Yaskaksuv
Yaskaksuv — Tojikiston Respublikasining Sugʻd viloyatidagi soy, Shoʻrbuloqsoy chap irmogʻi. Uzunligi 20 km, suv yigʻish mayd. 130 km². Turkiston tizmasining shim. yon bagʻridagi Usmonjaylov degan joydan (bal. 2500 m) boshlanadi. Asosiy irmoklari: chapdan — Qoʻrgʻontepasoy, oʻngdan — Koʻlqoʻtonsoy. Qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Shahriston qishlogʻidan 2 km yuqorida) 0,12 m³/sek. Aprel — avgust oylaridagi toʻlinsuv davrida suvi Shahriston qishlogʻi dala ekinzorlarini sugʻorishga sarflanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |