr etilgan[3].

„Badiiy tarjima — yuksak sanʼat. Tarjimon esa, xuddi yozuvchi singari sanʼatkor. U boshqa tilda bi­tilgan badiiy asarni shakl va mazmun birligini saqlagan holda oʻz ona tilida qayta yaratadi. Ular oʻrtasidagi farq shundaki, yozuvchida erkinlik katta: u istagan mavzuda, istagan uslubda, istagan soʻz va iboralarni qoʻllab yozaveradi. Biroq tarjimon imkoniyatlari cheklangan, u tarjima qilayotgan asar mavzusi, gʻoyasi, muallif maqsadi, uslubi, til xususiyatlaridan chetga chiqolmaydi, shu imkoniyatlar doirasida oʻz tili qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda asarni qaytadan oʻz tilida yozib chiqadi“. — Yanglish Egamova[4]

Vafoti

tahrir

Taniqli tarjimon va olima Yanglish Egamova 2017-yilda vafot etgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Yanglish Egamova (1943-2017)“ (2022-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  2. „Yanglish Egamova (1943-2017)“ (2017-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  3. „Янглиш Эгамова (1943-2017)“ (2017-yil 7-fevral). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  4. „Tarjimonlik sanʼatkorlikdir“ (2017-yil 24-iyul). 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  5. „2017-yilda vafot etgan o‘zbekistonlik davlat va jamoat arboblari“ (2017-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.