Yekatrina Andreyeva
Yekaterina Mixaylovna Andreyeva (polyakcha: Katarzyna Andrejewa-Prószyńska, 1941-yil 19-dekabr, Toshkent – 2008-yil 18-sentyabr, Polsha) – sovet va polshalik araxnolog. U fan uchun birinchi marta oʻrgimchaklarning bir necha oʻnlab yangi turlarini kashf etgan va tasvirlab bergan.
Yekatrina Andreyeva | |
---|---|
Tavalludi |
1941-yil 16-noyabr Toshkent, O'zbekiston SSR |
Vafoti |
2008-yil 18-sentyabr Grodziski viloyati, Polsha |
Fuqaroligi | SSSR, Polsha |
Taʼlimi | Sankt-Peterburg davlat universiteti |
Kasbi | araxnolog |
Unvoni | fan nomzodi |
Biografiyasi
tahrirYekaterina Mixaylovna 1941-yil 16-noyabrda Toshkent (Oʻzbekiston SSR, SSSR) shahrida tavallud topgan va bolaligining bir qismini Samarqandda oʻtkazgan. Uning buvisi Mariya Vikentyevna Yasevich polshalik boʻlgan, lekin 1880-yillarning oxirida siyosiy faoliyati uchun Oʻrta Osiyoga surgun qilingan, u yerda yer tuzish ishlari mutaxassisi Konstantin Pisarchikka turmushga chiqqan. Mariya toʻrt farzandni, jumladan, Andreyevaning onasi Antonina Konstantinovnani (1907–1995) dunyoga keltirgan. Antonina Konstantinovna Toshkent universitetining etnografiya fakulteti talabasi boʻlgan va keyinchalik shu universitetning etnografiya professori Mixail Stepanovich Andreyevga (1873–1948) turmushga chiqqan. Ularning qizi Yekaterina Andreyeva 1941-yilda Toshkentda tavallud topgan, 1946-yilda esa onasi bilan Tojikistonning Dushanbe shahriga koʻchib kelgan. Onasi uni Tojikiston boʻylab etnografik ekspeditsiyalarda sayohat qildirgan[1].
Andreyeva 1960-yilda mahalliy universitetda biologiya boʻyicha oʻqishni boshlagan va u yerda Tojikistonda yashovchi oʻrgimchaklarni tadqiq qilgan. Bu davrda Markaziy Osiyoda oʻrgimchaklari boʻyicha mutaxassislar yoʻq edi. 1966-yilda universitet kursini tamomlagan va 1971-yilda Tojikistonda biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Yekaterina Pomir biologik institutida (Dushanbe) ishlagan va yiliga bir necha oy Pomirda boʻlgan, shuningdek Leningrad universitetining entomologiya kafedrasida ishlagan. Qozogʻistonda professor Viktor Tishenko boshchiligida oʻrgimchaklar ustida ishlagan. Shuning uchun Yekaterina Leningrad araxnologik maktabining vakili deb atalgan[2].
Andreyevna 2008-yil 18-sentabrda Polshaning Milanuvek shahrida ogʻir jarrohlik vaqtida vafot etgan. Undan ikkita oʻgʻil farzandi qolgan[3].
Karyerasi
tahrirAndreyeva 1966-yildan 1971-yilgacha oʻrgimchaklarni Oʻrta Osiyoda, ayniqsa baland togʻli hududlarda yigʻgan. 1972-yil sentyabr oyida polshalik araxnolog Jerzy Prószyńskiga turmushga chiqqan va Polshaga koʻchib ketgan. Uning Polshaga koʻchib oʻtishining asosiy sababi SSSRda taksonomiyani oʻrganish uchun eng yaxshi joy hisoblangan Leningraddagi Zoologiya institutida ish topa olmaganligi boʻlgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Prószyński, Jerzy (2008). "In memory of Ekaterina Mikhailovna Andreeva (Katarzyna Andrejewa-Prószyñska)". Arthropoda Selecta 17 (3–4): 215–224. Archived from the original on 2022-06-18. https://web.archive.org/web/20220618042934/https://kmkjournals.com/upload/PDF/ArthropodaSelecta/17/17_3_215_224_Andreeva_obit.pdf. Qaraldi: 2022-10-14.Yekatrina Andreyeva]]
- ↑ Mikhailov, K.G. (2003). "A brief historical overview of the development of arachnology in Russia". European Arachnology: 21–34. Archived from the original on 2022-10-14. https://web.archive.org/web/20221014070019/https://frank.itlab.us/TBL/Harvesting/Arachnology/Brief_intro_arachnology_russia.pdf. Qaraldi: 2022-10-14.Yekatrina Andreyeva]]
- ↑ „Species author query for Andreeva“. World Spider Catalog. 2022-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-dekabr.