Yasmina Omar-Mun
Bu sahifani tezda oʻchirish taklif etiladi.
Sababi: VP:TOʻM#M6 va VP:TOʻM#U10. Agar ushbu sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni munozara sahifasida qoldiring. Sahifa muallifiga: Mazkur ogohlantirish xabarini aslo oʻzingiz olib tashlamang.Administratorlarga: bu yerga ishoratlar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • oʻchirish Bu sahifa oxirgi marta Madaniyat.tahrir (hissasi | qaydlar) tomonidan 14:11, 28-noyabr 2024 (UTC) (16 soniya avval) da tahrir qilingan. |
Yasmina Omar-Mun (2002-yil 29-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbek mumtoz musiqasi ijrochisi, respublika va xalqaro tanlovlar gʻolibi. U Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek Milliy musiqa sanʼati instituti bitiruvchisi boʻlib, oʻzining noyob ovoz tembri va ijrochilik mahorati bilan xalqaro maydonda tanilgan.
Yasmina Omar-Mun | |
---|---|
Tavalludi |
29-avgust 2002-yil |
Kasbi | Xonanda |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Yasmina 7-umumtaʼlim maktabini tamomlab, Toshkentdagi 21-sonli fortepiano va anʼanaviy sanʼat musiqa maktabida olgan. Maktab davridayoq bir qator respublika tanlovlari laureati boʻlgan.
Keyinchalik V.Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqiy litseyda anʼanaviy ijrochilik yoʻnalishida tahsil olib, ushbu muassasani tamomlagan. Taʼlimini Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa institutida davom ettirgan. U institutda oʻqish davrida ijrochilik va ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanib, davlat va xalqaro darajadagi tadbirlarda faol ishtirok etgan.[1]
Ijodiy yutuqlari
tahrir- “Yulduzcha” teleloyihasi;
- “Yevroosiyo ritmlari” xalqaro tanlovi;
- “Isteʼdod” tanlovi;[2]
- Respublika yosh ijrochilar tanlovi. [1]
Davlat mukofoti
tahrir2022-yilda Yasmina Omar-Mun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti — “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. [3][1]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 Omar-Mun, Yasmina (2024.11.26). „"MAQOM KUYLAB, MAQOMIM OSHDI"“. jadid.uz. doi:10.34920/2181-8207/2022/3-026. Qaraldi: 2024.11.28.
- ↑ „Samarqand viloyati hokimligi“ (2021-yil 25-sentyabr). 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
- ↑ „President.uz“ (2022-yil 5-mart). 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.