Yazgʻulom
Yazgʻulom — Tojikiston Respublikasi Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi daryo. Panj daryosining oʻng irmogʻi. Yazgʻulom tizmasining shim. yon bagʻrida joylashgan Yazgʻulom va Vanj togʻlari orasida tor oʻzanda oqib oʻtib Panj daryosiga quyiladi. Uzunligi 80 km, havzasining mayd. 1970 km². Yuqori qismida Rakzou, undan pastroqda (Obirakeru irmogʻining quyilish joyiga qadar) Mozordara deb ataladi. Ya. muz va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi (Motravi qishlogʻi yonida) 37 m³/sek. Eng koʻp suvi (60,7%) yozda oqib oʻtadi, eng kami (7,7%) qishga toʻgʻri keladi. Tez oqqanligi tufayli qishda muzlamaydi. Faqat, qirgoqlari qisman muzlab, shovush (muz parchalari) oqishi mumkin. Ya. ga umumiy uz. 190 km gacha boʻlgan 80 ga yaqin irmoq quyiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |